Mavzu: O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yillik taqsimlanishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə7/7
tarix21.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#133381
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yil

4.O’zbekistonning iqlim o’zgarishi.
Iqlimning o’zgarishi va tebranishi tabiiy va antropogen ta’sir oqibatida ro’y beradi. Iqlimdagi tabiiy o’zgarishlar yer shari harakatining o’zgarishi, Quyoshning faollashuvi, atmosfyeraning tarkibi va tozaligi bilan bog’lik bo’lgan omillar ta’sirida ro’y beradi.
O’zbekistonda yangi yerlarning sug’orma dehqonchilik uchun o’zlashtirilishi, Orol dengizining qurishi va Amudaryo deltasi suv rejimining o’zgarishi, turli kimyoviy birikmalardan foydalanib, sun’iy yomg’ir yoqi qor yog’dirish, bulutlarni tarqatish, do’l yog’ishining oldini olish kabilar ham iqlimga albatta ta’sir etadi, ko’pincha salbiy ta’sir kursatadi.
Har bir alohida olingan yilda yoqi qisqa vaqt (5-10 yil davomida kuzatilgan ob-havoning miqdoriy ko’rsatkichlari 30 va undan ortiq yillarda olingan o’rtacha ko’rsatkichdan (iqlimdan) katta farq qiladi. Iqlimshunoslar iqlimda kuzatiladigan issiq va sovuq, nam va quruq o’n yilliklarni aniqlashgan. Masalan, Toshkentda 1901- 1910 va 1951-1960 yillar yoz-Iyul oyi salkin kelgan, 1971-1980 yilar esa issiq kelgan. 1891-1900, 1931-1940 va 1971-1980 yillar qish (yanvar oyi) sovuq kelgan. 1981 yildan 1990 yillarning o’rtalarigacha yanvar oyi harorati ancha Yuqori bo’lgan. Ayrim stansiyalarda ko’zatuv olib borilgan davrning o’rtacha ko’rsatkichidan chekinish 20S dan ortiqbo’lgan. Yoz yildan ortiqroq meteorologik kuzatuvlar olib borilayotgan stansiyalar ma’lumotlariga ko’ra, iqlim o’zgarishida bundan ham kattaroq muddatli (davriy) o’zgarishlar mavjud. Bunday yillararo va davriy o’zgarishlarga iqlimning o’zgaruvchanligi deyiladi. Agar iqlimning o’rtacha ko’rsatkichlari davriy ravishda muntazam o’zgarib borsa, iqlim o’zgaryapti deyiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, Toshkentda Iyul oyining o’rtacha havo harorati har yili o’rta hisobda 0,0054°S ga oshib, 100 yilda 0,5°S ga ko’tarilgan. Yanvar oyining harorati yanada sezilarli o’zgarib, bir yilda 0,024°S yoqi 100 yilda 2,4°S ga ko’tarilgan. Bu iqlimning yildan-yilga isib borayotganligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda yillik yog’in- sochin miqdori ham ortib bormoqda.
Orol dengizi maydonining kichikligi tufayli u Orol- bo’yi iqlimiga uncha katta ta’sir etmas, Faqat 50 km kenglikdagi qirg’oq buyi iqlimni biroz yumshatar edi.
Hozirgi kunda Janubiy Orol bo’yida tabiiy sharoitning o’zgarishi Faqat Orol dengizining qurishi hisobiga bo’layotgani yo’q, balki bo’nga Amudaryo deltasining suv bilan ta’minlanishining yomonlashuvi va ayrim joylarda qurib qolishi, atmosfera umumiy harakatining ta’siri, dengiz sathining pasayishi, havo haroratining ko’tarilishi va boshqa sharoitlar sababchidir.
Janubiy Orol bo’yidagi meteostansiyadan 1961-1962 yillarda olingan ma’lumotlarini va dengiz kurishining atrof-muhitga ta’sirini o’rganishga bagishlangan ilmiy tadqiqotlar natijalari Janubiy Orol bo’yida yozgi havo haroratining ko’tarilganini, qishki haroratning esa pasayganini, bahorgi va kuzgi sovuqli kunlarning tez-tez qaytalanishini, havoning quruqlashganini, chang-to’zonli shamolli kunlarning oshganligini, sovuqsiz davrning qisqarganini ko’rsatmoqda.
I.P.Gerasimov va boshqalarning (1983) fikriga ko’ra, Orol dengizi maydonining qisqarishi Orol bo’yida iqlimning kontinentalligining kuchayishiga sabab bo’lgan. Dengiz ta’sirining so’sayishi esa Iyul oyi haroratining 2-2,5°S ga ko’tarilishiga va yanvar oyi haroratining 1-2°S ga pasayishiga olib kelgan. Iqlimning bunday o’zgarishi faqat sobiq qirg’oq bo’yida va Orol dengizining qurigan qismida kuzatiladi. Lekin ayrim olimlar fikriga ko’ra, Orol dengizining qurishi Janubiy Orol bo’yi iqlimiga 400 km gacha va undan ham ko’proq masofaga ta’sir etadi.
O’zbekistonlik olimlarning qorni sun’iy yogdirish buyicha 90-nchi yillarda Piskom vodiysida olib borgan tajribalari ham diqqatga sazovordir. Ular 4 oy davomida vaqti-vaqti bilan bulo’tlarga «quruq muz kukuni» bilan ta’sir etib, tajriba zonasida bir yilda yogadigan qor miqdorini 15 % ga ko’paytirishga erishganlar. Buni ham Odamzotning iqlimni o’zgartirishiga o’rinishi desa bo’ladi. Insoniyat iqlimning tabiiy omillar ta’sirida o’zgarayotganidan ko’ra antropogen omillar ta’sirida sodir bo’layotgan o’zgarishlaridan ko’proq tashvishga tushayapti. Inson faoliyati tufayli atmosfera havosining tarkibida o’zgarishlar paydo bo’layapti. Bundan kelib chikadigan muammolar orasida kislotali yomgirlar, havo orqali zaharli va kimyoviy moddalarning kuchishi, ozon qatlamidagi o’zgarishlar va ultra binafsha radiatsiyaning ko’payishi hamda isitgich vositalari ta’sirida dunyo miqyosidagi haroratning ko’tarilishi ayniqsa tashvish uyg’otmoqda
O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida joylashganligi tufayli kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: osmon ochiq va quyoshli; harorat nihoyatda yuqori, yillik yog‘in miqdori kam, aksincha, mumkin bo‘lgan (potensial) bug‘lanish katta; yoz uzoq vaqt davom etib, jazirama issiq, qish esa shu geografik kenglik uchun birmuncha sovuq; yillik va sutkalik haroratning farqi katta. O‘zbekiston iqlimining bu xususiyatlari, eng avvalo, iqlim hosil qiluvchi omillarga bog‘liq. Iqlim hosil qiluvchi omillar. O‘zbekiston iqlimining vujudga kelishiga uning geografik o‘rni va u bilan bog‘liq quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, relyefi ta’sir etadi. O‘zbekiston hududi shimoldan janubga 925 km cho‘zilganligi tufayli quyoshning nuri uning hamma qismiga bir xil tushmaydi. Agar shimoliy qismiga yozda (22- iyunda) quyosh 71 —72° burchak hosil qilib tushsa, janubida 76° ni tashkil etadi. Binobarin, shimolda quyosh yiliga 2500 —2800 soat nur sochib tursa, janubda 3000 —3100 soat nur sochib turadi. Shu sababli O‘zbekiston «serquyosh o‘lka» deb ataladi. O‘zbekiston iqlimining vujudga kelishida atmosfera sirkulatsiyasining ahamiyati katta. Qishda O‘zbekiston hududiga shimoli sharqdan, shimoldan havo massalari kirib kelib, uning janubiy qismlarigacha yetib boradi. Natijada, havo ochiq bo‘ladi, lekin harorat pasayib, sovib ketadi. Qishda O‘zbekiston hududiga o‘rtacha kengliklardagi havo massalari ham kirib kela oladi, tropik oqimlari bilan to‘qnashishi oqibatida ob-havo o‘zgarib, havo biroz ilib, yomg‘ir yoki qor yog‘ishi kuzatiladi. Yozda O‘zbekiston hududi, xususan, uning tekislik qismi juda isib ketishi oqibatida termik o‘choq vujudga keladi. Natijada, havo o‘ta qizib, siyraklashib, mahalliy kontinental Òuron tropik havosi shakllanadi. Bu bo‘shliqni (past bosimni) to‘ldirish uchun shimoli g‘arbdan va g‘arbdan salqin havo massasi esadi. Lekin havo qizib ketganligi tufayli bu havo massalari yog‘in keltirmaydi. Bu havo oqimi O‘zbekiston tog‘- larida nisbatan salqin bo‘lganligi tufayli yomg‘ir va qor yog‘adi. 38- §. 88 O‘zbekiston iqlimining tarkib topishida relyef ham ta’sir etadi. Respublikaning shimoli, shimoli g‘arbiy qismi ochiq. Natijada, qishda shimoldan, shimoli g‘arbdan esuvchi sovuq havo massalari bemalol kirib keladi. Aksincha, janubiy qismi tog‘lar bilan o‘ralganligi tufayli iliq tropik havo massalarining kirib kelishiga to‘siq bo‘ladi. Òog‘larda yozda tekislikka nisbatan havo salqin bo‘lib, yomg‘ir ko‘proq yog‘adi, qish esa sovuq bo‘lib, uzoq davom etadi. Haroratning taqsimlanishi. O‘zbekiston hududida issiqlikning taqsimlanishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun yillik o‘rtacha haroratni bilish kerak. O‘rtacha yillik harorat Nukusda +10,8°C, Òoshkentda +11,9°C, Òermizda +17,0°C. O‘zbekistonda yoz quruq va issiq bo‘lib, uning tekislik qismida iyulda o‘rtacha harorat +26 +30°C ga yetsa, janubda +31 +32°C ga yetadi. Eng yuqori harorat Toshkentda +44°C, Òermizda +50°C gacha yetadi. Qumlar yuzasi esa +75 +80°C gacha qiziydi. Qishda — yanvarda o‘rtacha harorat O‘zbekistonda shimoli g‘arbdan (Ustyurtda –10 –11°C) janubi sharqqa qarab (Toshkentda +0,9°C, Samarqandda +0,3°C, Òermizda +2,8°C) ilib boradi. Ba’zan Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qish sovib ketadi, eng past harorat Surxondaryoda –20°C, Òoshkentda –30°C, Ustyurtda –38°C gacha pasayadi. Umuman, tog‘larda, xususan, O‘zbekiston tog‘larida yuqoriga ko‘tarilgan sari harorat pasaya boradi. Yog‘inlarning taqsimlanishi. O‘zbekistonda yog‘inlar asosiy suv manbayi hisoblanib, hudud va yil fasllari bo‘yicha notekis taqsimlangan. Bu, asosan, havo massalarining xususiyatiga, yerusti tuzilishiga, tog‘larning yo‘nalishiga va balandligiga bog‘liq. Yog‘inlarni, asosan, Atlantika okeanidan esuvchi nam havo massalari keltiradi. O‘zbekistonda eng kam yillik yog‘in miqdori Ustyurt, Quyi Amudaryo va Qizilqumga to‘g‘ri kelib, 100 mm atrofida bo‘ladi. Yog‘inlar miqdori sharq va janubi sharqqa tomon relyefning balandlashishi tufayli ortib boradi. O‘zbekistonning adir va tog‘oldi qismiga yiliga o‘rtacha 300 — 550 mm, G‘arbiy Òyanshan, Hisor-Zarafshon tog‘larining janubi-g‘arbiy nam havoga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlariga 800 — 900 mm yog‘in tushadi. O‘zbekistonda eng ko‘p yillik yog‘in G‘arbiy Tyanshan va Hisorning nam havoga ro‘para bo‘lgan qismlariga to‘g‘ri keladi. Yog‘inlarning asosiy qismi qishda (yillik yog‘inning 30 foizi) va bahorda (40 foizi) yog‘adi. 89 O‘zbekistonning tekislik qismida bir yilda 35—40 kun yog‘inli bo‘lsa, bu ko‘rsatkich tog‘larda 70—90 kunni tashkil etadi. Yog‘inning bir qismi qor holida tushadi. Lekin hududning tekislik qismida qor qoplami turg‘un bo‘lmasdan, shimoli g‘arbida 40 — 50 kun, janubi sharqida 10 — 15 kun, tog‘larda 90—100 kun saqlanib turadi. Qorning o‘rtacha qalinligi tekislik qismida 1—8 sm (eng qalini 30 sm), tog‘oldida 10—20 sm (eng qalini 60 sm), tog‘larda 60 sm (eng qalini 1,5—2,0 m)ni tashkil etadi. O‘zbekiston tekislik qismida yillik yog‘inga nisbatan mumkin bo‘lgan bug‘lanish bir necha marta (Òoshkentda 3,5 marta, Nukusda 27 marta) ko‘p. Shamollar. O‘zbekiston hududiga yil davomida shimolig‘arbiy, shimoliy va g‘arbiy shamollar esib turadi. O‘zbekistonning shimoliy qismida shimoli-g‘arbiy, shimoliy va shimoli-sharqiy shamollar, Janubiy qismida esa ko‘proq janubig‘arbiy shamollar harakat qiladi. Yozda O‘zbekistonga shimoli g‘arbdan, shimoldan va g‘arbdan shamollar esadi. Ammo tekislik qizib ketganligi tufayli yog‘in vujudga kelmaydi, aksincha, tog‘ tomon ko‘tarilgan sari havo sovib borishi oqibatida bulutlar hosil bo‘lib, yog‘in yog‘adi. O‘zbekistonda yana mahalliy tog‘-vodiy, Bekobod (Xovos), Qo‘qon, afg‘on shamollari esib turadi. Òog‘-vodiy shamollari O‘zbekistonning barcha vodiylarida kuzatiladi. Bunda kunduzi vodiydan tog‘ga, kechasi tog‘dan vodiyga tomon esadi. Bekobod shamoli qishda Farg‘ona vodiysida bosim yuqori, g‘arb tomonda bosim past bo‘lganda «Xo‘jand» darvozasi orqali Mirzacho‘l tomonga esadi, tezligi sekundiga 30 — 40 m ga yetadi, undan xo‘jalikka zarar yetmoqda. Qo‘qon shamoli bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esib, tezligi sekundiga 15 —25 m ga yetadi. Surxon-Sherobod vodiysiga janubi g‘arbdan chang-to‘zonli va quruq afg‘on shamoli esib, tezligi 15—20 m ga yetadi, bir necha kun esib turadi. Afg‘on shamoli qishloq xo‘jaligi ekinlariga, mevali daraxtlarga zarar yetkazmoqda..
Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin