O\'zbekistonda agrosanoat majmuasining rivojlanishi
Respublika qishloq xo`jaligi mahsulotlarida turli mulk shakllarining va tarmoqlarining ulushi, (% da)
3.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida shirkatlarning salmog`i, %
28,6
27,9
28,1
22,2
19,9
4.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklarining salmog`i, %
10,3
11,4
12,1
14,8
20,4
5.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida dehqon xo`jaliklarining salmog`i, %
61,1
60,7
59,8
63,0
59,7
6.
Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti, %
Shundan:
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
7.
O`smlikchilik tarmohlari salmog`i, %
52,6
51,6
50,6
51,6
53,7
8.
Chorvachilik mahsulotlari salmog`i, %
47,4
48,4
49,4
48,4
46,3
6-Jadval Uchinchidan, bozor iqtisodiyotida rivojlanishni ta`minlovchi to`rt omildan biri, ishbilarmonlik, o`z o`rnini topa boshladi. Qishloq xo`jaligida 135 mingdan ko`proq fermer, 4481,7 ming dehqon xo`jaliklarining va 564 ta xususiy chorvachilik fermalari hamda minglab qishloq xo`jaligiga xizmat qiladigan va uning mahsulotlarini qayta ishlaydigan xususiy kichik korxonalarning mavjudligi hozircha ko`p bo`lmasada mulkdorlar, ishbilarmonlar guruhi vujudga kelganligini ko`rsatadi. Bu omil bozor iqtisodiyotida hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Ishbilarmonlik rivojlanib u bilan shug`illanuvchilar soni va sifati oshib borgan sari bozor iqtisodiyoti kuchayadi va xalqning turmush sharoiti yaxshilana boradi.
Qishloq xo`jaligida olib borilgan islohotlarning natijasida qishloqda kichik tadbirkorlik subyektlari soni ortib ularning iqtisoddagi ulushi ko`payib bormoqda. Agarda 2000 yilda qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik tadbirkorlikning ulushi 71,4 foiz bo`lgan bo`lsa 2003 yilda bu ko`rsatkich 78,1 foizga 2004 yilda esa 80,9 foizga yetgan.
To`rtinchidan, bugungi kun hayot talabidan kelib chiqgan holda xo`jalik yuritishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi va tadbiq qilindi. Mustaqillikning dastlabki davrlarida xo`jalikning mineral o`g`itlarga, yoqilg`i moylash materiallariga, elektr energiyasiga hamda ish haqiga bo`lgan talabini qondirish uchun olinadigan qismi uchun hisob – kitoblar maxsus schet orqali amalga oshiriladigan qilindi. Natijada qishloq xo`jaligi korxonalarini texnika, yoqilg`i –moylash materiallari, elektr energiyasi, miniral o`g`itlar bilan yil davomida uzluksiz ta`minlab turish imkoniyati yaratildi. Sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari baho paritetining o`zgarishi o`zgacha yo`l tutish imkonini bermaydigan bir paytda amaldagi mexanizm o`zining ijobiy rolini o`ynadi. Bu mexanizm bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan, barcha qishloq xo`jalik korxonalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun kerakli bo`lgan moddiy resurslar bilan ta`minlash imkonini berdi. Ikkinchidan, qishloq xo`jaligiga mineral o`g`it, yoqilg`i – moylash matteriallari, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan va yetkazib beradigan tarmoqlarni garantiyalangan holda o`z mahsulotlari uchun haq olishini ta`minldi. Uchunchidan, inflyatsiyani kuchayishiga yo`l qo`ymaydigan katta makroiqtisodiy ahamiyatga ega bo`ldi. Chunki bu mexanizm bo`yicha moliyaviy resurslarni turli yo`llar bilan naqd pulga aylantirish imkoniyati yo`qqa chiqarildi. Albatta bu mexanizm ma`lum kamchiliklarga ham ega. Eng asosiy kamchiligi xo`jaliklarning moddiy manfaatdorlik va javbgarligini qisman susaytirdi. Sog`lom raqobatni kuchini kamaytirdi, ayrim hollarda yo`qqa chiqaradi. Bu mexanizm iqtisodiy kamquvvat yoki zarar bilan ishlaydigan korxonalar uchun foydali, yaxshi ishlayotgan va katta samara olayotgan xo`jaliklar uchun esa aksincha. Umuman qishloq xo`jaligi tarmog`ining manfaati uchun yaxshi bo`lgan bu mexanizm bo`yicha iqtisodiy baquvvat, katta foyda oladigan xo`jaliklarning o`zi ishlab topgan mablag`laridan samarali foydalanish imkonini susaytiradi. Natijada yaxshi va yomon faoliyat ko`rsatayotgan qishloq xo`jaligi korxonalari ma`lum darajada bir xil sharoitga (holatga) qo`yilmoqda. Bu o`z navbatida yaxshi ishlayotgan qishloq xo`jalik korxonalarida samaradorlikni yanada oshirish uchun manfaatdorlikni susaytiradi. Resurslarni tejashga qaratilgan mexanizmni yaratish bu sxemada o`z ifodasini topmayapdi. Shu sababli respublika hukumati bu kamchiliklarni vaqtinchalik yumshatish imkoniyatini qidirib topdi. Ma`danli o`g`it, yoqilg`i – moylash materiallari, elektr energiyasi yetkazib beruvchi sohalardan hamda ish haqidan qarzi bo`lmagan iqtisodiy baquvvat qishloq xo`jaligi korxonalarini mavjud sxemadan chiqarib ularning mablag`larini o`zlarining hisob raqamlariga tushirib berish maqsadga muvofiq deb topildi. 2005 yilning 1 yanvaridan boshlab qishloq xo`jaligi korxonalari o`z joriy harajatlari uchun zarur mablag`ni banklardan kredit tariqasida oladigan bo`ldi. Bu samarali ishlashga qiziqishni kuchayishiga, ishlab chiqarishni foyda bilan yakunlashga intiluvchi korxonalarning ko`payishiga olib keladi.
Beshinchidan, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy o`zgarishlar yuz berdi. Natijada oziq ovqat mahsulotlari yetishtirish keskin ko`paydi. Tarixan qisqa davrda g`alla mustaqilchiligiga erishildi. Agarda 1990 yilda 1808,2 ming tonna don ishlab chiqarilgan bo`lsa bu ko`rsatkich 2000 yilga kelib 4,1 mln. tonnani tashkil etdi. 1990 yilda jami donda bo`g`doyning salmog`i 32,7 foizni yoki 592,2 ming tonnani tashkil etgan bo`lsa 2000 yilga kelib bu ko`rsatkichlar mos holda 82,9 foizni va 3,4 mln. tonnani tashkil etdi. 2004 yilda 6017,1 ming tonna don, shundan 5502,5 ming tonna bug`doy ishlab chiqarildi. Paxta ishlab chiqarish 2000 yildan keyin biinchi bor 3,5 mln. tonnadan oshib ketdi.
Aholiga tomorqa yerlarining berilishi ularning turmush sharoitini yomonlashib ketishiga yo`l qo`ymadi. Mustaqillik yillarida aholiga 682,5 ming gektardan ortiqroq yer uy – joy qurish va tomorqa uchun berildi. Bugungi kunda qishloq xo`jaligi mahsulot turlarning 60-85 foiziga yaqini dehqon xo`jaliklarida ishlab chiqarilmoqda.
Oltinchidan, qishloq aholisining ichimlik suv va gaz bilan ta`minlanish darajasi keskin oshib bormoqda. 2000 yilda qishloq aholisining ichimlik suv bilan ta`minlanish darajasi 67,8 foizga, gaz bilan ta`minlanishi 56,7 foizga yetdi. 2004 yilga kelib aholining markazlashgan ichimlik suv bilan ta`minlanishi 76,2 foizga, tabiiy gaz bilan ta`minlanish daajasi 86,5 foizga yetdi. Mustaqillik yillarida qishloq joylarda maktab va maktabgacha bo`lgan muassasalar, sog`liqni saqlash tizimiga tegishli poliklinika, shifoxonalar va ko`plab sport inshoatlari qurildi. Albatta bu sohada hali qilnadigan ishlar juda ko`p. Yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bu to`xtovsiz jarayon bo`lib to`xtovsiz rivojlantirilib borladi. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi aholining turmush darajasini yaxshilashga loib kelmoqda.
Yettinchidan, qishloq xo`jaligi ichki va tashqi bozor talablariga tez moslashadigan bo`ldi. Bir yilning o`zida paxta maydoni ko`payib, boshqa ekin maydonlari qisqarishi yuz bermoqda. Mustaqillikkacha bu jarayonlarni orzu qilish mumkin emas edi.
Sakkizinchidan, bizning fikrimizcha mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarning eng muhimi aholining dunyoqarashi iqtisodiy qonuniyatlar talabida o`zgarib borayotganligidadir. Aholining, jumladan, qishloq aholisining asosiy qismi qiyinchilik bilan bo`lsada boqimandachilik kayfiyatidan xalos bo`lmoqda.
Sakkizinchidan qishloq xo`jaligi ichki va tashqi bozor talablariga tez moslashadigan bo`ldi. Bir yilning o`zida paxta maydoni ko`payib, boshqa ekin maydonlari qisqarishi yuz bermoqda. Oldin buni orzu qilish mumkin emas edi.
Mamlakat qishloq xo`jaligini izchil rivojlantirish maqsadida ko`rilgan chora – tadbirlar bugun o`z samarasini bermoqda. Eng muhimi qishloq xo`jaligiga e`tiborning kuchayganligidir. Qishloq xo`jaligini boshqaruv tizimini rivojlantirish maqsadida O`zbekiston suv va qishloq xo`jalik vazirligi, “O`zmevasabzavotuzumsanoat – xolding” xolding kompaniyasi, Dehqon va fermer xo`jaliklari uyushmasi, “O`zbek ipagi” pillachilik uyushmasi tuzildi. Respublikada qorako`lchilikni rivojlantirish maqsadlarida hukumat hujjatlari tayyorlandi.
Qishloq xo`jaligida xizmat ko`rsatadigan infratizilmani rivojlantirmasdan islohotlardan ko`zda tutilgan natijalarga erishish mumkin emasligini anglab, bu soha imkon darajasida rivojlantirilmoqda. Natijada “O`zagrolizing” lizing kompaniyasi “O`zdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, O`zbekiston qishloq xo`jalik ilmiy ishlab chiqarish markazi, “O`zqishloqxo`jalikmash–xolding” xolding kompaniyasi, “O`zagrokimyota`minot” birlashmasi, “O`zagrosug`urta” kompaniyasi, ixtisoslashgan tijorat banklari kabi xizmat ko`rsatuvchi tizim tashkil etildi.
Qishloq xo`jaligini rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan ko`rsatilgan amaliy yordamning biri, iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan xo`jaliklar xukumat tomonidan sanatsiya qilindi. Bu korxonalarining barchasida tashqi boshqaruvchi tayinlandi. Yilning 1 yanvar xolatiga ko`ra budjetga to`lanmagan to`lovlar va ular bo`yicha penyalar, Pensiya jamg`armasi, Ish bilan ta`minlash jamg`armasi, Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi va yo`l jamg`armasidan penya qo`shilgan holdagi qarzlarini to`lash ma`lum yilgacha kechiktirildi. Ularning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belglandi. Albatta xozirda qishloq xo`jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to`tatildi. Lekin 1998-2002 yillarda ushbu tadbir o`z samarasini berdi. Masalaning muhim tomoni shundaki bugungi kunda iqtisodiyotimizda bozor instrumentlari ishlamoqda. Davlat iqtisodiy nochor ahvolga tushib qolgan ammo zarur bo`lgan xo`jaliklarni davolovchi funksiyasini bajarmoqda.
Amalga oshirilayotgan muhim ishlardan yana biri urug`chilikni yaxshilashga juda katta e`tibor berilayotganidir. Ayniqsa, paxtachilikda urug`chilikni rivojlantirish maqsadida xorijiy mutaxassislar va xamkorlar bilan katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoshida paxta loyihalari bo`yicha maxsus agentlik faoliyat ko`rsatmoqda. Bug`doyning yangi serhosil “ Karlik 85 “, “ Dobraya” navlari sinovdan o`tmoqda. Daslabki 3 yillik sinov natijalariga ko`ra ular hosildorligi, sifati jihatidan xozirgi rayonlashtirilgan bug`doy navlariga qaraganda 15-20 foizga yuqori. Pillaning Yaponiya, Janubiy Quriyadan sermahsul urug`lari olib kelinib ko`paytirilmoqda. Yer resurslarning cheklanganligi, turli sabablarga ko`ra aholi jon boshiga to`g`ri keladigan qishloq xo`jaligi ekin maydonlarining kamayib borishi sohani intensiv rivojlantirishni talab etadi. Qishloq xo`jaligini intensivlashtirish uning moddiy texnika ta`minotini, ekinlarning serhosil navlari va sermag`sul zotli chorva mollarining bo`lishini, ma`danli o`g`itlar va kimyoviy vositalar bilan ta`minlanishini yaxshi bo`lishni talab qiladi. Shu maqsadda mamlakatimizga, o`z sohasi bo`yicha, dunyoning eng nuffuzli kompaniya va korporatsiyalarining unversal va maxsus qishloq xo`jaligi texnikalari kirib kelmoqda.
Bir so`z bilan aytganda qishloq xo`jaligida katta iqtisodiy salohiyat (imkoniyatlar) vujudga keltirilmoqda. Endigi vazifa qishloq xo`jaligining iqtisodiy quvvatini yanada oshira borgan holda uning mavjud quvvatlaridan maksimal foydalanishdir.
Bugungi kunda qishloq xo`jaligini rivojlantirishda bizning nazarimizda quyidagilarga e`tiborni kuchaytirish ko`proq samara bergan bo`lar edi.
Jamiyatni rivojlantiradigan asosiy kuch manffatdir. Shu sababli barcha qilinayotgan ishlar mumkin qadar manfaatdorlikga asoslanishi kerak. Shu o`rinda iqtisodiy manfaatni ustin qo`yish zarur. Mamlakatimiz bozoriqtisodiyotiga o`tishni o`ziga xos yo`li Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqildi. Uning asosini 5 tamoyil tashkil qilib ularning birinchisi iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligidir. Aynan shu tamoyil iqtisodiy manfaatni, iqtisodiy rivojlanishning birinchi darajali omili ekanligini ifodalaydi. Shu borada bugungi kunda tarkib topgan o`zaro hisob-kitob (o`g`it, yoqilg`i, elektr energiyasi va texnika uchun) larni asta sekinlik bilan o`zgartirish lozim bo`ladi. Har bir xo`jalik o`zi sarflagan xarajatlaridan olgan tushim bilan qoplab foyda olishi ham zarur. Bu tamoyil xo`jalikning eng birlamchi bo`g`inlarigacha yetib borish kerak. Bugungi kunda xo`jalikda mavjud oila, zveno, brigada pudratlarida ishlayotganlarning 90 foizi belgilangan vazifani uddalagan holda, qolgan 10 foiz pudratchilarning o`z ko`rsatkichlarini bajarmasligi natijasida xo`jalik bo`yicha topshiriq 1 foizga bajrilmay qolsa ham, topshiriqni bajargan 90 foiz pudratchilar moddiy manfaatdorlikdan yetarli darajada to`liq foydalana olmaydilar. Bu o`z navbatida moddiy manfaatdorlik tomoyilining buzilishiga, samaradorlikni pasayishiga olib keladi. Shu sababli ham, birining yomon ishlashi hisobiga ikkinchisi manfaatdorlikdan mahrum bo`lmasligi kerak.
Asosiy e`tiborni sifat ko`rsatgichlarga qaratish lozim bo`ladi. Iqtisodiyotni ko`plab resurslar sarflash evaziga emas balki cheklangan resurslardan unimli foydalanib samaradorlikni oshirishga qaratish maqsadga muvofiq. Intensiv rivojlanishgina mamlakatni orzu qilgan darajaga olib chiqa oladi halos. Masalan, 1,5 mln. gektarga boshoqli don ekilgan bir paytda hosildorlikni 40 sentnerga yetkazsak 6,0 mln. tonna don bo`ladi. Andijon viloyati 1 ga yerdan 67 sentnerdan olgan holda respublika bo`yicha 40-50 sentnerdan don yetishtirish mumkin emasmi? Xuddi shunday paxta ham 1,5 mln. ga yerga ekilmoqda. Hosildorlikni 30 sentnerga yetkazish 4,5 mln. tonna paxta demakdir. Hosildorlikni oshmasa bu hajmdagi mahsulotni yetishtirish uchun bugungi kunda qo`shimcha 1,8-2,0 million gektar qo`shimcha yer talab qiladi. Yerning cheklanganligi, aholi sonini ko`payib borishi, sanoatning rivojlanishi, qurilishning ko`payishi bir jon boshiga to`g`ri keladigan yer birligini kamayishiga olib keladi. Shu sababli ham qishloq xo`jaligini intensivlashtirish obyektiv zarurat bo`lib, bundan boshqa yo`l yo`q.
Xo`jalik rahbarlari xo`jalikda mavjud bo`lgan mulkni saqlash, uni ko`paytirish uchun javobgarlikni aniq xis qilishlari kerak. Hissadorlik, paychilikga asoslangan xo`jaliklarda hissodorlar rahbarlardan o`zlariga tegishli mulkni saqlashni va ko`paytirishni talab qilishlari kerak. Hissadorlarning shunday darajaga ko`tarilishi iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqadi.
Dehqon va fermer xo`jaliklarini yanada rivojlantirish talab qilinadi. Qishloq xo`jaligining kelajagi aynan shu turdagi xo`jaliklar bilan bog`liq. Chunki yuqorida qayd etilgan iqtisodiymanfaatdorlik Dehqon va Fermer xo`jaliklarda boshqa turdagi ishlab chiqarish korxonalaridagidan yuqori. Joylardagi rahbar mumaxassislar buni qancha tez anglab yetsa shuncha rivojlanish yaxshi bo`ladi.
Dehqonga faqatgina yer, mulk bergan bilan yetarli natijaga yerishib bo`lmaydi. Uzoq muddatga yerni ijaraga berish bilan bir qatorda yetishtirilgan mahsulotni tasarruf qilish imkonini ham bnrish kerak. Yetishtirilgan mahsulot faqat ixtiyoriy shartnomalar asosida sotilishi kerak. Albatta davlat manfaati, buyurtmalar asosida amalga oshirilib boradi. Chunki yerga egalik (ijara shartnomasi asosida) masalaning yarim yechimi. Yetishtirilgan mahsulotga ega bo`lish huquqi ikkinchi yarim yechimidir. Qishloq xo`jaligining o`ziga xos xususiyatlaridan biri uning moliyaviy imkoniyatlarining shakllanishi o`zgachadir. YA`ni yil davomida asosan faqat xarajat daromad esa yil oxirida shakllanadi. Demak qishloq xo`jaligining yaxshi ishlashidan manfaatdor tarmoqlar (qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar) yil davomida qishloq xo`jaligini moddiy qo`llab turish imkoniyatlari ustida ishlashlari kerak. Buning yo`llaridan biri fyuchers shartnomalari asosida ishlashdir. Bu qayta ishlovchi tarmoq uchun ham yaxshi. Chunki qaysi turdagi mahsulot qancha va qanday sifatda kerakligiga qarab shartnomalar tuzadi. Bozor sharoitida zarar bilan ishlaydigan har bir korxona alohida tahlil qilinishi va bir to`xtamga kelinishi ma`qul. Bonkrot holatiga kelgan, shu shaklda tiklanishi mumkin bo`lmagan korxonalar tugatilish va yeri aholiga ijara shprnomasi asosida taqsimlanib berilishi maqsadga muvofiqligini Prezidentimiz juda to`g`ri belgilab berdi.
Ba`zan, barcha rivojlangan davlatlar qishloq xo`jaligiga dotatsiya beradi bizda ham buni tezroq joriy qilish lozim degan fikrlar paydo bo`ladi. Albatta bu fikr ijobiy bo`lib, qishloq xo`jaligini o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ammo biz endigina mustaqil bo`lganimizni, iqtisodiyotimizning bir tomonlama rivojlangan bo`lganligini,eski iqtisodiy aloqalar uzilib qolganligi natijasida yuzaga kelgan qator masalalarni va shunga o`xshash ko`plab muammolarni hal qilishga duch kelayotganimizni unitmasligimiz kerak. Iqtisodiy rivojlangan, qio`loq xo`jaligiga dotatsiya berayotgan davlatlarda qishloq xo`jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulishi 1-5 foizdan oshmasligini e`tiborga olsak masalaning ayrim tomonlari oydinlashadi. Masalan, 1996-2001 yillari Germaniya va AQShning yalpi ichki mahsulotida qishloq va o`rmon xo`jaligi hamda baliqchilik tarmoqlarining salmog`i atigi 1,1-2,36 foiz atrofida bo`lgan. Bu raqamlardan ko`rinib turibdiki iqtisodiy rivojlangan davlatlarda davlat budjeti sanoat va boshqa xizmat ko`rsatadigan tarmoqlardan tushadigan mablag` hisobiga shakllanadi. natijada qishloq xo`jaligini davlat tomonidan dotatsiyalab turish imkoniyatlari katta. Bizning mamlakatimiz mustaqillikga erishgan 1991 yilda jami yalpi ichki mahsulotning 36,8 foizi qishloq xo`jaligida ntishtirilgan edi. 2000 yilda bu ko`rsatkich 30,4 foizni tashkil qildi. 2004 yilga kelib 26,8 foizni tashkil etdi. Demak, qishloq xo`jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulishi kamayib, sanoat va boshqa tarmoqlarning hissasi oshib bormoqda. Bugungi kunda sanoatni, xizmat ko`rsatish tarmoqlarni rivojlantirishda qishloq xo`jaligining ahamiyati katta. Mamlakat sanoatlashib borgan sari qishloq xo`jaligiga amaliy iqtisodiy yordam qilish imkoniyatlarimiz ortib boradi. Bu o`zgarishlar mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat uzoqni o`ylab qilinayotganidan dalolat beradi.
Qishloq xo`jaligi ijtimoiy masalalar chuqurlashib ketishga yo`l qo`ymadigan tarmoqlarning asosiylaridan biridir. Chunki aholini ish bilan ta`minlashda uning o`rni beqiyos. Aholining iqtisodiy faol qismining 44 foizidan ko`prg`i qishloq xo`jligida band. Kelgusida sanoat va xizmat ko`rsatish tarmoqlarining rivojnishi uchun zaur mehnat resuslarini yetkazib berishda qishloq xo`jaligi eng katta imkoniyatlarga ega. Umuman olganda, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholi turmushi darajasining ortirish, sanoat va xizmat ko`rsatish saholarining rivojlanishi qishloq xo`jaligi tarmog`i bilan bog`liq. O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi nisbatan ko`p moliyaviy resurslarni talab qilmasdan katta samara berishi mumkin bo`lgan tarmoqlardan biriga kiradi. Bu esa o`tish davri iqtisodiyoti uchun juda katta muhim omillardan biridir.
Hozirda O`zbekiston qishloq xo`jaligi nisbatan rivojlangn tarmoq hisoblanadi va undan iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. 2002 yilda O`zbekiston qishloq xo`jaligi yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 3257,2 mlrd. so`mlikni tashkil etadi. Barcha turdagi xo`jaliklar tomonidan 5792,5 ming tonna don, 3,16 mln. tonna paxta, tirik vaznda 864,7 ming tonna go`sht, shungdek 1367,1 mln. dona tuxum yetishtirildi, 3719,4ming tonna sut sog`ib olindi.
O`zbekiston qishloq xo`jaligini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda. Bu, eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini bozor talablari asosida rivojlantirishga harakat qilinayotganida ifodasini, zarur huquqiy bazaning yaratilishda o`z yechimini topmoqda. Mustaqilik yillarida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, va boshqa me`yoriy xujjatlar qishloq xo`jaligi bozor talablari asosida rivojlanishi uchun zarur huquqiy sharoitlarni yaratib beradi. Qishloq xo`jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish borasida ham katta ishlar qilinadi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti erkin xususiy mulksiz rivojlanishi mumin emasligiga e`tibor kuchaytiriladi. Bu borada qilinayotgan katta ishlardan biri qishloq joylarda mulkdorlar sinfini shakllantirishdir. Asta –sekinlik bilan bo`lsada, xususiy mulkka asoslangan tadbirkorlar sinfi shakllantirilyapti. Qishloq joylarda shakllanayotgan tadbirkorlar sinfi qishloq xo`jaligida mehnatni tashkil etishining barcha shakllari bilan bevosita birgalikda rivojlomoqda. Bugungi kunda tadbirkorlar sinfi shirkatlarda, asosan fermer va dehqon xo`jaligi shaklida vujudga kelmoqda. Shu bilan birgalikda qishloq joylarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan bog`liq bo`lmagan sohalarda ham tadbirkorlik rivojlanmoqda. Hunarmandchilik, kosblik, novvoylik va boshqalar bunga misol bo`ladi. Ularning rivojlanishi qishloq xo`jaligining, qolaversa, mamlakat iqtisodiyotining o`sishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Qishloq joylarda mulkdorlik sinfini shakllantirishning asosiy yo`nalishlarini 2-chizmada ko`rish mumkin.