Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishida islom ta’limoti, ma’naviyatining tutgan o‘rni beqiyosdir. Zero, islom ta’limotining asl mazmun, mohiyatini inson komilligi, uning g‘oyasini esa insoniylik, ezgulik, yaxshilik, halollik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, sadoqatlilik tashkil etadi.
Qur’oni Karimdagi ijtimoiy xuquqiy ezguliklarga ega bo‘lgan shariatning tamoyillari
Jamiyatning barcha a’zolari, irqi, tili, va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi
Inson hayoti va erkinligining tengligi
Oila jamiyatning asosidir, jamiyat oilani o’z himoyasiga oladib
Boshqaruvchi va boshqariluvchilarning tengligi
O’zining dunyoviy ishlari uchun har kishi jamiyat oldida javob berishi
Xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilanmaslahatlashib hal qilinishin lozim
Tarbiyaning ijtimoiy harakteri haqidagi g‘oyalar Alisher Navoiyning she’riy merosida nihoyatda aniq o‘z ifodasini topgan. Shoirning pedagogik qarashlari insonparvar harakterga ega. XVIII-XIX asrning ma’rifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829), Muhammad Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi o‘ringa keng ommaning ma’rifatli kilish va ta’lim masalalarini qo’yishgan. Ta’limning asosiy vazifasini ular axloqiy mukammallashvida va mehnatga o‘rgatishda deb bilishgan
XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida demokratik g‘oyalar
Ma’rifatparvarlik va demokratik g‘oyalar XIX asrning oxiri- XX asr boshlarida o‘z cho‘qqisiga ko‘tarildi. O‘zbekistondagi demokratik pedagogik g‘oyaning taraqqiyparvar yo‘nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) Avloniyning o‘zbek pedagogikasiga qo‘shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldida ijtimoiy vazifalarni qo‘ya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o‘z asarlarida shaxsning rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi bo‘ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko‘zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida ta’riflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik, tashabbuskorlik, amaliy tajribani bilgan.