Mavzu: O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yillik taqsimlanishi


Yog’inlar, yil fasllari haqida tushuncha



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə5/7
tarix21.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#133381
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yil

Yog’inlar, yil fasllari haqida tushuncha.

Yog’inlar notekis taqsimlangan. Qishda Sibir antisikloni ta’sirida bo’ladi. YOzda g’arbiy havo massalari bilan bog’liq.. Tekisliklarda yog’inlar 80 - 120 mm, Tog’ oldi oraliq botiqlarda, tog’larda 300 – 550 mm. YOg’inning 30 – 35 % bahorga, 25 – 40 % qishga, 10 – 12 % kuzga, 1 – 10 % yozga to’g’ri keladi. Mo’’tadil va Arktika sovuq havo massalari Rossiya tekisligining janubi-sharqiy qismi orqali shimolig’arbiy va shimoliy tomondan O’zbekiston hududiga esadi. Bu havo massalari qish kunlarining 24% ni tashkil qiladi. Shimoli-g’arbiy tomondan bostirib kiradigan havo massasi O’zbekiston hududini ancha sovitib, kunlik haroratni —10—20° pasaytiradi. Buning ustiga ba’zan qishda Arktika sovuq havo massasi xam bostirib kirib, turib qolishi natijasida harorat yanvar oylarida —35°gasha pasayishi mumkin. Bunday sovuqlar 1930 yil dekabrda, 1948 yil dekabr, 1949 yil yanvarda, 1969 yili yanvar oylarida kuzatilgan. 1948/49 yili qishda sodir bo’lgan ana shunday sovuq kunlar O’zbekiston yaqin janubi va hatto Eronda sodir bo’lib, juda ko’p mevali daraxtlarni sovuq urib quritib yuborgan. Yuqorida qayd qilganimizdek, siklonlarning sharqqa qarab siljishi oqibatida O’zbekiston hududiga g’arbdan mo’tadil mintaqaning dengiz havo massasi ham kirib keladi. Bu havo massasi O’rta va Qopa dengizlari orqali o’tganligi tufayli nam bo’lib, yomg’ir, ba’zan esa qor yogishiga sabab buladi. Bunday ob-havo qish kunlarining 11%ni tashkil etadi. Yilning issiq faslida O’zbekistonda havo sirkulyasiyasi qish faslidan keskin farqlanadi. Chunki may oyidan boshlab Turon tekisligi havosi tezda qizib ketishi oqibatida past bosimli markaz — termik depressiyasi vujudga keladi. Natijada havo o’ta qizib mahalliy kontinental Turon tropik havosi shakllanadi va bu davrda O’zbekistonda harorat ko’tarilib Termizda 50°ga yetishi kuzatilgan. Bunday ob-havo (termik depressiyali kunlar) yoz davrining 15% ni tashkil qiladi. Yozda Turon tekisligining shimolida mu’tadil (qutbiy) front shizig’i joylashib, bir tarmog’i Qozog’istonda, ikkinshi tarmog’i esa Qopa dengizning shimoli va Volga daryosining O’rta oqimida joylashib, xavo bosimi yuqoridir. Natijada termik depresiya usha yukori bosimli xavo massasini xuddi surg’ish (nasos) kabi tortib olishi oqibatida shimoldan, shimoli-g’arbdan va g’arbdan salqin havo massasi Turon tekisligi tomon esadi. Ma’lumotlarga qaraganda yozda shimoliy va shimoli-g’arbiy (yoz kunlarining 38% ni tashkil etadi) xamda g’arbiy (yoz kunlarining 29%) salqin havo massalari Turon tekisligida qishga nisbatan 1,5—2,0 marta ko’p takrorlanadi (10- rasm). Ammo Turon tekisligi qizib ketganligi tufayli uning ob-xavosini u qadar uzgartira olmaydi, faqat xaroratini 3—10°ga pasaytiradi, binobarin, xamon xavo nisbiy namlik kam bulib, kondensasiyalanish jarayoni qiyinlashadi. Shu tufayli Turon tekisligida shimoliy, Shimoli-g’arbiy va g’arbiy xavo massalari yozda kup essa-da, yog’ingarshilik bo’lmaydi. Bu xavo massalari O’zbekiston tog’larida (yuqoriga kutarilgan sari havoning sovib borishi okibatida) sovib, bulutlar xosil kilib, yomgir, ba’zan esa kor tarikasida yog’inlarni vujudga keltiradi.

4 – rasm. Yozda O’zbekiston hududiga esuvchi havo oqimlari O’zbekiston iqlimining tarkib topishida uning yer usti tuzilishi-relyefi xam ta’sir etadi. O’zbekiston xududining sharki va janubi tog’lar bilan uralgan bulib, g’arbi va shimoliy kismi oshik.Shu sababli uning xududiga shimoldan, shimoli-garbdan va G’arbdan esuvchi sovuq xavo massalari bemalol kirib keladi. Aksinsha, respublikaimiz janubiy qismida Paropamiz kabi tog’larning mavjudligi iliq, tropik xavo massalarining kirib kelishiga to’siq bo’ladi. 3. Iqlim resurslar. O’zbekiston iqlimi kontinental, quyi mo’tadil va subtropik iqlim mintaqasiga kirib, respublika boy agroiqlim resursga ega kunlar yoki vegetasiya davri quyi Amudaryoda 190-200 kun, Farg’ona ovdiysida 210-225 kun, Toshkentda 200-210 kun, O’zbekistonning janubida 230-270 kundir. Mana shu sovuqsiz kunlar harorat umumiy yig’indisi 4500-5500 S haroratni tashkil qiladi. mana shunday iqlim sharoitida issiq sevar,uzoq vegetasiya davrini xohlovshi subtropik o’simliklar o’sishga ekinlar yetkazib berish imokniyatiga egadir. Yana eng muhimi, 1 yerdan 1 yilda 2-5 marta hosil olish imkoniyatiga egadir.


O’zbekiston o’zi joylashgan kengliklardagi boshqa hududlarga nisbatan bu yerda yoz ancha issiq, qish esa sovuqroq bo’lganidan yil fasllari bizda o’zgachadir. Fasllarning boshlanish va tugash muddatilari, ob-havosi o’ziga xos. Xususan yoz uzoq -4-5 oy davom etadi, qish esa qisqa, beqaror bo’ladi.
Babor. O’zbekistonda sutkalik o’rtacha harorat 50dan 200 gacha oraliqda o’tgan kunlar baborga to’g’ri keladi. Respublikamizda babor martda emas, fevral oyi oxirida boshlanadi. Mo’taxassislar O’zbekistonda sutkalik o’rtacha harorat 50 dan oshgan kunni qishning oxiri va bahorning boshi, sutkalik harorat 200 dan o’tgan kunni bahorning oxiri, yozning boshlanishi deb hisoblaydilar. Bahorda respublikamizda yillik yog’inning 30-50 % yog’adi, martda havoning sutkalik o’rtacha harorati 10-150 ga, aprelda 200 ga etadi. Quruq davrning boshlanishi Ustyurtda 15 ga, Quyi Amudaryoda 6-14, Qizilqumda 30-17, Quyi Zarafshonda 6-14, Qashqadaryoda 29-28, Surxandaryoda -28ra to’g’ri keladi. SHu davrdan cho’l efemyer o’simliklarining vegetatsiya davri tugaydi. Bahorda umuman sovuq kunlar kam bo’ladi. Lekin ba’zida bahorning birinchi yarmida siklonlar tufayli ob-havo o’zgaradi. Issiq kunlardan keyin to’satdan sovuq bo’lib, qor yog’ishi, havo harorati 00 dan pasayishi mumkin. Mayning ikkinchi yarmidan boshlab respublikaning hamma joyida kun taxminan bir xil isiydi, yog’inlar to’xtaydi va shu vaqtdan haqqiy yoz boshlanadi.
Yoz O’zbekistonda havoning o’rtacha sutkalik harorati 200 dan oshganda boshlanib, 200 dan pasayganda tugaydi va kuz boshlanadi. Yoz may o’rtasidan oqtyabr oyigacha cho’ziladi va respublikamiz janubida 160 kun, shimolida 110 kun davom etadi. Yoz oylari jazirama issiq, qurg’oqchil va barqaror bo’ladi, bulo’tsiz, jazirama issiq kunlar iyul-avgust oylarida ayniqsa ko’p kuzatiladi.
Ustyurtda iyulda havoning o’rtacha harorati 26,8-28,5°, Qizilqumda 29-30-31°, Surxondaryoda 27,5-32° ni tashkil etadi. Yozda Ustyurtdan tashqari tekisliklarda yog’in juda kam yog’adi, ayrim yillarda mo’tlaqo yog’maydi. Eng quruq oy-avgust.
O’zbekistonda sutkalik o’rtacha havo harorati 200 bilan 50 oraligi ko’zga to’g’ri keladi. Kuz oktyabr oyidan boshlanadi. SHu oydan kun sezilarli darajada qisqaradi, havo salkinlasha boshlaydi. Oktyabrda havoning o’rtacha harorati iyuldagidan 12-15° past bo’ladi. SHimoldan sovuq havo massalari kirib kelgan paytlarda kechalari sovuqtushib, harorat 0° gacha pasayadi, shudring, ba’zan qirov tushadi. Sutkalik o’rtacha harorat 5° dan pasaygan kun kuzning oxiri va qishning boshi deb hisoblanadi, chunki shu vaqtdan boshlab o’simliklarning vegetatsiya davri tugaydi.
Kuzda yillik yog’inning 10-20 % yog’adi. Fasl oxiriga borib sovuq kuchayada, havoha bulut ko’payadi, yomg’ir-qor yog’ib, ayrim joylarda qor qoplami vujudga keladi. Respublikamizda qish sutkalik o’rtacha havo harorati kuz va bahorda K5° dan pasaygan kunlar orasidagi davr, haqqiy qish esa sutkalik o’rtacha havo harorati ko’z va bahorda dan pasaygan kunlar orasidagi davr deb hisoblanadi. Qish dekabr, yanvar, qisman fevral oylariga to’g’ri keladi. Lekin qishda ham sovuq kunlar iliqkunlar bilan almashinib turadi. Respublikamiz janubida qishiliqbo’lib, barkaror emas, ayrim yillardagina haqqiy qish bo’lishi mumkin.
Arktika va Sibirdan sovuq havo massasi kirib kelganda respublikamiz ob-havosi keskin sovuydi, shimoli-G’arbiy qismida qishki sovuqlar uzoq davom etadi. Baland tog’larimizda qish sovuq bo’lib, 3-4 oy ga cho’ziladi, qor ko’p yogadi. Respublikamizda yillik yog’in miqdorining 25-4° % qish oylariga to’g’ri keladi.
O’zbekistonning tekislik qismi subtropik iqlimli (janubiy) cho’l va mo’tadil iqlimli (shimoliy) cho’l zonalarida joylashgan. Bu shimoliy va janubiy cho’llar iqlimida syozilarli farq bo’lib, ular yilning iliq va sovuq davrlarida ko’zga yaqqol tashlanib turadi.
Ustyurt qishda Sibir antitsikloni ta’siri doirasida bo’lgani uchun qish qattiq bo’lib (yanvarning o’rtacha harorati -6° dan -8,5° gacha, haroratning mutloq minimumi -38°), haqqiy qish 118-13° kun davom etadi, sovuq kunlar ko’p bo’ladi va qor qoplami uzoqroq (3°-12° kun) yotadi. Markaziy Osiyo antitsiklonining ta’siri Ustyurt ustida oktyabr oyida sezila boshlaydi. Antitsiklonning ta’siri asta-sekin ortib, havo harorati pasaya boradi va yanvar, fevral oylarida harorat eng past bo’ladi. Ustyurtda yillik yog’in miqdori fasllar bo’yicha deyarli bir tekis taqsimlangan.
Nukus geografik kengligidan janubda joylashgan janubiy cho’llarda qish Ustyurtdagidan farq qiladi. Bu hududda siklonlarning tez-tez qaytalanib turishi qishning janubga borgan sari yumshoq bo’lishiga va qishda ob-havoning tez-tez o’zgarib turishiga sabab bo’ladi. Janubiy cho’llarda qor qoplami Sibir antitsikloni turib qolgan davrdagina saqlanib turadi va uning turishi 2°-3° kundan oshmaydi. Yanvarning o’rtacha harorati janubda 0° dan Yuqori bo’ladi. Sherobodda 3,6° ni, Termizda 2,8 °, Guzorda 1,9 ° ni tashkil etadi. Janubi-g’arbdan o’rta Osiyoga iliq tropik havo kirib kelganda janubiy O’zbekistonda hatto qish oylarida havo harorati 20° gacha ko’tarilib ketadi. Janubiy cho’l mintaqasida qish ancha iliq, harorat ancha baland bo’lishiga qaramasdan Sibirdan antitsiklon havosi kirib kelganda eng past harorat shimolida -32° gacha, janubda esa - 20°, -25° gacha tushib ketgani kuzatilgan. Yilning iliqdavrida ham janubiy va shimoliy cho’llar ob-havosi bir-birlaridan farq qiladi. Janubiy cho’lda aprel oxiri va may boshlarida siklon jarayonlari so’sayib, mayning ikkinchi yarmidan boshlab ochiq, issiq va quruq ob-havo tarkib topadi. Yozga chiqib harorat juda ko’tariladi. Bulutsiz kunlar soni ko’p bo’lganidan Quyosh enyergiyasining kelishi kuchayadi va juda quruq kontinental tropik havoning shakllanishiga imkon tug’iladi. Iyul oyining o’rtacha harorati janubiy cho’l zonasining shimolida 26°-27° bo’lsa, janubida 31°-32° ni tashkil etadi. Shimoliy cho’llarda yoz janubdagiga nisbatan qisqaroq, havo va tuproq usti harorati pastroq bo’ladi, nisbiy namlik esa ayrim vaqtlarda yog’in-sochinning vujudga kelishi uchun etarli darajada bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati shimolida 26,8° bo’lsa, janubida 28,5 ° ni tashkil etadi, eng Yuqori harorat 44° dan oshmaydi. Yillik yog’inning 17-23 % i yoz oylariga to’g’ri kelsa ham, lekin nam etishmaydi.
Ma’lumki, odamning hayotida, normal yashashida tabiiy iqlim omillarining roli juda katta. Masalan, subekstremal va ekstremal haroratli sharoit odam organizmida fiziologik va hatto patologik o’zgarishlar kompleksining vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Odam organizmi uchun eng qulay havo harorati 16° dan 26° gacha deb hisoblanadi. Bunday haroratda Odam ham olib o’tirganda tana harorati, yurakning urishi, terning ajrab chiqishi fiziologik normada saqlanib qoladi.
Havo haroratining 40° ga ko’tarilishi Odam tanasi haroratining ga, yurak urishini 28 % ga, ter ajralib chiqishining deyarli 100 % ga oshishiga sabab bo’ladi. Bunday holatda Odam organizmining funksional holati keskin zurikadi.




  1. Yüklə 0,64 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin