Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Kutiladigan javob: Qobiliyat - bu kishining biror faoliyatiga yaroqligi va shu 
faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir. Pedagogik qobiliyat qobiliyat 
turlaridan bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan 
muvaffaqiyatli shug‘ullana olishni aniqlab beradi 
mehnat 
iste’dod
Qobiliyat
mahorat 
ijod 
(qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichiga iste’dod deb ataladi). 
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. 
Qobiliyat iste’dod, layoqat va zehn orqali namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi bilish, 
tushuntira olish, kuzatuvchanlik, tashkilotchilik, to‘g‘ri muomali qilish, diqqatni 
taqismlay bilish, tadbirkorlik, ish bilarmonlik, mehrni har bir tarbiyalanuvchiga bir 
xil taqsimlay olish va x.k., qobiliyatlarga ega bo‘lish kerak. O‘qituvchi o‘zini idora 
qilish hamda boshqalarga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. 
Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakalardir.
Ko‘nikmalar – o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba 
va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Xulosa 


Malakalar – o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan 
kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
Qоbiliyatlаr bilim, ko’nikmа vа mаlаkаlаrdа аks etmаydi, bаlki ulаrni egаllаsh 
dinаmikаsidа nаmоyon bo’lаdi. Fаоliyat uchun zаrur bo’lgаn bilim vа ko’nikmаlаrni 
o’zlаshtirish jаrаyonidа yuzаgа chiqаdigаn fаrqlаr qоbiliyatlаr to’g’risidа mulоhаzа 
yuritish imkоnini bеrаdi.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik 
faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini 
aniqlab beradi. 
Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning 
tutgan o‘rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan. 
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon 
o‘qituvchi-tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini 
shakllantiradi, bu esa pedagogning o‘quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishiga 
yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog`liq. Bola shaxsining rivojlanishida 
o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining 
tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchining 
tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun ijtimoiy-
tarixiy tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko‘lamining ortishiga bevosita bog`liq. 
XX аsrning 70-80-yillarda o‘qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik 
qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur 
o‘rganildi. Jumladan, rus olimasi N.V.Kuzmina o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik 
qobiliyatlarning o‘rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib borgan. U o‘z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlarni gnostik (bilishga oid), 
proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), konstruktiv, tashkiliy va 
kommunikativ turlarga ajratib, ularning har biriga chuqur psixologik ta’rif beradi. 
N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni 
ham kiritadi, o‘qituvchining bu hislati o‘quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg`ulari 
kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi. 
Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‘ra, pedagogik faoliyat – bu o‘qituvchi 
oldiga jiddiy talablar qo‘yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat 
o‘qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, mustahkam 
xarakterga, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov 
o‘qituvchi shaxsi oltita kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi: 1) 
yuksak saviyadagi bilim va madaniyat; 2) yo‘nalishning aniq ifodalanganligi; 3) 
yuksak axloqiy hislarning mavjudligi; 4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va 


barqaror mustaqillik; 5) qat’iy va silliq xarakter; 6) pedagogik 
qobiliyatlar. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin