О‘zgarmas tokning ta’rifi 4-rasm bilan tо‘la tushuntirilishi mumkin. Grafikdan kо‘rinadiki manba qisqichlaridagi kuchlanish vaqt davomida о‘zgarmas, demak kuchlanishning son qiymati va yо‘nalishi vaqt davomida о‘zgarmaydi. Ya’ni о‘tkazgichning kо‘ndalang kesim yuzasidan doimo bir xil miqdordagi elektronlar о‘tib turadi. Shuning uchun ham bunday tok о‘zgarmas tok deb ataladi.
Tokning musbat yо‘nalishi deb bu elektronlarning harakatiga teskari yо‘nalish qabul qilingan.
2. Elektr zanjiri elementlari Elektr zanjirlarini о‘rganishda elementlarning zanjirlardagi shartli belgilaridan foydalanib elektr sxemalari chiziladi. Bunday shartli belgilardan foydalanish qulay , har qanday murakkablikdagi sxemani ham osonlikcha chizish mumkin.
5- rasm. Elektr zanjiri elementlarining shartli belgilari.
Elektr energiyasidan foydalanish elektr toki yordamida biror qurilmani ishlatishdan iborat, bunda tok manbai va ishlatilayotggan qurilma asosiy elementlar hisoblanadi. Lekin shu qurilmani ishlatish uchun albatta qо‘shimcha vositalar (masalan simlar, ulagichlar va hokazo) zarur bо‘ladi. Bu qо‘shimcha vositalar zanjirning yordamchi elementlari deb ataladi. Demak, elektr zanjirida elementlarni asosiy va yordamchi turlarga bо‘lish mumkin (5-rasm):
Elektr zanjirlarida manba va iste’molchilar bir nechta bо‘lishi mumkin, bu hollarda tok manbalarini va iste’molchilarni о‘zaro ketma –ket yoki parallel ulanish turlari qо‘llaniladi. Iste’molchilarni о‘zaro ketma-ket yoki parallel ulash bu iste’molchilardagi kuchlanishni taqsimlashni, yoki uni bir xil bо‘lishini ta’minlaydi. Iste’molchilarni ketma-ket va paralel ulash, umumiy (ekvivalent) qarshilikni topish, zanjir elementlaridagi tok va kuchlanishlarning taqsimoti fizika va elektrotexnika adabiyotlarida yetarlicha keltirilgan. Faqatgina shuni qо‘shimcha qilish mumkinki, zanjirda yetarli kuchlanish hosil qilish uchun tok manbalarini ketma - ket ulanadi, bunda manbalarning elektr yurituvchi kuchlari E (EYuK.) qо‘shiladi, tok kuchini oshirish uchun esa E.Yu.K. bir xil manbalarni parallel ulanadi (6-rasm).