Mavzu: O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yillik taqsimlanishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə3/7
tarix21.06.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#133381
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu O’zbekistonda havo namligi, bug’lanish, yog’inlarning yil

3. SHamollar. O‘zbekiston hududida asosiy shamollarning yo‘nalishi fasllarga qarab farq qiladi. Respublikaning shimoliy tekislik qismida qish oylarida shamollar ko‘proq shimoli — sharqdan esadi. Janubga tomon shamollar yo‘nalishi o‘zgarib, avval sharqdan, so‘ngra janubi-sharqdan esadi. Bunda qishda yuqori bosim markazi-Markaziy Osiyo (Sibir) antitsikloni sabab bo‘ladi. YOzda asosiy shamollar yo‘nalishi O‘rta Osiyo janubi va Hindistonning shimoli-g‘arbidagi past bosim markazlarining tarkib topishi natijasida o‘zgaradi. YOzda O‘zbekiston qududi Turon termik depressiyasi ta’sirida bo‘lganda shamol asosan shimoli-g‘arbdan, g‘arbdan va shimoli-sharq tomonlardan esadi. Respublikamizning sharqiy tog‘ oldi va tog‘li hududlarida shamolning yo‘nalishiga relef katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerlarda asosan sharqiy, janubi-sharqiy shamollar ko‘p esadi. Bu qududlarda tog‘-vodiy, fyon kabi mahalliy shamollar ko‘proq bo‘ladi.

O‘zbekistonda shamolning o‘rtacha tezligi umuman olganda katta emas. Tekisliklarida shamol tezligi sekundiga 3 — 4 metr atrofida bo‘lsa, tog‘ oldi va tog‘larda sekundiga 3 metrdan kamroqdir. SHamolsiz kunlar ham ko‘p, ayrim joylarida bu ko‘rsatkich yilning yarmidan ko‘prog‘iga to‘g‘ri keladi. Kuchli shamollar respublikamizda tog‘ oraliq botiqlaridan tekislikka chiqish joylarida kuzatiladi. Farg‘ona vodiysidan "Xo‘jand darvozasi" orqali Mirzacho‘l tomon "Bekobod" yoki "Hovos" shamoli esadi. U yiliga o‘rta hisobda 52 kun kuzatiladi. Darvoza orqali Mirzacho‘ldan Farg‘ona vodiysi tomonga esuvchi shamolga "Qo‘qon" shamoli deyiladi. Bu shamol yiliga o‘rta qisobda 53 kun kuzatiladi. "Bekobod" shamoli asosan qishda, ya’ni darvozadan g‘arbda bosim past, sharqda, Farg‘ona vodiysida yuqori bo‘lganda esadi, shamolning tezligi sekundiga 30-40 metrgacha etadi. Yozda shamolning tezligi kamroq, sekundiga 15-25 metr atrofida bo‘ladya. Xo‘jand darvozasining har ikkala tomonida yiliga o‘rta hisobda 40-60 kun kuchli shamol esali.


Tog‘-vodiy shamoli respublikamizning barcha vodiylarida kuzatiladi, ayniqsa CHirchiq-Ohangaron vodiysida barqaror bo‘ladi. Tog‘-vodiy shamoli tekislik va tog‘dagi havo bosimidagi farqdan kelib chiqib, kunduz kuni vodiy bo‘ylab toqqa, tunda esa tog‘dan pastga tomon esadi.

Yoz va bahorda esadigan kuchli, issiq, quruq shamol garmsel deyiladi. U Qizilqumda qizigan quruq havoning atrofga esishidan hosil bo‘lib, bahor va yozda kuzatiladi. Tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etadi. Garmsel esganda havo harorati keskin ko‘tarilib, 40° dan oshadi, nisbiy namlik 5-10 % gacha pasayadi, ba’zan quyuq to‘zon ko‘tariladi. Jazirama issiq va tuproqda nam etishmasligi natijasida ekinlar quriydi. Ayrim hollarda chang bo‘ronlari ko‘tarilib, havo xiralashadi, nafas olish qiyinlashadi. Bunday hodisa Fargona vodiysida, Samarqand va Buxoro viloyatlarida yiliga o‘rta hisobda 10 — 15, boshqa erlarda 4—10 marta kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining eng janubida tez-tez kuzatiladigan g‘arbiy va janubi-g‘arbiy kuchli shamolni "Afg‘on" shamoli deyiladi. Bu shamolning paydo bo‘lishi sovuq Havoning O‘rta Osiyo tekislik qismiga bostirib kirishi va sovuq frontning yaqinlashishiga bog‘liq. SHimoldan kelgan havo sovuq, zich va og‘ir bo‘lganligidan janubdagi Parapamiz tog‘laridan o‘ta olmay, tekisliklarda to‘planib, yuqori bosim markazi vujudga keladi. Hisor va Ko‘hitang tog‘lari bilan tusilgan Surxondaryo, Kafirnihon, Vaxsh havzalarida esa tavo iliq, bosim past bo‘ladi. SHunga ko‘ra, bu hududlarga qarab kuchli g‘arbiy va janubi-g‘arbiy shamollar esadi. Termiz yaqinida "Afg‘on"shamoli yiliga o‘rta hisobda 16 kun esadi. Bu SHamol tog‘lardan oshib tushib, kishda iliq havo, boshqa vaqtlarda esa issiq havo keltiradi. Uning tezligi ayrim vaqtlarda sekundiga 15 — 20 m ga etadi, qum va changni to‘zitadi, ba’zan havoni shu qadar xiralashtiradiki, 100 — 200 metr naridagi hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi. Bu shamol bahorda esganda qishloq xo‘jaligiga juda katta zarar etkazadi. O‘zbekistonda kuzatiladigan iqlimning noqulay xususiyatlariga qishki qattiq sovuqlar, kuzda sovuqning erta tushishi, bahordagi kechki sovuqlar, jala yomg‘irlar, do‘llar, qalin qor yog‘ishi va yaxmalaklik, yozgi jazirama issiqlar, kuchli shamollar, chang-to‘zon ko‘tarilishi, issiq shamod (garmsel) va boshqalar kiradi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin