Ijtimoiylik metodi zamonaviy ta’lim har qaysi mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, xalqning ijtimoiy-ma’naviy yuksalishiga nechog’lik mos ekanligini taqqoslashga qaratiladi. U xalq maorifi sistemalarining ijtimoiy xarakterini baholashni ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini, mazmun va metodlarini, jamiyatning tuzilishini analiz qilish, maktab tashkil etishlarini nazarda tutadi. Zamonaviy ta’lim taraqqiyoti davrida innovatsion g’oyalar, konsepsiyalar, ta’limotlarning u yoki bu xalqning mentalitetiga, urf-odatlari hamda asrlar davomida shakllangan qadriyatlariga uyg’unligini ko’rsatishga asoslanadi.