Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

 
 
8- mavzu. PEDAGOGIK TAJRIBANI TO‘PLASH TIZIMI 
 
REJA. 
1. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallar to’plash. 
2. Ilg’or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni qo‘llash metodlari.


 
Tayanch iboralar: ilg‘or pedagogik tajriba, pedagogik mahoratni 
takomilashtirish,pedagogik ijodkorlik, ilmiy pedagogik izlanish, shaxsiy faoliyat 
tizimi 
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganishda materiallar to’plash 
Pedagogik faoliyat o’z mehnatiga ko’ra ijodiy tavsifga ega. Pedagogik 
ijodkorlikning asosiy mohiyati pedagogik faoliyatning maqsadi va xarakteri bilan 
aniqlanadi. Pedagogik ijodkorlik majmui – pedagogik tajribadir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda o’qituvchining o’z pedagogic vazifasiga 
ijodiy yondashishi, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va 
vositalarini izlab topishdir. 
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa 
va qonuniyatlarni ochish o’quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli o’zgarishlar kiritadi, 
o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, yangi turdagi o’quv jarayonini 
modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi. 
Pedagogik tajriba o’qituvchining o’quv ishlari jarayonida egallaydigan bilim, 
ko’nikma va malakalari yig’indisidir. Pedagogik tajribani to’plash pedagogik 
mahoratning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u pedagogik faoliyatni samarali 
tashkil etish omili hisoblanadi. 
Pedagogik tajribani to’plash tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil 
topadi: 
➢ Maqsadni belgilash. 
➢ Ma’lumotlarni to’plash. 
➢ Ma’lumotlarni tahlil etish, umumlashtirish, xulosa qilish. 
➢ Yutuqlarni aniqlash va amaliy faoliyatga tatbiq etish. 
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va tajribalarni joriy etish bо‘limi faoliyati tartibi 
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 iyundagi 164-sonli 
“Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan 
klassifikatorini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi qarori, Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 16 
fevraldagi 34-sonli “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish institut (markaz)larining ustavini tasdiklash tо‘grisida”gi va 2015 yil 24 
iyundagi 191-sonli “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini 
tasdiqlash tо‘g‘risida”gi buyruqlariga muvofiq belgilangan. 
O’qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo’lishi lozimligini buyuk nemis pedagogi 
A.F.Distervergning fikri ham tasdiqlaydi: “Noqobil o’qituvchi haqiqatni shunchaki 
aytadi-qo’yadi, yaxshisi esa uni topishga o’rgatadi”. 


Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o’rgatgan ustozning haqqini yuz 
ming ganju xazina bilan ham uzib bo’lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz. 
O‘qitish tizimida o‘z-o‘zini boshqarishning zarurligi eng avvalo butun o‘quv yurtlari 
tizimining samarali puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. CHunki o‘z-o‘zini 
boshqarish tufayli o‘qitishdagi o‘zaro munosabat o‘qitishning borishini jadal 
boshqarish va kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon 
yaratadi. O‘z-o‘zini boshqarish biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar 
uyushtirish va o‘tkazishda tarbiyaviy soat darslarida ko‘rishimiz mumkin. O‘z-o‘zini 
boshqarish mohiyati o‘quvchilarda birinchi o‘rinda o‘zini mustaqil xis qilishi va o‘zi 
ko‘proq darsni qabul qilishidan iborat. 
O‘qituvchi nixoyatda ma’suliyatli kasb, bu esa o‘z ustida ishlash, tajriba 
almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O‘qituvchilarning 
o‘z-o‘zini 
tarbiyalashlarida 
matbuot 
sahifalari 
bilan 
tanishishi 
ilg‘or 
o‘qituvchilarning tajribalariga suyangan holda, dars tahlillarida qatnashishi, 
kollektivdagi kasbdoshlari bilan uslub almashishi yuqori samara beradi.O‘qituvchi 
mehnatda, xulq atvorda tirishqoqlik qilib, o‘z imkonyatlarini ishga solishi, o‘ziga-o‘zi 
xisob berishi, o‘ziga-o‘zi baho berishi singari o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini 
shakllantirib borishi lozim. O‘qituvchilarni tajribalarini, uslublarini ehtiborga olgan 
holda quyidagicha toifalashtirish maqsadga muvofiq:
O‘qituvchining kasbga oid mahoratlarini shakllantirishda pedagogik-
psixologik nazariyalarni ahamiyati kattadir. CHunki mahnaviyatimiz shakllanishida 
o‘z-o‘ziga ega bo‘lgan ulug‘ insonlar yahni o‘qituvchi faoliyati to‘g‘risida ularga 
qo‘yiladigan talablar ham zamonaviy pedagogik texnologiyalar to‘g‘risidagi 
nazariyalar sharoitida asosiy mahorat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Butungi kunda iktisodiy va siyosiy soxalardagi barcha isloxatlarning asosiy 
maksadi yurtimizda yashayotgan barcha fukarolar uchun munosib xayot 
sharoitlarini tashqil qilishdan borishdan iboratdir. SHu jixatdan xam mahnaviy 
jixatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, 
milliy istiklol goyasini uzida mujassam etgan yangi avlodni voyaga etkazish 
davlatimiz siyosatining ustivor yunalishlaridan biri xisoblanadi. 
Respublikamiz xukumati xalq ta’limi soxasida o‘rtaga qo‘yayotgan vazifalarni 
bajarish ko‘p jihatdan pedagogga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning 
xilma xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tikodli, mehnatsevar
barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. 
Darxaqiqat, xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistoninng istikboli kup 
jixatdan pedagogga, uning saviyasiga tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni ukitish 


va tarbiyalash ishida bulgan munosabatiga boglik. Kelajak avlod xaqida qayg‘urish, 
soglom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy 
xususiyatimizdir. SHu bois mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi 
qadamlaridanoq buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim 
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari 
bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. 
Pedagoglar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirilishi 
pedagogik mahoratni takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmokda. 
Zamonaviy pedagogga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. 
SHuningdek maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalarini kuzatish, ularning 
o‘sishidagi muhim narsalarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijtimoiy g‘oyalar bilan 
taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish yo‘llari va usullarini aniqlash, turli 
vositalar bilan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, taxlil qilish, pedagogik izlanishlar va 
yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofikdir. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin