Mavzu: pedagogning bolalarning ijtimoiylashuvidagi roli


O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi



Yüklə 24,03 Kb.
səhifə5/6
tarix22.12.2023
ölçüsü24,03 Kb.
#190339
1   2   3   4   5   6
12-mavzu Maruza Ijtimoiy

O’smirlar deviant xulq-atvorining profilaktikasi.
O’smirlik yoshida deviatsiya namoyon bo’lishining tinimisiz oshib borishi ijtimoiy pedagog oldida bu o’smirlar bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini izlash va ularga tadbiq etish vazifasini qo’yadi. Ilmiy nazariy va amaliyotda ikki asosiy texnologiya-profilaktika va reabilitatsiya keng tarqalgan.
Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda ijtimoiy pelagog quyidagi qoidalarga suyanadi:
1. Ijtimoiy madaniy normani o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida amalga oshadi. Qadriyatlar, g’oyalar va boshqa ramqiy tizimlar majmuasini o’zlashtirmay inson jamiyatning to’la qonli a’zosi sifatida faoliyat yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy normaning muxolifi bolalarning ijtimoiy madaniy va pedagogik qarovsizligi bo’lib, u nafaqat bola rivojining g’ayrinormal alomati balki uning zimmasiga anomal ijtimoiy holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizligining profilaktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy madaniy normadan balki muayyan sharoitda yashashga majbur bo’lgan boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitatsiyasi faoliyat sub’ekti, ijtimoiy sub’ekt va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak.
Ijtimoiy pedagogning o’smirlar bilan profilaktika ishlari olib borishiga bir nechta yondashuvlar mavjud:
Informatsion yondashuv-voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat tomonidan axloqiy normalarni bajarishga taqdim etilgan huquq va majburiyatlardan xabardor qilinadilar.
Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda asosiy maqsad negativ hodisalarni aniqlash, bartaraf etish va neytrallashtirishdir. Bu yondashuning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiy pedagogik tashkiot, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora tadbirlarni o’tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy normalardan ehtimoliy og’ishlarni turli ruhiy anomaliyalar bilan aziyat chekuvchi shaxslarga nisbatan davlat profilaktik xarakterdagi choralar vositasida oldini olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorga ega o’smirning ijobiy hislatlarini tiklashda namoyon bo’ladi.
Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi.

Yüklə 24,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin