Mavzu: O`zbekistonda transport tarmoqlarining rivojlanishi Mundarija: Reja: I. Kirish I bob. O`zbekistonda avtomobil yo`l transportining rivojlanishi bosqichlari


II.Bob.O`zbekiston avtomobil transporti dunyo nigohida



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə4/5
tarix10.03.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#87278
1   2   3   4   5
O`zbekistonda transport tarmoqlarining rivojlanishi

II.Bob.O`zbekiston avtomobil transporti dunyo nigohida.
2.1. O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini rivojlanish bosqichlari va dunyo mamlakatlari aro ichki qatnov.
Mamlakatimiz avtomobil yo‘lchilari ham modernizatsiyalashtirishning iqtisodiy - ijtimoiy afzalliklarini hisobga olib, bu vazifani o‘zimizda amalga oshirishga kirishdilar.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, Kolomna zavodining dizel-generatorlari o‘rnatilgan teplovozlar yonilg‘i sarfini 15 foizga qisqartiradi, atrof-muhit ifloslanishi xavfini keskin kamaytirib ekologik xavfsiz mashinaga aylanadi. Yangi dizel-generatorlarning yana bir afzalligi shundaki, u texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash nuqtai nazaridan ham qulay: dizelni qayta ochib-yig‘ish va kapital ta’mirgacha uni oldingilarga qaraganda ikki karra ko‘p ishlatish mumkin. Bunday dizelga qilingan sarf-xarajat atigi 5-6 yil ichida qoplanadi.
Lokomotivni boshqarish ham osonlashgan. Kabina sahni ilgarigilariga nisbatan bo‘yiga 0,3 metrga kengaytirildi. Mashinistlar uchun Asaka avtomobillaridagiga o‘xshash yumshoq va qulay kursilar o‘rnatilgan. Universal konditsioner qishin-yozin kabinada mo‘tadil haroratni ushlab turadi. Texnikani boshqarish ham juda osonlashdi. Kompyuterlashtirilgan pultdagi datchiklar mashinaning qaysi bo‘limi qanday ishlayotganini uzluksiz ko‘rsatib turadi.
Jahonda iqtisodiy-moliyaviy inqiroz davom etayotgan bir paytda hamma davlat ham bunday jiddiy ishga qo‘l uravermaydi. Mamlakatimizdagi bar­qaror siyosiy-iqtisodiy vaziyat tufayli ana shunday yirik investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyati mavjudligini iqtisodchi-tahlilchilar e’tirof etishmoqda.
“O‘zavtomobilyo‘lmashta’mir” unitar korxonasida bunday salmoqli loyihalarni o‘zlashtirishda allaqachon yetarli tajriba va salohiyat qaror topgan. Eng yangi misol: korxonada shu yilning o‘zida Xamdo‘stlik mamlakatlari ichida birinchilar qatorida to‘rt seksiyali teplovozlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu texnikalar “Toshguzar – Boysun - Kumqo‘rg‘on” avtomobil yo‘l liniyasining eng baland tog‘li, harakatlanish qiyin bo‘lgan murakkab uchastkalarida yuqori unum bilan benuqson va to‘xtovsiz ishlatilmoqda. Korxona muhandis-texnik xodimlarining sa’y-harakatlari tufayli qisqa muddat ichida 7 ta shunday qudratli teplovoz ishlab chiqarildi.
Ta’mirlovchilar rejadagi lokomotivlarni ta’mirlash ishini to‘xtatmasdan, bir vaqtning o‘zida modernizatsiyalashni ham muddatida ado etishga ahd qilishgan.
Toshkent anjumani doirasidagi taqdimot marosimida namoyish etilgan mamlakatimiz avtomobil yo‘l korxonalarida ishlab chiqilgan yuk vagonlari bilan birga “Uzbekiston” nomli UZTE16M2 rusumdagi 001- raqamli teplovoz mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Yevropa Tiklanish va taraqqiyot bankining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Matyo Le Blan, «TransPromResurs» tijorat ishlari bo‘yicha direktori Shuhrat Mahmudov, MDX va Boltiqbo‘yi mamlakatlari avtomobil yo‘l transporti bo‘yicha kengashi direktori Petr Kucherenko, avtomobil yo‘l ma’muriyatlarining boshqa rahbarlari o‘zbekistonlik mutaxassislarning ishiga katta baho berdilar.
- Biz o‘zbekistonlik mutaxassislarning tajribasiga ishonardik va ular teplovozlarni nihoyatda yuqori did va yuksak sifat bilan maromiga yetkazib mehmonlarni hayratda qoldirdilar, - dedi «TransPromResurs» tijorat ishlari bo‘yicha direktori Sh. Mahmudov. - Endi biz bilamiz: zamonaviy dizel-generatorlar zamonaviy kasb egalari qo‘lida ajoyib sayqal topayapti. Tug‘ilib o‘sgan yurtimizdagi bunday misl­siz bunyodkorlik o‘zgarishlarga daxldorligimizdan behad baxtiyormiz.
“Bunday yutuqlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining avtomobil yo‘l transporti yaxlit tizimini, transport koridorlarini, respublikada og‘ir mashinasozlik asoslarini yaratish, 2009 – 2013 yilda tarmoqni modernizatsiyalashning kompleks dasturidagi boshqa masalalarni hal etishga ko‘rsatayotgan doimiy diqqat-e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli erishilayotganiga amin bo‘ldik”, dedi “Rossiya avtomobil yo‘llari” OAJ prezidenti Vladimir Yakunin jurnalistlar bilan suhbatda.
Darhaqiqat, bugun O‘zbekistonda yana bir soha - og‘ir mashinasozlik taraqqiy topmoqda. Naqadar katta va keng ko‘lamli tashkiliy, ilmiy-texnik va muhandislik yechimlarni talab etadigan bunday murakkab vazifaga qo‘l urish oson emas. Ayniqsa, inqiroz ko‘plarni gangitib qo‘yayotgan bir davrda bunday muammoni hal etish qanchalik og‘ir bo‘lsa, undan istiqbolda ko‘riladigan samara ham shunchalar lazzatli bo‘lishi, tabiiydir.
Prezidentimiz tabrigida qayd etilganidek: “Bu masalalarning muvaffaqiyatli hal etilishi, shubhasiz, avtomobil yo‘l tizimini yanada takomillashtirish, davlatlarimiz hayotida muhim o‘rin tutadigan mazkur sohada integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish imkonini beradi”.
... Porloq istiqbol qurish yo‘lidan shaxdam borayotgan mamlakatimiz hayotidagi ushbu yangilik ham hamyurtlarimiz ko‘ngillariga zavq bag‘ishlamoqda.
Katta yo‘lga chiqqan kishining yukini tortishga ulov kerak. O‘zbekistonni ana shu yo‘lovchiga qiyoslasak, avtomobil­yo‘l­ning yangi lokomotivlari nurli manzildagi uchqur tulporlardir.
«O‘zavtomobilyo‘lyo‘lovchi» OAJ infrastrukturasiga 24 ta katta vokzallar kiradi. 2000-2006 yillar davomida Namangan, Marg‘ilon, Nukus, Qarshi, Termez, Xovost, Urgench, Toshkent – markaziy, Toshkent – janubiy, Guliston vokzallari kapital remontdan chiqdi.
2005 yil oxirida Toshkent – markaziy vokzal binosi to‘la ta’mirdan chiqdi. 23 yanvar 2004 yil «O‘zbekiston avtomobil yo‘llari» DAK va «O‘zavtomobilyo‘lyo‘lovchi» OAJ kompaniyalari yo‘lovchilarni tashish qulayligini oshirish va ularni dunyo standartlariga olib chiqish maqsadida olti vagondan iborat yangi tezyurar xamma qulayliklarga ega passajir poyezdi yo‘nalishini tashkil kilishdi. «Registon» tezyurar elektropoyezdi Toshkentdan Samarqandga sizni juda tez muddatda 3 soatu 30 minutda (xatto avtomobil transportidan tezroq) Sizni manzilga yetkazadi. 
«Registon» tezyurar elektropoyezdi qulay kreslo, kupelari ortiqcha shovqindan xolidur. Xar bir kupe olti yumshoq kreslolardan iborat.
Yo‘lda yo‘lovchilarga qo‘shimcha servis xizmatlar ko‘rsatiladi: salqin ichimliklar, jurnal va gazetalar.
Undan tashqari, 1-klass vagonida yo‘lovchilar videofilmlar va musiqa kliplarini ko‘rishi mumkin, 2-klassda esa audio musiqa va FM radio eshitishi mumkin.
2006 yil sentabr oyida tezyurar «Shark» poyezdi zamonaviy (aerobus) tipidagi vagonlardan iborat ishga tushdi. Unda 1-klass vagonlarida ikki kishi uchun 1 televizor tug‘ri keladi va Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish uchun xamma qulayliklar mavjud. «Shark» tezyurar poyezdi 4 tip vagonlardan iborat: SV, 1 klass, 2 klass, ekonom. klass
2007 yil 25 dekbrdan boshlab yangi tezyurar "NASAF" poyezdi xaftasiga 5 marta 5 soatu 30 mintuda «Toshkent – Qarshi – Toshkent» yo‘nalishi bo‘icha yurishni boshladi. "Nasaf" poyezdi 6 ta vagondan iborat: 2 ta vagon 1 klass, 2 ta vagon 2 klass va 2 ta vagon ekonom klass. 
Bolalar uchun kanday chegirmalar bor?
Yo‘lovchi 5 yeshgacha bo‘lgan bitta farzandini aloxida joy ajratilmagan xolda o‘zi bilan poyezdda olib ketishi mumkin.Agar 2chi farzandi xam 5 yeshgacha bulsa, tarif narxidan 50% chegirma orkali joy ajratilgan xolda olib ketishi mumkin.5 yoshdan 10 yoshgacha bulgan bolalarga xam tarif narxidan 50% chegirma beriladi.
Kayerda avtomobil yul chiptalarini sotib olish mumkin?
Avtomobil yul chiptalarini avtomobil yul kassalarida yeki vokzalda sotib olish mumkin, faqat avtomobilyo‘lchi nishoni yoki belgisi bor (navbatchi,kassir, agentlarga) vokzal ishchilariga murojat qiling. Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel.005
Qanday xujjatlar kerak avtomobil yo‘l chiptasini xarid qilish uchun?
Avtomobil yo‘l chiptasini xarid qilish uchun shaxsni aniqlovchi xujjat kerak (pasport, harbiy guvohnoma va b.),16 yoshga yetmagan bolalar uchun tug‘ilganlik xaqida guvohnoma zarur, agar ota-onasining pasportida foto surati bo‘lgan xolatda.
Avtomobil yo‘l chiptasini xarid qilish uchun qanday chegirmalar mavjud?
Bir yilda bir marta ikki taraflama bepul chipta olish xuquqiga egalar:
a) Sovet Ittifoqi qahramonlari va uch toifada Shon-shuxrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar;
b) 1 va 2 gruppadagi urush nogironlari, shu shaxslarga tenglashtirilgan yarador bo‘lgan ishchilar, xarbiylar va xizmatchilar;
v) Chernobil avariyasini yo‘qotish natijasida nogiron bo‘lganlar (O‘zbekiston Respublikasi xududida);


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin