O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning mohiyati
Pеdаgоgik mеhnаt – mеhnаt turlаridаn biri bo’lib, undа o’qituvchi vа
o’quvchilаr, mоddiy vа mа’nаviy vоsitаlаr, mеhnаt shаrt-shаrоitlаri fаоl o’zаrо
hаrаkаtdа bo’lаdi. Qаchоnki, pеdаgоgik fаоliyat fаn
vа аmаliyotning zаmоnаviy
yutuqlаrigа, mеhnаt jаrаyonini hаr tоmоnlаmа mеtоdоlоgik tаhlil etish, bаrchа
оmillаrdаn mаjmuаviy fоydаlаnishgа аsоslаnsа, u hоldа
uni ilmiy tаshkil etilgаn
mеhnаt dеb аtаsh mumkin. O’qituvchi mеhnаtini ilmiy tаshkil etishgа
pеdаgоgikаning аlоhidа sоhаsi sifаtidа qаrаlаdi.
O‘qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta
tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart – sharoitlarga
va mehnatni amalga oshirish yo‘llarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liq. O‘qituvchi
mehnati doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun mehnatni amalga
oshiruvchi o‘qituvchi avvalo o‘z
mehnatini rejalashtirishda, o‘zi puxta egallagan
pedagogik mahoratiga va o‘z ilmiga tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot
kommunikatsion texnologiyalarining taraqqiyoti davrida o‘qituvchi mehnatini ilmiy
asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o‘qituvchi tomonidan qay darajada
o‘zlashtirilishiga ham bog‘liq.
Shu bilan birga o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish uchun fanlar
integratsiyasini, pedagogika va psixologiya fanlarining eng so‘nggi
yutuqlarini
muntazam o‘zlashtirib borish shart. Ushbu bilimlar axborot kommunikatsion
texnologiyalari, matbuot, ilmiy jurnallar, ilmiy adabiyotlar asosida o‘zlashtiriladi.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda vaqtdan unumli foydalanish,
o‘zining keng imkoniyatlarini hamisha hisobga olish, o‘quv va tarbiya jarayonida har
bir daqiqadan unumli foydalanish, vaqtni bekorga o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik
muvaffaqiyat garovidir. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda avvalo:
- o‘z ijodiy imkoniyatlariga ishonishi;
- ta’lim muassasalarida olib boriladigan ta’lim – tarbiya jarayonini
to‘liq tasavvur eta olishi;
- har bir tarbiyalanuvchining ruhiy holatini puxta bilishi;
- o‘z mehnati mexanizmini, qonuniyatlarini, cheklangan imkoniyatlarini yaxshi
anglashi;
- ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
unumli foydalanishni bilishi shart.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri
tashkil etish bir maqsadga
yo‘naltirilgan ijtimoiy–foydali mehnat bo‘lib, u yuqorida ta’kidlab o‘tilganlardan
tashqari, aql va diqqatni, jismoniy kuchni, shijoat va g‘ayratni talab etadi.
O‘qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi ularni mustaqil, erkin
faoliyat ko‘rsatishiga, o‘z fikr–mulohazalarini aniq va mukammal bildirishiga, har
tamonlama shakllangan komil insonni tarbiyalashga, o‘z
kasbini puxta
o‘zlashtiradigan yetuk mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: