Mavzu: O’zgarmas elektr tkining kimyoviy manbalari, manbaning elektr yurituvchi kuchi. Elektr zanjirining ish rejimlari


В кучланишли, сиғими 53 А• соат бўлган автомобил аккумулятори



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə2/7
tarix26.10.2022
ölçüsü1,66 Mb.
#66352
1   2   3   4   5   6   7
2-Ma’ruza mavzu elektr zanjirlari

12 В кучланишли, сиғими 53 А• соат бўлган автомобил аккумулятори.
Ушбу аккумулятор
P = IU = 12 В• 53А = 636 Вт қувват билан бир соат давомида ишлаши мумкин.
Демак ушбу аккумуляторда йиғилган электр энергияси
Е = 636 Вт • 1 соат = 2289600 Ж га тенг



1- rasm. Akkumulyator-о‘zgarmas elektr tokining kimyoviy manbasi


Shunday qilib, ushbu akkumulyatorda taxminan 2,29 MJ miqdordagi energiya elektr zaryadlari kо‘rinishida yig‘ilgan.


Akkumulyatorlarning bunday turlari elektr tokining kimyoviy manbalari deb ataladi. Chunki akkumulyatorlarda kimyoviy energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Kimyoviy elementlar sifatida turli xil kislotalar aralashmasidan iborat elektrolitlar ishlatiladi.



Katta quvvatli akumulyatorlar Kam quvvatli akumulyator va batareyalar


2- rasm. О‘zgarmas elektr tokining kimyoviy manbalari-akkumulyatorlarni
ishlab chiqarish bugungi kunda keng yо‘lga qо‘yilgan.

Kam quvvatli elektr qurilmalarini tok bilan ta’minlashda eng keng tarqalgan tok manbalaridan biri “barmoq” turidagi akkumulyator va batareyalardir. Bularning ham ma’lum elektr sig‘imi mavjud bо‘lib ishchi kuchlanishi asoosan 1,5 V bо‘ladi. Xalqaro standartlarda uch xil о‘lchamli bunday elementlar ishlab chiqariladi va ular A, AA, AAA turlar deb nomlangan. 3-rasmda AA turdagi element keltirilgan. Bu elementlarda kimyoviy aktiv elementlar quruq kukun sifatida qо‘llanilgan bо‘ladi. A turdagi element AA elementdan kattaroq, AAA esa kichikroq bо‘ladi.







3- rasm. AA turdagi 1,2 V kuchlanishli elektr sig‘imi
1300 mA • soat bо‘lgan element.

Ushbu elementning ham elektr energiyasini yuqoridagidek hisoblash mumkin


P = I • U = 1,2 V • 1300 mA = 1,56 W.
Shu quvvat bilan bir soat davomida
E = 1,56 W • 3600 s = 5616 J = 5,6 kJ
energiya berishi mumkin. Barmoq turidagi elementlar akkumulyator va batareya kо‘rinishlarida ishlab chiqariladi.
Agar kimyoviy elementda elektr sig‘imi A • soat, yoki mA • soat (odatda xalqaro talablar asosida Ah yoki mA h deb yoziladi ) kо‘rsatilgan bо‘lsa bu akkumulyator bо‘ladi. Akkumulyatorlar qayta zaryadlash xususiyatiga ega va odatda zaryad – razryad sikli 500 dan bir necha minggacha boradi. Bu tushuncha faqat kam quvvatli kukunsimon kimyoviy elementli akkumulyatorlarga tegishli. Elektrolitli akkumulyatorlarning zaryadlash sikllari juda kо‘p bо‘lishi mumkin. Bunday akkumulyatorlar odatda ish jarayonida uzluksiz ravishda zaryadlanib-razryadlanib turadi. Masalan aWomobillarning akkumulyatorlari shunday rejimda ishlaydi. Akkumlyatorlarning asosiy kamchiliklaridan biri ularning zaryadlash vaqtining uzoqligidir. Agar bu vaqtni kamaytirilsa akkumulyatorlarning ishlash muddati keskin kamayada. Katta tokda qisqa vaqt davomida zaryadlanuvchi akkumulyatorlar Li-ion (litiy ionli) akkumlyatorlardir. Bu akkumulyatorlar mobil telefonlarda, fotoapparat va kameralarda keng ishlatiladi.
Yuqorida takidlanganidek, tok manbalarini xarakterlovchi asosiy parametrlar deganda asosan manba qisqichlaridagi kuchlanish nazarda tutiladi. Demak, о‘zgarmas tokda manba qisqichlaridagi kuchlanish vaqt davomida о‘zgarmas bо‘ladi. Masalan 12 V kuchlanishli akumulyator qichqichlaridagi kuchlanish doimo о‘zgarmas bо‘lib, uning grafigi tо‘g‘ri chiziqdan iborat bо‘ladi (bunda, uzoq vaqt ishlatilish davomida akumulyatorning kuchlanishi asta-sekin pasayib borishi hisobga olinmaydi, ya’ni kо‘rilayotgan qisqa vaqt davomida kuchlanishning kamayishi sezilmaydi).
U

12 V



t



Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin