Mavzu: O‘zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari kirish


Mavzuning ahamiyati va vazifalari



Yüklə 58,94 Kb.
səhifə2/8
tarix17.05.2023
ölçüsü58,94 Kb.
#115559
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari

Mavzuning ahamiyati va vazifalari: kredit siyosatida ko’rsatilgan kredit turlarini ommabopligini oshirish aholi va tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan segmentlar (kam daromadli jismoniy shaxslar, qishloq aholisi, mikrofirma va kichik korxonalar) uchun bankning kredit siyosatidan kelib chiqib bazaviy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutadi.
Bаnklаr o’z fаоliyatidа mоddiy ishlаb chiqаrish tехnоlоgiyalаri yordаmidа emаs, bаlki pul mаblаg’lаrini jаlb qilish vа jаmg’аrish, krеdit shаklidаgi turli хil sхеmаlаr оrqаli qаytа tаsimlаsh, qimmаtbахо – qоg’оzlаrni sоtib оlish vа sоtish, хаrаkаtdаgi sаnоаt vа sаvdо kоrхоnаlаri kаpitаlidа ishtirоk etish kаbi funksiyalаr yordаmidа o’z ishini оlib bоrаdilаr.
Bank kreditini boshqarishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad birinchidan, aktiv operatsiyalardan foyda olish va, ikkinchidan, bankning xavfsiz va ishonchli faoliyatini ta’minlashdan iborat.
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq, obʼektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to‘g‘ri tuzish va olib borish, barcha bo‘limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to‘g‘ri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlashga asos hisoblanadi.



  1. O‘zbekiston Respublikasidagi kredit turlari va shakllari hamda uning nazariy asoslari

Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi muammodir. Bu muammo o’z yechimini kredit orqali topadi. Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditning vujudga kelishining nafaqat ichki iste’mol uchun tovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik jihatdan mustaqil, bir-biriga mulkdor sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisodiy munosabatlarga kirishishga tayyor tovar egalari faoliyat ko’rsatayotgan muomala doirasidan qidirish kerak. Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo’lishining iqtisodiy asosidir. Kredit orqali jamiyatimizda qo’yidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin: birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo’sh qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldini olinadi. ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi. Kredit – foizda qaytarish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun pul yoki material mablag’lari berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi
Kreditlar O’zbekiston Respublikasi qonunlari va normativ aktlari bilan man etilmagan maqsadlar uchun barcha egalik va xo’jalik mulki shaklidagi jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tamoyillar asosida qisqa va uzoq muddatga ajratiladi. Kredit munosabatlarining mazmun va mohiyatini tushunish uchun uning zaruriy elementlari – kreditning obyekti va subyektini tushunib olish zarur
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kredit — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama toʻlab qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablagʻ beruvchi tomon kreditor , ssuda oluvchi tomon esa debitor deyiladi. Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Lekin har qanday qarz munosabati ham kredit boʻla olmaydi. Kredit munosabatida olingan mablagʻ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq toʻlanishi, muddatli, maʼlum tovar va nomoddiy aktivlar bilan taʼminlangan boʻlishi, maqsadli ishlatilishi shart. Berilishi muddatlariga koʻra, qisqa muddatli (1 yilga qadar), uzoq, muddatli (1 yildan ortiq) kreditga boʻlinadi. Kredit iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi, ularning orasida moliya resurslarini qayta taqsimlash asosiy oʻrinda turadi. Kredit yordamida kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga, bir mulkdordan boshqasiga oqib oʻtishi taʼminlanadi. Shu bilan ishlab chiqarishni kengaytirish, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, mablagʻlarni kapital qoʻyishning eng foydali va istiqbolli yoʻnalishlarida toʻplash imkoniyatlari yuzaga keladi. Kredit resurslarini banklar tomonidan tartibga solish mexanizmlari yordamidapul aylanmasi toraytiriladi yoki kengaytiriladi, toʻlovga qrbil talabning koʻpayishi yoki qisqarishi yuz beradi, bu esa, oʻz navbatida, ishlab chiqarish rivojiga ragʻbat beradi.
Kredit munosabatlarida uning barqaror boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun mamlakatda kredit siyosati olib boriladi. Kredit siyosati tarkibida banklarning foiz siyosati va ajratilayotgan kreditlarning yoʻnalishlari, ularning qaytarilishini taʼminlash, kreditning samaradorligini oshirish, imtiyozlar, yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar oldini olish tadbirlari katta rol oʻyvaydi. Oʻzbekistonda tijorat banklarning kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yoʻvaltirilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yoʻvaltirilgan yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etishga ajratilmokda. Shuningdek, mamlakat tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik va oʻrta biznesni qoʻllabquvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir. Kredit tizimi: Markaziy bank, tijorat banklari, kredit uyushmalari va chet el banklari filiallari va vakolatxonalari. Kredit tizimida Markaziy bank alohida oʻrin tutadi va u emissiya maqomiga ega.
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va toliqroq ochib berishda uning subyektiv va obyektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida, shuningdek, uning mohiyatini ochib berishda kreditning subyektiv mohiyati ham alohida o‘rin tutadi. Kreditning subyektiv mohiyati bir-biriga bogliq bolgan “kreditor” va “kredit oluvchining munosabatlarida namoyon boladi. “Kreditor” va “kredit oluvchi” o'rtasida vujudga keladigan munosabatlaming asosida tovar-pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh mablaglaming mavjudligi va tovar aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir-biriga to‘qnashishiga xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir-biriga mos kelsa ular o‘rtasida kredit munosabatlari vujudga keladi. Kreditor - kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Kreditor pul mablaglarini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi subyektlar hisoblanadi. Bunday subyektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bolishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablaglari ulaming o‘z mablaglari va jalb qilingan mablaglari hisobidan shakllantiriladi. Kreditor subyektlar ichida, banklar va kredit uyushmalari nafaqat o‘z mablaglari hisobidan, balki chetdan jalb qilingan mablaglar hisobidan kreditlar beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq:
1. Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul emissiyasini kamayishini ta’minlaydi.
2. Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi.
3. Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
4. Kredit tufayli xujaliklar urtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining o’zluksizligi ta’minlanadi va boshqalar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo’lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi.
2.Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga – ta’minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste’molga xizmat kiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyan to’lov asosida beriladi. Bu funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib turiladi.
3. Muomila harajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta’minlanadi. Kapitalning muomilada bo’lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4.Kapital to’planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital to’planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo’jalik yurituvchi subyektning o’z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag’ga ega bo’lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot davrida rivojlanmagan va mablag’lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
5. Muomilaga to’lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to’lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o’rin tutadi. Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari va boshqa harajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo’lib (qarz beruvchi) va qarzdor (qarz oluvchi)lar hisoblanadi.Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo’lib davlat korxona va tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo’jaliklari, yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi. Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo’ladi.
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo’q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog’liq bo’ladi. Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko’p jihatdan bog’liq. Kreditning asosiy turlari:
Bank krediti — kreditning asosiy va etakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari — banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xoʻjaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. ·
Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi. ·
Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi.
Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. “10.04.2023 yildagi “Moliyaviy iste’mol krediti berish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan. “Istemol krediti to’g’risida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar (хizmatlar) uchun, shuningdek Oʻzbekistondan tashqarida ishlab chiqarilgan tovarlar (хizmatlar) uchun moliyaviy iste’mol kreditlari berish imkoniyatini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda. “Istemol krediti to’g’risida”gi Qonunning 15-moddasidan iste’molchi moliyaviy iste’mol krediti olish toʻgʻrisida iste’mol tovarlarini (хizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korхonani yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda хabardor qilishi shartligi toʻgʻrisidagi talab chiqarib tashlandi”2. “Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Iste’mol krediti to’g’risida”gi qonunga o’zgartirish kiritildi. Hujjatga ko’ra, moliyaviy iste’mol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) iste’molchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin. Moliyaviy iste’mol krediti berish iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvarag’iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag’lari o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi.
Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo’lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi. Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:

  1. Sifatiga ko’ra

Standart;
Substandard
Qoniqarsiz
Shubxali
Umidsiz

  1. Muddatiga ko’ra

Qisqa muddatli va uzoq muddatli

  1. Ta’minotiga ko’ra

Ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlar
Muammoli ssudalar va ularni boshqarish.
O’zbekiston Respublikasida muammoli kreditlar kelib chiqishining asosiy sabablarini quyidagicha turkumlash mumkin:
- kredit oluvchining moliyaviy ko’rsatkichlarini, kredit mablag’laridan foydalanish bo’yicha biznes-rejalarini, investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini past darajada tahlil qilinishi;
- qarzdorning kredit mablag’laridan foydalanishi ustidan monitoringni sifatsiz olib borilishi, ya’ni qarzdorning moliyaviy holatini yomonlashishi, pul oqimlarining salbiy dinamikasi holatlarida kreditni restrukturizatsiyalash hamda kreditning statusini o’zgartirishni ham qamrab oluvchi choralarni o’z vaqtida ko’rmaslik;
- banklar hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga turli davlat organlarining aralashuvi;
- milliy valyuta devalvatsiyasi, ya’ni xorijiy valyutadagi kreditlar bo’yicha investitsion davr mobaynida ayirboshlash kurslarida ortiqcha farqning paydo bo’lishi.
Muammoli kreditlarni bartaraf etish amaliyoti samarali bo’lishi uchun ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, tasniflash muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonining asosiy va dastlabki bosqichlaridan biridir.
Kredit faoliyati bankni kredit tashkiloti sifatida shakllantiruvchi faoliyat hisoblanadi. Banklarning xizmat ko’rsatish doirasi qancha kengaymasin, baribir kredit operatsiyalari banklar uchun asosiy daromad manbai bo’lib qolaveradi. Shunday ekan, bank amaliyotida kredit operatsiyalari katta riskni ham keltirib chiqaradi. Chunki daromad qancha katta bo’lsa, risk ham shunchalik katta bo’ladi. Ayniqsa, qaytmaydigan kreditlar miqdorining oshish ehtimoli bank uchun katta zarar havfini keltirib chiqaradi.
Respublikamiz bank amaliyotida so’nggi yillarda berilayotgan kreditlar dinamikasi va ularni qaytarishda yuzaga kelayotgvan qarzdorlik muammosi, uni yuzaga keltirayotgan omillar hamda yuzaga kelgan qarzdorlik bo’yicha tijorat banklarida shakllantirilayotgan zaxiralar holati haqida biroz to’xtalib o’tish lozim, albatta, .So’nggi yillarda kreditning iqtisodiyotdagi o’rni va roligina emas, balki kredit munosabatlarini tashkil etish jarayoni ham sifat jihatidan ancha o’zgardi. Huquqiy va jismoniy shaxslarni kreditlash funktsiyasini endi faoliyatning asosiy maqsadi foyda olish bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos tadbirkorlik tuzilmalari rolini bajaruvchi tijorat banklarining o’zlari amalga oshiradilar.
Tijorat banklari tomonidan berilgan barcha kreditlar uning kredit portfelida o‘z ifodasini topadi. Tijorat banklari o‘z mijozlariga turli ko’rinishdagi kreditlar berishi mumkin. Avvalambor, qarz oluvchilarning asosiy guruhlari bo’yicha:
xo‘jalikka;
aholiga;
hukumatga va davlat organlariga berilgan kreditlarga bo’linadi.
Yo’nalishi bo’yicha kreditlar quyidagicha:
iste’mol;
sanoat;
savdo;
qishlok xujaligi;
investitsion;
byudjet.
Kreditlar foydalanish muddati bo’yicha:
qisqa muddatli;
uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Miqdori bo’yicha kreditlar:
yirik;
o‘rta;
kichik kreditlarga bo‘linadi.
Ta’minlanganlik bo’yicha:
ta’minlanmagan (ishonch) kreditlar;
ta’minlangan kreditlarga bo’linadi.
Uz navbatida, taminlangan kreditlar ta’minlanish xarakteriga ko‘ra:
garovli;
kafolatlangan;
sug‘urtalangan kreditlarga bo’linadi.
Bank kreditlari maqsad bo’yicha:
ipoteka ssudalari
moliyaviy tashkilotlarga berilgan ssudalar;
qishloq xujaligiga berilgan sudalar;
savdo va sanoat korxonalariga berilgan ssudalar;
jismoniy shaxslarga berilgan ssudalar;
boshqa ssudalar;
lizing moliyalashtirish.
Bunda bank o’zining qaysi tarmoqqa ko’proq etibor berishiga qarab, yoki bu kredit ulushi kredit portfelida ko’prok bo’ladi. Bu uning kredit siyosatidan kelib chiqadi.
Bank aktiv operatsiyalari ichida kredit asosiy va bank daromadini katta qismi ham ayni shu kredit operatsiyalari orqali keladi. Shu sababli bank kredit portfelining qanday shakllanishi bank faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bank yaxshi kredit portfelini shakllantirish.
Albatta, banklar kredit berayotganlarida o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan regionlarga to‘liq bog‘liq bo’lmaydilar. Kerakli kredit mablag‘larini to‘liq yoki qisman ular boshqa banklardan olishlari mumkin. Bu adolat agar bank xizmat qilayotgan region iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelsa, zarar kurish riskini pasaytiradi.



  1. Yüklə 58,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin