Yil
|
Jamg‘arma (S)
|
Investitsiya (I)
|
Muvozanat
S = I
|
Sof jamg‘arma
(2 ust. - 3 ust.)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
2011
|
31,7
|
22,5
|
S 1
|
9,2
|
2012
|
24,4
|
22,9
|
1,5
|
2013
|
26,2
|
23,2
|
3,0
|
2014
|
23,5
|
23,3
|
0,2
|
2015
|
27,1
|
24,4
|
2,7
|
2016
|
25,1
|
24,1
|
1,0
|
2017
|
30,1
|
22,6
|
7,5
|
Chunki investorlar va jamg‘aruvchilarnnig rejalari o‘zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to‘g‘ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi shart.
Qisqacha xulosalar
Mamlakatning makroiqtisodiy holati ko‘rsatkichlar tizimi orqali baholanadi. Makroiqtisodiy tahlilda YaIM, YaMD, SIM, SMD, ShD, ShTD, YaMTD, S ,S, INI,YaIM deflatori kabi ko‘rsatkichlardanfoydalaniladi.
YaIM – mamlakat rezidentlari tomonidan ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarininng umumiy yig‘indisidan iborat.
YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish, yakuniy iste’mol va taqsimot usulari mavjud bo‘lib, ulardan dastlabki ikki turi keng qo‘llaniladi.
YaIMni hisoblashda bir qiymatni ikki qayta hisoblashga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblanadi. Bu usul YaIMni hisoblashning ishlab chiqarish usuli deyiladi.
YaIMni xarajatlar ko‘rinishida to‘rt guruhdagi xarajatlar - iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va sof eksport xarajatlari yig‘indisi orqali hisoblanadi.
Har uchala usulda hisoblangan YaIM ko‘rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o‘zaro teng bo‘ladi.
Milliy hisobchilik tizimining barcha ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubiy bazasi bitta bo‘lgani uchun ularni o‘zaro taqqoslash imkoni mavjud.
Makroiqtisodiy tahlilda YaIM ko‘rsatkichi bilan birgaYaMd ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.
Soddalik uchun YaIM yalpi ishlab chiqarish, YaMD esa yalpi daromad deb ham yuritiladi.
Milliy ishlab chiqarish va daromad hajmining real o‘zgarishini aniqlash uchun baholar indekslaridan: YaIM deflatori va INI ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
2 – Topshiriq: Test.
1.YaIM hisoblash usullariga Quyidagilar kiradi:
A) ishlab chiqarish usuli , xarajatlar usuli , daromadlar usuli
B) qo`shimcha qiymat usuli , xarajatlar usuli , daromadlar usuli
S) xarajatlar usuli , daromadlar usuli
D) foyda usuli , xarajatlar usuli , daromadlar usuli
2. Yalpi ichki mahsulotdagi yalpi suzi nimani bildiradi?
A) yillik
B) qiymat
S) jami
D) hajm
3. mamlakat xududida ishlab chiqarilgan paxta tolasining qiymati YaIM ga kiritilmaydi, agar u :
A) xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan bo`lsa
B) O`zbekiston tekstil fabrikasi tomonidan sotib olingan bulsa
S) eksport kilingan bulsa
D) Xitoy ishchilari tomonidan ishlab chiqarilgan bulsa
4. Sof eksport bu
A) eksport ayiruv bojxona to`lovlari
B) eksport qilingan tovarlar qiymatidan reeksport tovarlar qiymatini ajratish orqali
S) eksport qiluvchi firmalarning sof daromadi
D) eksport hajmidan import hajmini ayirish orqali
5. YaIM hisoblashda firmalarning qaysi ko`rsatkichi hisobga olinadi?
A) firmalarning mahsulot ishlab chiqarish xajmlari
B) firmalarning jami daromadlari
S) firmalarning jami foydasi
D) firmalarda yaratilgan jami qo`shimcha qiymat
6. Sof ichki mahsulot va sof milliy daromad Quyidagi qaysi formulalar orkali hisoblanadi?
A) SIM=YaIM-A, SMD=YaMD-A
B) SIM=YaIM-A,SMD=YaMD+A
S) SIM=YaIM+A, SMD=YaMD+A
D) SIM=YaIM+A, SMD=YaMD-A
7. Yalpi ichki mahsulot xarajatlar usuli buyicha Quyidagilardan tashkil topgan :
A) Uy xo`jaliklarining iste’mol xarajatlari (S), yalpi ichki xususiy investistiya xarajatlari (I), tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G), sof eksport (Xp )
B) uy xo`jaliklarining iste’mol xarajatlari (S), sof investistiya xarajatlari (1s), tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G), sof eksport (Xp).
S) uy xo`jaliklarining iste’mol xarajatlari (s), yalpi ichki xususiy investistiya xarajatlari (I), tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G), sof eksport (Xp).
D) uy xo`jaliklarining iste’mol xarajatlari (S), yalpi ichki xususiy investistiya xarajatlari (I), tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G), jami eksport (E).
8. Yalpi ichki mahsulot daromadlar usuli buyicha Quyidagi formula bilan hisoblanadi:
A) YaIM=T+W+R1+R2+R1+R2
B) YaIM =A+W+R1+R2+R1+R2
c) YaIM=A+T+R1+R2+R1+R2
D)YaIM=A+T+W+R1+R2+R1+R2
Dostları ilə paylaş: |