Albatta bunda pedagog talabchan, yaxshi mehribon, sabrli, bosiq va o‘z
kasbiga nisbatan e’tikodli bo‘lishi lozim. Talabani butun qalbi bilan sevadigan
pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq kovok soladi. Talabalarga bilim berish
bilan birgalikda ayni vaktda ularga o‘z xarakterini o‘tkaza oladi, ularga odamiylik
namunasi bo‘lib ko‘rinadi.
Pedagogning kasbga oid mahoratini shakllantirishda pedagogik-psixologik
nazariyalarning ahamiyati kattadir, chunki ma’naviyatimizning shakllanishida o‘z-
o‘ziga ega bo‘lgan ulug‘ insonlar faoliyati to‘g‘risida, ularga qo‘yilayotgan talablar
xakida zamonaviy pedagogik texnologiyalar to‘g‘risida nazariyalar pedagogik
mahoratni shakllantirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik
tajribalarni takomillashtirishda ilmiy pedagogik ma’lumotlardan foydalanish muxim
axamiyatga ega. CHunki, hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti pedagogning
ijodkor bo‘lishini fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan
yutuqlarini talabalarga etkaza olishi va nihoyat talabalarni xam ijobiy fikrlash,
tadqiqotchilik ishlarini o‘rgata olishini talab qiladi. SHuning uchun pedagog avvalo
tadqiqotchilik ishlarini olib borishi va bu soxadagi malakalarni egallashi zarur.
Pedagog ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi davomida, tajribalarni tuplaydi, taxlil
qiladi, ular asosida xulosalar chikaradi. U shu xulosalardan o‘zining amaliy
"faoliyatida foydalanish jarayonida xozirgi zamon pedagog uchun zarur bulgan juda
muxim bilimlarni egallandi.
Pedagogik maxoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik izlanishning
axamiyati kattadir. Pedagog ishidagi muvaffakiyatni kunlik faoliyatida kattalar va
talabalar, ayrim gurux va yakka shaxslar bilan alokaga kirisha olish qobiliyatini
ta’minlaydi
Aloqalar faoliyatda duch keladigan turli xil voqealarga pedagogik koidalar
nuqtai nazaridan emas, balki sharoitni hisobga olgan holda ijobiy hal etish talab
etiladi.
Keng ilmiy saviyaga ega bo‘lish, intelektual qiziqish, yangilikni his qila bilish,
pedagogik mahoratni oshirishga intilish pedagogga xos xususiyatlardan
hisoblanadi. Ta’lim sifati davlat
ta’lim standartlariga muvoffik bo‘lishi uchun amaliy va nazariy mashg‘ulotlar
o‘tkaziladi. Bu soxada ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
SHaxsiy izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish
pedagogning pedagogik mahoratini takomillashtirishning muhim omili
bo‘lib hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekiston davlatining kasb-xunar ta’limi
kollejlarida ishlaydigan pedagog vatanparvarlik burchini turli anglagan
xolda ixtisosga doir bilimlarni chuqur bilishlari lozimdir.
SHuningdek nazariy, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni,
dunyoviy, diniy ilmlardan xam xabardor ma’naviy barkamol bo‘lmog‘i lozim.
Xalqimizning kelajagi mustaqil O‘zbekistonnig istiqboli ko‘p jihatdan
pedagogga, uning saviyasiga, yosh avlodni ukitish va tarbiyalash ishiga bulgan
munosabatiga bog‘liq.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni baholash mezonlari to‘g‘risida fikr yuritilganda,
avvalo tadqiqotning zamonaviyligi, dolzarbligi, undan ko‘zlangan maqsad
xamda natijalar nazarida tutiladi.
Pedagog shaxsining kasb soxasidagi xususiyatlari bu- talabalarni sevish,
ular bilan ishlashga qiziqish, o‘z kasbiga muxabbatli bo‘lish, pedagogik nazokat,
pedagogik tasavvur, tashkilotchilik kobiliyati, xakkoniylik, dilkashlik, talabchanlik,
kat’iylik va maqsadga intilish, vazminlik, o‘zini tuta bilish, kasbiy layoqatlik va
boshqalar.
Samarali pedagogik ta’sir ko‘rsatishni to‘g‘ri tashqil etish talabalar . bilan
muomila qilishda, samimiy munosabatda bo‘lishga yordam beradi.
Amaliy pedagogik faoliyatda ilmiy g‘oyalar va pedagogik tarbiyani qo‘llash,
pedagog mehnatiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Lekin bu mehnat natijalari darhol
ko‘rinmaydi. Uning mahsulini ko‘rish uchun yillab mexnat qilish kerak. Pedagog
faoliyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu faoliyat o‘zining sifat ko‘rsatkichlari
buiicha xam turlicha buladi. Xaqiqiy fidoiy pedagoglar o‘z faoliyatida eng yaxshi
natijalarga erishadilar. Tajribali novator pedagoglar talabalarga samarali ta’lim
tarbiya berish bilan bir katorda pedagogika fanidan yangi yo‘l xam
ochmokdalar.Pedagogik mehnatni amalga oshirish jarayonida quyidagi
xususiyatlarni o‘z faoliyatida amalga oshirishlari zarur.
1. Pedagogning siyosiy qarashlari va e’tiqodining aniqligi xamda barqarorligi,
talabalar oldida chinakam obru e’tibor kozonishi.
2. Mamlakatning butun ijtimoiy xayotida faol ishtirok etish va egallagan
tajribalarni kollejga olib kirish, bu faoliyatga o‘z talabalarini jalb qilish ularni ijtimoiy,
xayotda faol ishtirok etishini ta’minlash.
3. Xar bir talaba shaxsiga katta qiziqish bilan qarash va barcha jamoa ishlarini
tashkil etish.
4. Pedagoglar o‘z ishlariga bugungi kun talabi bilan emas, balki kelajakni
o‘ylab ish yuritish.
5. Talabalarga bo‘lgan munosabatlari, ularning taqdiri haqida gamxurlik
qilish, o‘z tarbiyalanuvchilarining kelajagi bilan qiziqish.
6. Talaba shaxsiga xar tomonlama ta’sir ko‘rsatish.
7. Ilg‘or pedagogik tajribani xamda ta’lim va tarbiyaning nazariyasini chuqur
o‘rganish, hamma yangiliklarni tushunib olish, ularni o‘z tajribalari bilan solishtirib
ko‘rish, ba’zilarini ''o‘z ishida tadbiq qilish.
Pedagogning ijodkorligi talabaning ijodkorligini uyg‘otadi. Ular o‘z
talabalarini vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash bilan birga ularning qalbida olijanob
fazilatlarni qaror toptiradilar.
Komil inson tarbiyasida etakchi davlatlarning tajribasi bilan tanishamiz:
AQSH da fuqaro tarbiyasi qanday yo‘lga qo‘yilgan?
➢
AQSH fuqarolari Konstitutsiyani va demokratik tamoyillarni muqaddas deb
biladi va bu tuyg‘uni yoshlar ongiga singdirish uchun tinimsiz qayg‘uradi.
➢
Erkin yashash, mustaqillikni qadrlash tuyg‘usini shakllantiradi.
➢
AQSH da fan texnologiyaning o‘zib ketishi sababi ularda erkin va ijodiy fikr
qadrlanadi, bag‘rikenglik qaror topgan.
➢
Amerikada fuqaroni tarbiyalashda – “insonni noyob iste’dod egasi” deb
biladi.
➢
Har bir shaxsga xazrati inson sifatida murojaat qiladi, insonning salohiyatini
yuzaga chiqaradi.
➢
AQSH fuqarolari adolatni o‘ziga xos tushunadi.
➢
SHaxs nimaga erishsa, o‘z aqli va ite’dodi bilan erishadi, o‘z kuchiga ishonadi,
kelajakka ishonch uyg‘otadi.
➢
Demokratiya va erkinlik Amerika mafkurasining poydevorini tashqil etadi.
➢
O‘z kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik, mustaqil fikrlash kabi xislatlar
amerikaliklarning qon–qoniga singib ketgan, xalq birdamligi mavjud.
Yaponiya fuqarolarini tarbilashda – “ahloqiy tarbiya” tizimi asosida amalga
oshadi,
“xarakter”ni
shakllantirishga
yo‘naltirilgan,
“ahloqiy
sifatlar”ni
tarbiyalashga qaratilgan faoliyat, “fuqarolik ahloqi” asoslarini tarbiyalash.
“Ahloqiy tarbiya” tizimi mamlakat iqtisodiy ravnaqining g‘oyaviy asosini
tashqil etadi.
Yaponiyaning milliy xarakteridagi xususiyatlari – mehnatsevarlik, intizomlilik,
jamoaviylik.
Maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga e’tibor. Mehnat yapon kishisi
uchun ahloqiy qadriyat sanaladi.
Yapon kishisiga quyidagi g‘oyalar singdiriladi:
➢ “faqat tirishqoqlik va mehnat bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin”, “o‘z ustingda
tinimsiz ishla, shunda birovdan kam bo‘lmaysan”, “bor imkoniyatlaringni ishga
sol!”.
➢ Tirishqoqlik, hafsala, qunt va g‘ayrat maqsadli qaror topadi.
➢ Ahloqiy tarbiya, intizom, mehnat intizomini buzilishi – salbiy illat, vatanga xiyonat
deb qabul qilinadi.
➢ Har bir fuqaro jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi qudratli kuchidir.
Dostları ilə paylaş: |