O‘z-o‘zini anglash jarayoni o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘ziga nisbatan
«metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tashqaridan qarash, o‘zini
kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bunda, interiorizatsiya (tashqi omillarning ichki
omillarga o‘tishi) hodisasi amalga oshadi, kasbiy qiyinchiliklarning kelib chiqish
sabablari rasmiylashtiriladi; faoliyatdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad aniqlanadi,
refleksiv – «MEN» shakllanadi. Bu o‘qituvchining dolzarb rivojlanish zonasi bilan
bog‘liq.
O‘z-o‘zini aniqlashtirish jarayonida boshlang‘ich daraja kasbiy ehtiyojlarni
hisobga olib belgilanadi va jadal imkoniyatlar asosida faoliyat rejalashtiriladi.
Strategik, taktik va tezkor vazifalar shakllantiriladi. Haqiqiy «MEN» va ideal «MEN»
nisbatlanadi. Bu o‘qituvchining eng yaqin rivojlanish darajasi bilan bog‘liq.
O‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonida o‘qituvchining kasbiy faoliyati davomida
takomillashtirilgan pedagogik mahorati, refleksiyalangan (ya’ni avval foydalanilgan
va ularning samaradorligini baholash natijasida tobora optimal bo‘lib chiqqan
metodlar) harakat usullari va metodlarining o‘sishi sodir bo‘ladi.
O‘z – o‘zini nazorat qilish o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va
amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib, pedagogik
mahoratini yanada takomillashtirib borishning ikkinchi shakli boshlanishini
nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: