Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Nutq texnikasi: nafas olish, tovush, diktsiya, ritmika 
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlaridan biri o‘qituvchining nutq 
malakalarini, ya’ni savodli gapirish, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib 
bayon etish, o‘z fikr va his-tuyg`ularini so‘zda aniq ifodalash malakalarini 
egallashdan iborat. 


O‘qituvchining nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, to‘g`ri nafas olishni ishlab 
chiqishi eng katta – eng asosiy qiymatdir. Og`zaki nutq mahoratini yuksaltirish, 
nafaqat hikoya va tushuntirish, balki urg`u berilgan so‘z ham pedagogik ta’sir 
usullaridan yaxshiroq foydalanishga imkon yaratadi. 
Pedagog o‘zining ovozi va ko‘rinishini boshqarishni bilishi, tashqi qiyofani, 
mimikani ushlab turishni bilishi zarur.
Men faqat “buyoqqa kel” so’zini 15-20 xilda gapira olganimdan, yuz, tashqi 
qiyofa va ovozni 20 xil ko‘rinishda bera olganimdan so‘nggina haqiqiy mahorat 
egasiga aylandim,- degan A.S. Makarenko. 
O‘qituvchining takomillashgan nutqqa ega bo‘lishi - o‘quv materiallarining 
o‘quvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash garovidir. O‘quvchilar 
o‘qituvchi nutqiga alohida e’tibor beradilar. Biror harf yoki tovush noto‘g`ri aytilishi 
kulgiga sababchi bo‘ladi. Bir xil ohangdagi nutq o‘quvchilarni tez charchatadi.
Ayrim mutaxassislar tovush va uning tembri tug`ma xususiyat, deydilar, lekin 
hozirgi eksperimental fiziologiya tovush sifatining o‘zgarishi mumkinligini 
tasdiqlaydi. Nutqning ifodali, sof bo‘lishi ustida ishlash fikrlarning ravon bo‘lishiga 
ta’sir qiladi. Nutq imo-ishora, mimika, harakat bilan birga sodir bo‘ladi, uzluksiz 
o‘zini tuta bilish ta’sirchan vositalarini tanlashga muvaffaqiyatli ravishda tuzatish 
kiritib borish imkonini beradi. 
Bugungi kunda nutq texnikasi bo‘yicha bir necha mashq komplekslari ishlab 
chiqilgan. Ular, asosan teatr pedagogikasi tajribasiga asoslangan bo‘lib, so‘zlashish 
paytida nafas olish, tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash malakalarini 
takomillashtiradi, bu esa o‘qituvchiga o‘z so‘zi mazmunini o‘quvchilarga yanadi 
to‘laqonli qilib yetkazishga imkon beradi.
Nafas olish organizmga hayot bag`ishlovchi fiziologik funktsiyani bajaradi. 
Shu bilan birga u nutq energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi. Nutq so‘zlayotganda 
nafas olish – fonatsion nafas olish deyiladi (rengo-tovush). Kundalik hayotdagi nutq 
asosan dialog shaklida bo‘ladi. SHuning uchun ham nafas olish ortiqcha qiyinchilik 
tug`dirmaydi. Dars davomida o‘qituvchi juda ko‘p gapiradi, yangi mavzuni 
tushuntiradi, ma’ruza o‘qiydi. Nutq so‘zlashda qaysi mushaklarning ishtirok etishiga 
qarab nafas olish 4 turga bo‘linadi.
Yuqori nafas – yelkalarning ko‘tarilib tushishi va ko‘krak qafasining yuqori 
qismi ishtirokida hosil qilinadi. Bu bo‘sh yuzaki nafas bo‘lib, unda o‘pkaning faqat 
yuqori qismi ishtirok etadi. 
Ko‘krak nafas - qovurg`alar o‘rtasidagi mushaklar yordamida hosil bo‘ladi. 
Bunda ko‘proq nafasning ko‘ndalang hajmi o‘zgaradi. Diafragma ishtirokidagi nafas 


- ko‘krak nafasning bo‘ylama hajmini oshishi hisobiga vujudga keladi. Diafragma - 
qovurg`ali nafas, diafragmaning qisqarishi qovurg`alar oralig`idagi nafas mushaklari 
ishtirokida vujudga keladi. 
Tovush – chiqarilayotgan havo hiqqildoqdan o‘tishi paytida ovoz 
pardalarining tebranishi natijasida vujudga keladi. Tovush o‘zining qo‘yidagi 
xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
Tovush kuchi - tovush apparati organlarining faol ishlashiga bog`liq. 
Chiqarilayotgan havo oqimining tovush tarqalishiga bo‘lgan bosimi qancha katta 
bo‘lsa, tovush ham shuncha kuchli bo‘ladi. 
Ammo, oddiy nafas olgandagi havo nutq uchun kamlik qiladi. Nutq 
so‘zlayotganda nafas chiqarish, nafas olishga qaraganda ancha cho‘ziqroq 
davom etadi. Ovoz nafas chiqarganda yuzaga keladi. Diafragmani, qorin 
muskullarini va qovurg`alararo muskullarni mustahkam qiluvchi maxsus 
mashqlar mavjud. Bularga yetgan joyda burun orqali chuqur nafas olish 
kiradi. Siz o‘pkaning kichik bo‘lakchalari nafasga to‘lib kelayotganini, qorin 
muskullarining 
taranglashayotganini 
va 
pastki 
qovurg`alarning 
kengayayotganligini sezasiz. Xuddi shunday mashqni tik turgan holda bajarishga 
urinib ko‘rish kerak. Ammo, iloji boricha havo o‘pkaning pastki qismlarida 
bo‘lishi zarur. 
Ovoz – tomoqdan (o‘pkadan) kelayotgan havoning ovoz paylari orqali 
o‘tishida hosil bo‘ladi va og`iz bo‘shlig`i yordamida kuchaya di. Ovoz maxsus 
mashq qilinib turilmasa, ba’zan yo‘qolib ketadi.
Ovoz apparati uch qismdan iborat:
1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda 
og`iz bo‘shlig`ining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi. 
2. Rezonator tizimi – bunda tomoq, halqum, burun bo‘shlig`i, og`iz 
bo‘shlig`i qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini 
ta’minlaydi. 
3. Energetika tizimi - o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va 
tezligini ta’minlaydi. 
Pedagogning nutqi uchun avvalambor tovushning kuchi zarur. Bu 
o‘pkadan kelayotgan nafasning kuchiga va tezligiga bog`liq.
Tovushning yuqoriligi – bu tovushni uzoqqa yetkaza olish va yuqori-
pastligini boshqara olishdir. 


Tovushning harakatchanligi va o‘zgaruvchanligini tovushning mazmuniga, 
sharoitiga, tinglovchilarning kayfiyatiga qarab oson o‘zgartira olish mumkin. 
Harakatchanligi esa past, o‘rta, yuqori tiplarga bo‘linadi. 
Tovush parvozi – tovushning uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlab 
olish. 
Tovush ixchamligi va harakatchanligi uni mazmunga tinglovchi moslab 
o‘zgartira olish imkoniyatini bildiradi. 
Diapazon – tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang 
bilan belgilanadi. Diapazon qisqarishi nutqning bir ohanli bo‘lib qolishiga sabab 
bo‘ladi. Bir ohangda gapirish axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi. 
Tembr – tovush rangdorligi, yorqinligi hamda uning yoqimliligi va 
alohidaligidir. 
Diktsiya – aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g`ri 
tushunilishini ta’minlaydi.
Ritm – bu ayrim so‘z va bo‘g`inlarning aytilishi muddati va to‘xtash, nutq va 
ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishini bildiradi. Ritm nutqning eng asosiy 
qismidir, chunki, nutq ohangi va to‘xtamlar ham tinglovchilarga beixtiyor o‘zgacha 
hissiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘zlayotganda obrazga kirish, ovozni kerakli joyda 
pastlatish, ohista gapirish o‘qituvchi mahoratiga bog`liq.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin