Mavzu: O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo’llari


O’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI YUKSALMOQDA



Yüklə 64,11 Kb.
səhifə6/8
tarix27.12.2023
ölçüsü64,11 Kb.
#198697
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalan-fayllar.org (1)

O’ZBEKISTONNING IQTISODIY SALOHIYATI YUKSALMOQDA

Mamlakatimiz iqtisodiyoti, xorijiy investorlarga berilgan imtiyozlar dunyoning rivojlangan davlatlari e'tiborini tortmoqda. Xususan, O'zbekistonning Amerika Qo'shma Shtatlari bilan ko'plab sohalarda hamkorligi izchil rivojlanmoqda.


O'zbekiston bilan AQSh o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Mamlakatimizda AQSh investorlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma korxonalar faoliyat yuritmoqda, avtomobilsozlik, neft-kimyo, to'qimachilik, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish sohalariga ixtisoslashgan AQSh firma va kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan.
Bunday ishonchli hamkorlardan biri "General Electric" kompaniyasi. Ushbu kompaniya vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida o'z fikrini bildirdi, "Jeneral elektrik" kompaniyasining O'zbekiston bilan hamkorlikdagi loyihalari haqida so'zladi»:
- O'zbekiston jadal rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatimizda kelgusi besh yil davomida qabul qilingan harakatlar strategiyasida iqtisodiyot samaradorligini oshirish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va liberallashtirish bilan birga, xorijiy sarmoyadorlar bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish ko'zda tutilayotgani xorijiy hamkorlardan mamnun.
"Jeneral elektrik" kompaniyasi bundan o'n yil muqaddam O'zbekiston bozorida o'z faoliyatini boshladi. O'zbekistonlik sheriklar bilan fuqaro aviatsiyasi, neft va gaz, elektr energetikasi, sog'liqni saqlash, transport va boshqa yo'nalishlarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.
"O'zbekneftgaz" kompaniyasi bilan birgalikda energetika sohasini modernizatsiyalashda ishtirok etib, soha mutaxassislarining xorijda malakasini oshirishni taklif etildi.
Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mahsulotlarni mahalliylashtirish talab etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat chog'ida bu masalaga e'tibor qaratildi.
O'zaro manfaatli hamkorlikning o'sish sur'atlaridan mamnun. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo'shma loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo'yicha memorandum imzolandi. Mazkur hujjatga muvofiq O'zbekiston Respublikasi va "General Electric" kompaniyasi hamkorligida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi.



  1. Yüklə 64,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin