3.Pedagogning o‘quvchilar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo‘ladigan kelishmovchiliklari.
Pedagog jamoa bilan ishlashni bilishi, guruh talablariga munosabati jarayonida bir hil muomola bo’lishi, ota-onalar bilan ishlashi guruh rahbari ish tizimining ajralmas qismidir. Ota-onalar bilan ishlash sinf rahbaridan ular bilan ishonchli va ishchan munosabati o’rnatish pedagog nazokat, chidam, izchil va qat’iy e’tiborini talab qiladi. Tarbiyaning umumiy va vazifalari ota-onalar jamoasi orqali muvoffaqiyatli hal qilinadi. Sinf rahbari ota-onalari tarbiyasi qiyin o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashga majbur qilib ogohlantirsa maqsadga erishishning qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Ta’lim-tarbiya jarayoni pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlagannidek “birorni o’qitadigan tarbiya qiladigan inson avvolo o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i lozim. Zamon talablari shuki, professor va o’qituvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, horijiy mamlakatlar tajribasini va qund va savot bilan o’rganib mag’zini chaqib o’ndan keyin talabalarga saboq berishlari zarurligini alohida ta’kidlaydi. O’qituvchining ijobiy munosabatlari qay darajada shakllanganligida ham bog’liqdir. Qobiliyat jarayonida, faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi deb ta’kidlaydi professor M.Ochilov hamda o’qituvchi qobiliyatini qo’yidagi turlarni tavsiya etadi. Jumladan, bo’lishi qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, muomola qilish qobiliyati kabilar. Uzluksiz ta’limda dars va ma’ruzalarni mukammal tashkil qilishi o’qituvchining ijobiy munosabatlaridan biridir. Yuqori saviyada o’tilgan mavzular yoshlar ongiga uzoq saqlanadi. Ularning iymon e’tiqodi va mafkuralarning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rstadi. Shu sababli o’qituvchining ishlash saviyasi o’z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati, dastlab dars ma’ruzalarida ko’rinadi. Buning uchun o’qituvchi avvolo, o’z fanini va uni o’qitish yo’l usullarini mukammal o’zlashtirib olishi, o’qituvchi murabbiyga hos madaniyatni yuqoriligi, o’z shogirdlariga hurmat va muhabbat, ular hayotiga qiziqish va ruhiy holatlarini bilish tushunishi, bosiqlik, his tuyg’ularni boshqara olishlari, tashqi ko’rinishi, kiyinish madaniyatiga e’tibor berishlari, nutq madaniyatining yuqoriligi jamoat ishlariga faoliyatchi, ayniqsa omma o’rtasida ilmiy ma’rifat va ma’naviy madaniy ishlar tahribotchilari bo’lishlari lozim. SHundagina mamlakatimiz. Kelajagi bo’lgan yoshlarimiz. O’z murabbiylari nomini zo’r ehtirom, chuqur minnatdorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o’qituvchi tegishli ma’lumot egasi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori ahloqiy fazilat egasi bo’lishlari darkor. O’qituvchining salbiy munosabatlari o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimini baholashda qo’yilgan hatolar faqat baholashda qo’yilgan hatolar faqat baholash kompanentlarining o’zgarishiga emas, balki butun o’quv bilish faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Ular bu tizimga hos bo’lgan kamchiliklarni kuchaytirib, uni kamsuqum yoki yoqimsiz qilib qo’yadi. O’quvchi o’z-o’zini bilan qiyoslangan sinorda ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Bolalar bilishini shunday taqqoslash kerakki, unda birovni yuqori ko’tarib, boshqalarni erga o’rmay, bolalarning eng yaxshi natijalarga erishuvini va o’z shaxsini takomillashtirishini qo’llab-quvvatlasin. Pedagog nizolarni, qarama-qarshiliklarni oldini olishda har bir o’quvchini harakteriga e’tiborini qaratish kerak Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib u erda turli hil harakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. Shaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’hriligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida nizolarni ko’rishimiz mumkin. Shaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar. Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy,samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funktsiyasi suhbatdoshilarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishga bog’liq ekan noto’g’ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga diyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psiholog Deyl Karnegi “yaxshi suhbatdosh – yaxshi gapirishni biladigani emas, balki yaxshi tinglashni biladiganidir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi. Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usulidir. Muloqotdagi nizo shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki tehnik vositalar (telefon telegraf va shunga o’hshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin