O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik,
adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash
usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar
ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi,
yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etkazishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi
o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha dars va darsdan tashqari
jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt
sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar
davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida,
sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda
takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish
pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda zarurdir.
Dostları ilə paylaş: