Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

PEDAGOGIK QOBILIYAT TURLARI: 
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, 
bizningcha, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya 
qilish mumkin. 
 
1. Didaktik qobiliyat – bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni o‘quvchilarga 
tushuntira olishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli 
qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib 
berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota olishi ko‘zda 
tutiladi. O‘qituvchi zarurat tug`ilgan holatlarda o‘quv materialini o‘zgartira, 
soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, 
noaniq narsani tushunarli qila oladi. 
2. Akademik qobiliyat – barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega 
bo‘lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z fanini o‘quv kursi 
hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi 
yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari 
bilan ko‘p narsalarni o‘rganib boradi. 


3. Pertseptiv qobiliyat – qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish 
fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, 
o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish 
bilan bog`liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o‘qituvchi kichkinagina 
alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida o‘quvchi ruhiyatidagi ko‘z 
ilg`amas o‘zgarishlarni ham fahmlab oladi. 
4. Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, 
chastotaga ega bo‘lgan nutq, shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning 
pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining nutqi darsda 
hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni 
tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan, ma’qullayotgan yoki 
qoralayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha o‘zining ichki kuchi, ishonchi, o‘zi 
gapirayotgan narsaga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o‘quvchi 
uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi. 
5. Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni 
boshqarish iste’dodi. Tashkilotchilik o‘quvchilarni xilma-xil faoliyat turiga jalb qilish 
uchun asos hisoblanadi. Bu qobiliyat, birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, 
jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish bo‘lsa, ikkinchidan, o‘z 
shaxsiy ishini to‘g`ri uyushtirish qobiliyatidir. 
6. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, 
aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Fanda bu 
qobiliyat turi – avtoritar qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro‘ga ega bo‘lish o‘qituvchi 
shaxsiy sifatlarining butun bir kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga 
(dadilligi, chidamliligi, qat’iyligi, talabchanligi va hokazo), shuningdek, o‘quvchilarga
ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, bu ishonchni o‘quvchilarga 
ham yetkaza olishiga bog`liq bo‘ladi. 
7. Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga 
aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g`ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan 
pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik 
nazokatning mavjudligi. 
8. Psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar – insonning kelajagini 
oqilona tasavvur qilishdan iborat bashorati. Bu o‘z harakatlarining oqibatlarini 
oldindan ko‘rishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur 
bilan bog`liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday 
fazilatlarining taraqqiyot etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan 
maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, 
odamga ishonish bilan bog`liq bo‘ladi. 


9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida 
o‘z munosabatini bildirish. O‘quvchi, o‘qituvchi uchun diqqatning barcha 
xususiyatlari - hajmi, uning kuchi, ko‘chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga 
solinishining taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, 
o‘z fikrini (yoki o‘quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha 
o‘quvchilarni o‘z diqqat-e’tiborida tutadi, toliqish, e’tiborsizlik, tushunmaslik 
alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini 
e’tibordan qochirmaydi, nihoyat o‘z shaxsiy xatti-harakatlarini (mimikasi, 
pantomimikasi, yurish-turishini) ham kuzatib boradi. 
10. Konstruktiv qobiliyat - o‘quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini 
oldindan aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o‘quvchi shaxsining rivojini loyihalashga, 
o‘quv-tarbiya mazmunini, shuningdek, o‘quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab 
olishga imkon beradi. 
11. Gnostik qobiliyat – tadqiqotga layoqatlilik bo‘lib, o‘z faoliyatini, bu 
faoliyat jarayonini va uning natijalarini tekshirish hamda o‘rganish natijalariga 
muvofiq faoliyatni qayta qurish qobiliyatidir. 
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o‘rganish qobiliyatlar shaxsning aql-
idroki, his-tuyg`usi va iroda sifatlarining namoyon bo‘lishidan iborat ekanligini 
ko‘rsatdi. Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod 
qilish, loyihalash qobiliyatlari bilan bog`langan. Ular o‘qituvchi faoliyatining 
samaradorligini oshiradi. Bunday o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilarini (talabalarni) ana 
shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta’lim va tarbiya berishda katta
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin