ustoz muallim. O’qituvchining jamiyatidagi o’rni
nihoyatda muhim. Shuning uchun ham o’qituvchi o’z bilimlarini bolalarga o’rgatish
uchun tayyorlanishi, o’qimishli kishi bo’lishining o’zigina kifoya qilmaydi. U avvalo
DOLZARB MUAMMOLI SAVOL
Insoniyat tinimsiz rivojlanib bormoqda. Ana shu rivojlanishga hamohang bo’lish,
taraqqiy etgan davlatlardan ortda qolib ketmaslik bugungi kunning dolzarb masalasidir. Yangi
texnika va texnologiyalarni kimlar boshqaradi?
Ana shu boshqaradiganlarni kimlar tarbiyalaydi. Kim bilim va ko’nikma beradi?
KUTILADIGAN JAVOB
bolalarni sevishi, o’zini bolalarning otasidek his qilishi hamda ularning tarbiyasi va
o’sishga oid bo’lgan narsalarning hammasini o’zining vazifasi deb bilish kerak.
Chunki bola o’z tabiati bilan faol kuchga ega. O’quvchilarga bu kuchlarni mashq
qildirish uchun zarur bo’lgan materialni berish o’qituvchining vazifasidir.
O’qituvchi rahbarlik rolini o’ynagandagina bolalarda tashabbuskorliklarni
o’stirishi va ularni bilimlar bilan qurollantirishi mumkin. o’quvchilarni o’qitish
jarayonida puxta ishlangan o’quv rejasi va yaxshi darslik ta’lim maxmunini
takomillashtirishning asosini tashkil etadi.
Darhaqiqat, ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi darslik, o’qitish metodlari
o’qituvchiga bog’liq. Yaxshi o’qituvchi o’z fanini mukammal egallab olgan bo’lishi,
kasbini va bolalarni sevishi kerak.
O’qituvchi tarbiya ishida bolalar murabbiysidir. O’qituvchi ishi boshqa
ishlarga qaraganda ko’proq doimo hayratlanish va zavqlanishni talab qiladi.
Tashqaridan qaraganda o’qituvchining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining
yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi lozim. O’qituvchilarga doimo zo’r hurmat va
g’amxo’rlik bilan qarashga hamisha e’tibor berish zarur. Chunki o’qituvchi biror
fandan dars beribgina qolmay, balki tarbiyachi hamdir. U o’z ksbini sevishi, tarbiya
ishiga zo’r ma’suliyat bilan qarashli, ma’lumotli bo’lib pedagogika bilan
psixologiyani bilish, pedagogik mahoratga, pedagogik odobiga ega bo’lishi lozim.
1. Yo’naltiruvchi savol:
Ta’lim tarbiya beruvchichlarni qanday
nom bilan ataymiz
Ustoz
Pedagog
Muallim
O’qituvchi
Murabbiy
Tarbiyachi
Domla
Otin oyi
Pir
Ta’lim tarbiya oluvchilarni qanday nom
bilan ataymiz
Shogird
O’quvchi
Talaba
Tarbiyalanuvchi
Saboq oluvchi
Tinglovchi
Murid
Bugungi kunda O’zbekiston taraqqiyotining poydevori bo’lgan barkamol
avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan voyaga etkazish davlat siyosatining ustuvor
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim turlari, ayniqsa oliy ta’lim o’quv
muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu maskanda ta’lim olayotgan
har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo’libgina
qolmay, jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol
ishtiroq etadi. O’zining bilimi, ma’naviyati, madaniyati bilan O’zbekiston
taraqqiyotining bosh yo’li bo’lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi.
Albatta, bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta’lim o’quv yurtlarida
o’qitiladigan «Pedagogik mahorat» fanining ahamiyati kattadir. Chunki «Pedagogik
mahorat» talaba shaxsini ma’naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g’oyasiga
sodoqat ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlantirishda muhim o’rin
tutadi.
Yoshlarni o’qitish va tarbiyalash kabi murakkab masalalarni muvaffaqiyatli
hal qilish ko’p jihatdan o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasbiy mahorati,
bilimdonligi, madaniyatiga bog’liqdir. Zamonaviy pedagog o’quvchiga ta’sir etish,
uning istallari, e’tiqodini, qiziqishi va imkoniyatlarini shakllantira bilishi kerak.
Zamonaviy maktablarga pedagog-ustalar, yuksak malakali o’qituvchilar va
tarbiyachilar kerak.
Pedagogik bilim va mahorat ega bo’lgan o’qituvchi avval, pedagogika
fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishini qonuniyatlarini va omillarini,
ta’lim to’g’risidagi qonunning mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi zarur.
Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi,
insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi,
ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib,
o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy
mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U
o‘z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega
bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini
izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy
faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Mаhоrаt fаоliyatdа nаmоyon bo’lаdi. Pеdаgоgikа fаnidа “pеdаgоgik
mаhоrаt” tushunchаsining turli tа’riflаri mаvjud:
-
pеdаgоgik mаhоrаt pеdаgоgik fаоliyatning yuqоri dаrаjаsi bo’lib, u
pеdаgоgning bеlgilаngаn vаqt ichidа оptimаl nаtijаlаrgа erishа оlishidа nаmоyon
bo’lаdi. (N.V.Kuzminа., N.V.Kuхаrеv);
-
“o’qituvchining ilmiy bilimlаri, ko’nikmаlаri, mеtоdik sаn’аti vа shахsiy
fаzilаtlаri sintеzi” (А.I.Shеrbаkоv);
-
“pеdаgоgik fаоliyatni egаllаngаnlikning yuqоri dаrаjаsi, iхtisоslikkа dоir
bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаr hаmdа kаsbiy аhаmiyatli sifаtlаr mаjmui” (Pеdаgоgik
lug’аt);
-
“kаsbiy fаоliyatning yuqоri dаrаjаdа tаshkillаnishini tа’minlоvchi shахs
хususiyatlаri kоmplеksi (o’qituvchi fаоliyatining gumаnistik yo’nаltirilgаni, kаsbiy
bilimlаri, kаsbiy qоbiliyatlаri vа pеdаgоgik tехnikаsi” (I.А.Zyazyun);
-
“pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik–psixologik
bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga
qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–estetik
munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr-mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”
(I.P. Rachenko).
-
pеdаgоgik mаhоrаt – pеdаgоgik jаrаyonni bilish, uni tаshkil etа оlish,
hаrаkаtgа kеltirа оlish, pеdаgоgik jаrаyonning yuqоri sаmаrаdоrligini bеlgilоvchi
shахsning ish sifаti vа хususiyatlаri sintеzi (N.N.Аzizхo’jаеvа);
-
“pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi,
insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi,
ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib,
o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy
mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir”
(A.Xoliqov);
Yuqоridаgi fikrlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа, “pеdаgоgik mаhоrаt”
tushunchаsigа quyidаgi tаrzdа umumlаshgаn tа’rifni bеrish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |