Mavzu: pedagogning bolalarning ijtimoiylashuvidagi roli


Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati



Yüklə 24,03 Kb.
səhifə4/6
tarix22.12.2023
ölçüsü24,03 Kb.
#190339
1   2   3   4   5   6
12-mavzu Maruza Ijtimoiy

3. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot ob’ektlari doirasida o‘rganganlar.
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqqan holatlarini o‘rganuvchi deviant xulq-atvor sotsiologiyasi muammolari O‘zbekistonda istiqlol sharofati bilan o‘rganila boshlandi. Deviant xulq-atvorning turli ko‘rinishlarini mamlakatimiz olimlari o‘z tadqiqot ob’ektlari doirasida o‘rganganlar.
Respublika faylasuflari X.Shayxova, Q.Nazarov, M.Xolmatova, N.Komilov (shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’siri masalalari), sotsiolog M.B.Bekmurodov (ijtimoiy me’yorlarga jamoatchilik fikrining ta’siri jarayonlari), huquqshunoslar A.Qulahmetov, Y.Karaketov, M.Usmonaliyev (jinoyatchilikning umumiy jihatlari va o‘smirlar jinoyatchiligi masalalari), psixolog olimlar G‘.B.Shoumarov, N.A.Sog‘inov, S.A.Axunjanova, Z.R.Qodirovalar olib borgan ilmiy ishlarini shunday ishlar jumlasiga kiritish mumkin.
Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari sotsiologiyada «deviantlik holatlari», undan tug‘iluvchi xulq-atvorni «deviant xulq-atvor»deb nomlanadi. 2.Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi:1) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
2) Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:
a). Alkogol mahsulotlarini har-har zamonda iste’mol qilish.
b) Alkogolni ko‘p iste’mol qilish — spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki, birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p miqdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi.
d) Alkogolizm spirtli ichimliklarga patologik(muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
3) Giyohvandlik. Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish. 
Byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslda «hokimiyanga ega bo‘lgan xodim» degan ma’noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni suiste’mol qilish kabi salbiy ma’nolarda qo‘llanila boshlaydi.Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda «byurokratiya» termini asil ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi.
XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Monteske, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gelvesiy, D.Didro, P.Golbax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar.

Yüklə 24,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin