6-rasm. О‘zgarmas tok elektr manbalarini ketma-ket va paralel ulash.
Amalda manbalarni ketma-ket ulab kerakli kuchlanishni hosil qilish juda keng ishlatiladi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan doimiy tok manbalari kо‘proy 1,5 V kuchlanishli bо‘lib 3 V, 9V, 12V va hokazo kuchlanishda ishlovchi qurilmalarni ishlatish uchun batareyalar ketma-ket ulanadi. Masalan, masofadan boshqaruvchi pultlarda 2 ta 1,5 V kuchlanishli batareya ketma-ket ulanib 3 V kuchlanish hosil qilinadi, quyosh batareyalarida bir nechta elementlar ketma-ket ulanib 12 V kuchlanish hosil qilinadi va hokazo.
Manbalarni paralel ulash hollari amalda kamroq ishlatiladi, chunki manbalarni paralel ulab ishlatganda kuchlanish doimiy qolib tok kuchi oshiriladi, bu qurilmani uzoqroq vaqt ishlashini taminlaydi xolos. Amalda batareyalarni paralel ulab ish vaqtini oshirgandan kо‘ra manbalarni tez- tez almashtirib (akkumulyator bо‘lsa, zaryadlab) turish iqtisodiy va texnik jihatdan samaraliroqdir.
3. Elektr zanjiridagi asosiy tushuncha va iboralar
Elektr zanjirlarida elementlar yuqorida keltirilgan shartli belgilar asosida tasvirlanadi. Bunday shartli belgilardan foydalanish elektr zanjirlarini hisoblash, elektr zanjirining asosiy parametrlarini aniqlash va ular asosida kerakli amaliy sxemalarni yaratish imkonini beradi.
Masalan, 12 V kuchlanishli akkumulyatordan foydalanib har birining ishchi kuchlanishi 2 V bо‘lgan svetodiodlarni yoqish uchun bizga 6 ta shunday svetodiod (7 - rasm) kerak bо‘ladi.
7 - rasm. Svetodiodlar va akkumulyator.
Svetodiodlarni о‘zaro ketma-ket birlashtirib, umumiy zanjir uchlarini akkumulyatorga kalit orqali ulab elektr zanjiri hosil qilamiz. Har bir svetodioddagi kuchlanish 2 V dan bо‘lib, umumiy kuchlanish 12 V bо‘ladi.
—
+
Dostları ilə paylaş: |