Mavzu: pedagogika fani predmeti va vazifalari. Pedagogikaning metodologiyasi va tadqiqot metodlari


Faoliyat ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə116/124
tarix08.04.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#54931
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124
MAVZU

Faoliyat ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi:

Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quv-texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.

Ideal ta’lim vositalari - bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalarbu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish).

Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vositaqiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama. Materialni tushuntirish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘liq.

O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etishva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.

O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim-kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya - bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish).

Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish)-haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish)- ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar.

Ta’limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.

Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin