10- rasm. 12 V kuchlanishda ishlovchi lampalar, akkumulyator va ulardan tuzilgan tarmoqlangan elektr zanjiri.
10 - rasmda berilgan zanjirda har bir lampa (R1 , R2 , R3 , R4 qarshiliklar) bir xil 12 V kuchlanish ostida buladi. Ushbu zanjir orqali elektr zanjirining asosiy tushunchalari bilan tanishamiz.
Tugun. Elektr zanjirida uch va undan ortiq elementlarni birlashtiruvchi nuqta tugun deb ataladi, 10-rasmda A, B, C, D, E, I tugunlar kо‘rsatilgan. Tugunlar zanjirda albatta katta nuqta sifatida ajratilishi shart, aks holda bunday nuqta simlarni kesishmasi (ulanmagan) deb qaraladi. 10- a rasmda keltirilgan sxemada A, V, S tugunlar bitta tugun , D, E, I tugunlar bitta tugun hisoblanadi. Odatda sxemada simmetrik kо‘rinishni ta’minlash va chizishga qulay bо‘lishi uchun shunday tasvirlanadi. Aslida ular bitta tugun hisoblanadi, 10 b rasmga qarang. Shunday qilib ushbu sxemada ikkita tugun mavjud. Tugunlar uchun Kirxgofning birinchi qonuni о‘rinlidir. YA’ni tugunga kelayotgan toklar tugundan chiqayotgan toklarga teng
I0 = I1 + I2 + I3 + I4 , yoki tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng
I0 + I1 + I2 + I3 + I4 = 0. Tarmoq. Elektr zanjiridatugunlar oralig‘i tarmoq deb ataladi. Masalan 10-rasmda A tugundan R1 qarshilik orqali D tugungacha bitta tarmoq; A tugundan K kalit va E manba orqali D tugungacha ikkinchi tarmoq, va hokazo. 10 - a, b rasmlardan kо‘rinib turibdiki zanjirda 5 ta tarmoq mavjud. Shuningdek qarmoq qarshiligi, tarmoq toki, tarmoq uchlaridagi kuchlanish tushunchalari mavjud. Tarmoq qarshiligi deb shu tarmoqda ketma-ket ulanib turgan iste’molchilarning umumiy qarshiligiga aytiladi va bu qarshilik ketma-ket ulangan iste’molchilar qarshiliklari yig‘indisiga tkeng. Tarmoq toki Om qonuniga muvofiq tarmoq uchlaridagi kuchlanishni tarmoqning umumiy qarshiligiga nisbatiga teng.