Mavzu: O‘zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari kirish


O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit siyosatini boshqarish yo’llari



Yüklə 58,94 Kb.
səhifə3/8
tarix17.05.2023
ölçüsü58,94 Kb.
#115559
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda kredit turlarining tavsifi va rivojlanish istiqbollari

O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit siyosatini boshqarish yo’llari.

Kreditlash bank ishining o‘zagi bo‘lib, uning sifatiga qarab bankning faoliyati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin. Bunda, asosan, kreditlarni boshqarish jarayonining asosiy axamiyat kasb etishiga sabab Shuki, uning sifati bank ishining samaradorligiga bog‘liqdir. Iqtisodchilar tomonidan jahon banklarining sinishi (bankrotlikka uchrashi) sabablarini tadqiq qilish shuni ko‘rsatayaptiki, asosan, banklarning sinishiga sabab – bank aktivlari sifatining (eng avvalo kreditlarning) pastligidir. Kreditning sifati kreditlash jarayonini boshqarishga bog‘liq bo‘lib quyidagi asosiy elementlardan tashkil topadi:
tijorat bankida mukammal ishlab chiqilgan kredit siyosati kreditlashtirish jarayonining mavjudligi;
kredit portfelini optimal boshqarishning yo‘lga qo‘yilganligi;
kreditlarni muntazam nazorat qilishning tashkil qilinganligi;
bank tizimida ishlaydigan xodimlarning tayyorgarlik darajasi.
“Kredit siyosati” hujjatli kreditlarni boshqarish jarayonining poydevorini tashkil etadi. Tijorat banki tomonidan ishlab chiqilgan va yozma ravishda qayd etilgan “Kredit siyosati” kreditlarni oqilona boshqarishning samarali yo‘llaridan hisoblanadi. Ushbu hujjat bankning kreditlashtirish faoliyatining andozalari va parametrlarini belgilab beradi. Ushbu belgilangan standartlar va parametrlardan kredit berish, qarzlarni hujjatlashtirish va boshqarish bo‘yicha ma’suliyatli bo‘lgan bank xizmatchilari qo‘llanma sifatida foydalanishlari lozim. Kredit siyosati bank boshqaruvi a’zolari, qonun chiqaruvchi, strategik qaror qabul qiluvchi shaxslarning xatti-xarakatini belgilab beradi hamda ichki va tashqi auditorlarga bankda kreditlarni boshqarish darajasining o‘tish davrida, moliyaviy bozorlarga davlatning ta’siri kamaygan sharoitda, tijorat banklari ichki siyosatini o‘zlari ishlab chiqishni keskin faollashtirishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 2 martdagi “Tijorat banklari kredit siyosatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizomga asosan bankning kredit siyosatiga quyidagicha ta’rif beriladi: Bankning kredit siyosati – kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklarni boshqarishda bank raxbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlar portfelini samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir3. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko‘rsatishi va aniqlab berishi shart.
Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog‘liq, ob’ektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Kredit siyosatini to‘g‘ri tuzish va olib borish, barcha bo‘limlar tomonidan bu siyosat maqsadining aniq tushinilishi bank boshqaruviga kredit standartlarini to‘g‘ri olib borishiga, yuqori risklardan qochishga, bank imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlashga asos hisoblanadi.
Yaxshi ishlab chiqilgan kredit siyosati kredit riskini boshqarish va uni kamaytirishga yaxshi imkon beradi.
Kredit siyosatining zarurligi shundaki, bank katta yoki kichikligidan, unda kam yoki ko‘p xodim ishlashidan qat’iy nazar, bankda bu siyosat bo‘lishi lozim. Chunki bu siyosat kredit bo‘yicha unifitsirlashgan umumiy qoida va tamoyillarning bajarilishini, operatsiyalar bajarilishining ketma-ketligini ta’minlaydi. Bankning kredit siyosati bankning hamma xodimlari – kichik xodimdan yoki bank boshqaruvi raisigacha bir xil bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham kredit siyosatini oldindan belgilab olingan qoida va echimlar to‘plami deyiladi.
Kreditlash siyosati va uning samaradorligi to‘g‘ri kredit narxlari belgilangan sharoitda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Kredit siyosatini samarali olib borishda bank xodimlari bank mijozlarining mablag‘larini kimlarga foydalanishga berish mumkinligini yaqqol bilishi lozim.
Bank qanday kreditlar, qancha miqdorda, kimga, qaysi sharoitlar bilan berilishini hal qilishi zarur. Biznesning Shunday turlari borki, bank kredit bera turib ular bo‘yicha qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun xar bir faoliyat risk bilan bog‘liq ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bankning kredit siyosati uning faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli holatlarning oldini olishga, buning uchun depozitlar va kreditlar o‘rtasidagi nisbatning, bank majburiyatlari bilan kapitali o‘rtasidagi va boshqa ko‘rsatkichlarning me’yorida bo‘lishini taqazo qiladi. Oqilona kredit siyosati beriladigan kreditlarning sifatini oshiradi. Shuning uchun kredit siyosatining asosiy maqsadi boshqaruv jarayoni, fondlarning etarliligi, risklarni sifat darajasi bo‘yicha turkumlari, kredit portfelining balansi, majburiyatlarning tarkibiy qismlarini ajratish kabi elementlarini o‘zichiga olmog‘i lozim.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:
Bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog‘liq masalalar;
Bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati (eng ko‘p kredit summasi va turlari);
Bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami majburiyatlari;
Kredit arizalari bo‘yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
Kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro‘yxati (qarzdorning moliyaviy hisoboti, kredit shartnomasi, garov, kafolat haqida shartnoma va hokazolar);
Kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;
Kreditning ta’minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari;
Barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni;
Eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‘rsatish (ya’ni kredit summalari va bank yalpi aktivlarining eng Yuqori nisbati);
Bank xizmat ko‘rsatadigan mintaqa, kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori;
Muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari ko‘rsatiladi.
Qolgan hujjatlarda ta’qiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi (to‘lovga qodirligi o‘ubhali bo‘lgan yoki hujjatlar to‘liq ro‘yxatni taqdim etmagan) qarz oluvchilar va hokazolar).
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha darajalarda me’yorida amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to‘g‘ri qarorlar chiqarish, ortiqcha risklardan xolos bo‘lish, bank kreditlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Shu bilan birga bir vaqtda kredit siyosati siyosiy, iqtisodiy va xuquqiy shartlarni hisobga olgan holda ancha yumshoq bo‘lishi darkor.
Har qanday tijorat kredit siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo‘ladi: kredit qo‘yilmalari hajmining o‘sishini, risk yuqori bo‘lgan operatsiyalarning odilona diversifikatsiyasini, o‘rta va uzoq muddatli kredit qo‘yilmalar hajmini keskin ko‘paytrish va ularning samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shuningdek, kredit siyosati investitsion kreditlar salmog‘ini oshirish, ustun darajada iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, ishlab chiqarish korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lishi lozim.
Kredit siyosati bankning o‘ziga xos “kredit tili”ni yaratadi va u bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o‘zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qat’iy siyosat asosida berilgan bank umumiy kreditlash faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning samarali ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit siyosati qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari: foyda olishni ta’minlash, risklarni boshqarish bank faoliyati me’yorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi.
Kredit siyosatining mavjudligi, eng muhimi – barcha darajalarda ishlab chiqilgan siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, uning qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini ko‘paytiradi va faravonligini oshiradi.
Aniq bir tijorat bankining kredit siyosatida kredit portfelini boshqarishning asosiy yo‘nalishlari qilib quyidagilarni belgilab olinadi:
kredit risklari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash,ularni baholash va bartaraf etish;
qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy axvolini aniqlash kredit riskini bashorat qilish;
muammmoli ssudalarni oldindan aniqlash va ularni so‘ndirish choralarini ishlab chiqish;
kredit qo‘yilmalarini diversifikatsiya qilishni, ularning likvidliligini va daromadliligini ta’minlash;
kredit olgan mijoz bilan doimo aloqada bo‘lib turish;
kichik va o‘rta tadbirkorlikni, dehqon va fermer xo‘jaliklarni moliyaviy qo‘llab quvvatlashdan iborat.
Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari va bunday vositalar chiqarilishi mumkin bo‘lgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga nisbatan qo‘yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim.
Balansdan tashqari majburiyatlarni berishda moliyaviy hisobotlar (hujjatlar)ni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan boshqa turlarini berishda foydalaniladigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil bo‘lishi zarur. Tijorat akkreditivlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish, to‘lov va yuk ortish hujjatlari (yuk xatlari), sug‘urta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar qayd etilishi kerak.
Kredit siyosatida kreditlarni boshqarish bo‘yicha;
kreditni boshqarish tartibi va yo‘llari;
kredit shartnomalaridagi majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish;
muddati o‘tgan kreditlarni bartaraf etish va muddatini uzaytirish;
kreditlardan ko‘rilishi mumkin zararlarni qoplash masalalari aniq qayd etiladi.
Banklarning kredit siyosatida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarilishi qator omillar ta’sir qiladi, ularni ekzogen va endogen omillarga guruhlash mumkin.
Ekzogen omillarga:
mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi va raqobatdoshligi;
iqtisodiy siklni aylanish bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari (YAIMda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarning ulushi);
milliy valyutaning barqarorlik va inflyatsiya darajasi;
davlat budjeti taqchilligi va davlat tashqi qarzi;
kredit bozorining umumiy holati va boshqalar kiradi.
Endogen omillarga:
bank mutaxassislarining bilim va tajribasi;
bank mijozlari, omonatchialri, investorlari va hamkorlarining moliyaviy holati;
kredit shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, qoidalari va ustuvor yo‘nalishlari;
bankning o‘z mablag‘lari va jalb qilingan barqaror moliyaviy resurslari hajmi va boshqalar kiradi.



  1. Yüklə 58,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin