Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

 
O’qituvchining nutq malakasini shakllantirish yo’llari 
Ongli ravishda ovozni mashq qildirish uzoq, muntazam va individual 
davom etadi. Ko‘p olimlar olib borgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, past ovoz 
o‘quvchilar tomonidan yaxshi idrok etiladi. Past ovoz ularga yuqori ovozga 
nisbatan yoqadi. Yuqori ovoz o‘quvchilarni ham, o‘qituvchining o‘zini ham tez 
charchatib qo‘yadi. O‘qituvchi kasb kasalliklarining 40,2 foizini ovoz kasalliklari 
tashkil etadi. Ovoz kasalligining sabablari: a) yuqori ovozda gapirish; b) ovoz 
apparatlaridan to‘g`ri foydalanmaslik; v) ovoz gigiyenasiga amal qilmaslik; g) 
ovoz apparatining tug`ma kamchiliklaridir. Turli xil ovoz kasalliklarining oldini 
olish maqsadida ishdan so‘ng pedagog 2-3 soat davomida kam va sekin gapirishi 
kerak. 3-4 soat dars berishdan so‘ng bir soat ovoz apparatlariga dam berish 
kerak. 
O‘qituvchilar asabiylashmasligi, ayniqsa, ovqat yeyish kun tartibiga rioya
qilishlari kerak. Masalan: achchiq, issiq, sovuq, spirtli ichimliklar ichish, 


chekish ovoz paydo bo‘lish a’zolarining qizarishiga, yallig`lanishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Tomoqni qurib qolishidan saqlash uchun mutaxass islar soda va yod 
eritmasi bilan halqumni chayqab turishni tavsiya etadilar. Quyidagi 
maslahatlar ham o‘qituvchilarga foydali: 
1) bir xil tonda gapirish ovoz muskullarini charchatib qo‘yadi. Agar har 
xil, ifodali belgilar bilan gapirilsa, ovoz apparatlari sog`lom bo‘ladi; 
2) bo‘r-melning mayda changlari ovoz paylari uchun juda ham zararli, 
doimo doskani ho‘l latta bilan artish kerak; 
3) dars bergandan so‘ng, agar havo sovuq bo‘lsa, tez yurmaslik ke rak. 
Chunki, sovuq havo xalqumni yallig`lantiradi. 
O‘quvchilarning o‘qituvchi nutqini yaxshi idrok etishlari uchun 
o‘qituvchi tovush, so‘zlarni aniq va ifodali talaffuz qilishi kerak. Tovush, bo‘g`in 
va so‘zlarni to‘g`ri talaffuz qilishda ovoz apparati: lablar, til, tish, jag`lar, 
tanglay, kichik til, halqum, ovoz paylari qatnashadi. Nutqdagi organik 
kamchiliklarni jarrohlik va logopedik uslublar bilan bartaraf etish mumkin.
Noorganik 
kamchiliklar 
esa: 
to‘ng`illab 
gapirish, 
soqovlanish, 
duduqlanish, ba’zi bir tovushlarni talaffuz eta olmaslik, burunda gapirish, tez 
gapirish, chala gapirish. 
Bularni bartaraf etish uchun nutq organlari harakatini artikulyatsiya 
gimnastikasi orqali mashq qildirish tavsiya etiladi. Bu ikki yo‘l bilan amalga 
oshiriladi: a) nutq apparatlarini mashq qildirish, b) har bir unli va undosh 
tovushlarning to‘g`ri artikulyatsiyasini mashq qilish.
Nutqning tezligi, alohida bo‘g`inlarning va so‘zlarning jaranglashi, 
shuningdek, nutq ritmidagi pauzalarga rioya qilish nutqning ritmini tashkil 
etadi. K.S.Stanislavskiyning ta’kidlashicha, intonatsiya va pauzaning o‘zi, 
so‘zdan ham ortiqroq eshituvchiga hissiy ta’sir etar ekan. Nutq tezligi 
o‘qituvchining individual xususiyatlariga, nutq mazmuniga va muloqot 
vaziyatiga qarab o‘zgaradi. 
Pedagogik texnikani egallashning asosiy yo‘llari: o‘qituvchi rahbarligidagi 
mashg`ulotlar (pedagogik texnikani o‘rganish) va mustaqil ishlash (kasbiy jihatdan 
o‘z-o‘zini tarbiyalash)dir. 
Pedagog malakalarining individual-shaxsiy tusda ekanligini hisobga olib, 
pedagogik texnikani egallashda va uni takomillashtirishda kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini 
tarbiyalash, ya’ni talabaning o‘zida mohir o‘qituvchiga xos shaxsiy fazilatlarni va 


kasbiy malakalarni shakllantirishga qaratilgan faoliyat yetakchi rol o‘ynaydi, deb 
aytish mumkin. 
Tashkiliy-metodik jihatdan pedagogik texnika mashg`ulotlari individual, 
guruh bilan yoki ketma-ketlikda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, zarur bilimlar 
ma’ruzalarda yoki tegishli adabiyotni mustaqil o‘qishda egallanishi mumkin. 
Avtomatlashtirishga doir ayrim oddiy harakatlar (to‘g`ri artikulyatsiya, 
fonatsion nafas olish usullari, relaksatsiya usullari va shu kabilar) ketma-ket 
ko‘rsatilish mumkin. 
Pedagogik texnika malakalarini shakilantirishning boshlang`ich darajasiga 
qarab uni egallashning individual dasturi yetishmaydigan malakalarni 
shakllantirishga qaratilgan ayrim mashqlarni yoki mashqlarning to‘liq majmuini o‘z 
ichiga oladi.
Oliy o‘quv yurtidagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik texnikani 
egallash o‘qituvchiga o‘zining kasb yo‘nalishining boshlanishidayoq ko‘pgina 
xatoliklarning oldini olishida, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yuksak 
samaradorligiga erishishida yordam beradi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin