O`T I B D O`_______________________
Sana: 29.09.2016
Musiqa
Mavzu: Maktabim
Maqsad: Ta`limiy: o’quvchilarga “Maktabim” qo’shig’ini o’rgatish.
Tarbiyaviy: ularni maktabni qadrlashga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi: bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, kuylash.
Darsning jihozi: qo’shiq kuyi yozilgan tasma, darslik.
Darsning borishi:
O’quvchilarni darsga tayyorlash.
O’tgan mavzuni mustahkamlash: Tovushlar mavzusini mustahkamlash.
Yangi mavzu bayoni:
Qo’shiq matni bilan tanishtirish va kuylatish.
Maktabim
I. Muslim she`ri F. Nazarov musiqasi
Ona kabi mehribon Senda fanlar xilma-xil,
Ilm, fanlarga makon. Ongim o’sar yilma-yil.
Yayrab o’qiyman har on, Sevinchlarga to’lar dil,
Qadrdonim maktabim! Qadrdonim maktabim!
Men dunyoda baxtiyor, A`lo o’qishdir burchim,
Hech chekmayman alam-zor Sarf etaman bor kuchim..
Vatanim mangu gulzor, Ishlayman xalqim uchun
Qadrdonim maktabim! Qadrdonim maktabim!
Yakkanavozlik haqida suhbat tashkil etish. Notalarning bo`linishi haqida tushuncha beriladi.
Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: qo’shiq matnini yodlash, kuylash.
O`T I B D O`_______________________
Sana: 6.10. 2016.
Musiqa
Mavzu: Jo`rnavozlik .Qizaloq
Maqsad: Ta`limiy: o’quvchilarga “Qizaloq” qo’shig’ini o’rgatish.
Tarbiyaviy: ularni kichiklarni izzatlashga, asrashga o’rgatish;
Rivojlantiruvchi: bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: suhbat, kuylash.
Darsning jihozi: qo’shiq kuyi yozilgan tasma, darslik.
Darsning borishi:
O’quvchilarni darsga tayyorlash.
O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Maktabim” qo’shig’ini kuylatish.
Yangi mavzu bayoni:
Jo`rnavozlik haqida ma’lumot berish
. Qo’shiq matni bilan tanishtirish.
Qizaloq
T. Nazarov she`ri N. Norxo`jayev musiqasi
Yal-yal yonar yuzlaring,
Misli lolaqizg`aldoq.
Yayrab, yayrab kulishing
Buncha shirin, qizaloq.
Oh, qizaloq, qizaloq,
Ikki ko`zi ko`zmunchoq.
Qiliqlaring chiroyli
Lo`ppi yuzli bo`paloq.
Qo’shiqni kuyga solib kuylash.
Notalarning joylashuvi haqida ma’lumot berish.
Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: qo’shiq matnini yodlash, kuylash.
O`T I B D O`_______________________
Dostları ilə paylaş: |