o‘quvchilar ongiga va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi,
hozirjavoblik, psixologik
bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat
ekanligi, pedagogik texnika vositasida o‘qituvchi ta’lim muassasalarida ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o‘quvchilarga
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar
hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo‘lib
o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari
va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish
malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:
• ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini
boshqarishi, (mimika,
pantomimika);
• ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli
nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik;
• mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol)
egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o‘z
o‘rnida qo‘llay olishi.
Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o‘qituvchining shaxs va
jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib, bu guruh ta’lim-tarbiya
jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
• o‘qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv,
kommunikativ
qobiliyatlari;
• ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini
nazorat qilishi;
• ta’lim muassasasida va o‘quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq
bo‘lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi;
• o‘quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab
boshqara olishi.
O‘qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o‘z harakatlarini
boshqarishida aktyorlik san’atiga xos bo‘lgan
xususiyatlari, ya’ni mimik va
pantomimik qobiliyatlari muhim rol o‘ynaydi. Aktyor bir obrazni ma’lum bir
muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘rinishda sahnada
namoyish etsa, o‘qituvchi butun o‘quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzuni
o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy innovatsion
usullar vositasida
o‘quvchilar ongiga etkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko‘radi, sinf jamoasidagi
o‘ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o‘quvchining shaxsiy
xususiyatlarini e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan
mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun o‘qituvchidan yuksak pedagogik texnik
tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisi pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning rolini beqiyos deb biladi.
Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilishi (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara
olishi, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallashi va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ta’lim va
tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisiki,
u o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqarish
ishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: