103
qolish emas, balki ushbu jarayonni korxona faoliyatining
tarkibiy
qismiga aylantirish, lozim degan xulosaga kelinmoqda,
(1.21-chizma). Shuning natijasida personalni rivojlantirish
investitsiya bilan uzviy bog‘liq holatga aylanadi. Ya’ni,
personalni rivojlantirish sarf-xarajatlar moddasidan investitsiya
obyekti darajasiga ko‘tarildi. Har
qanday investitsiyalar kabi
personalni rivojlantirish investitsiyalari ham sarmoya samara-
dorligini doimiy baholab borish personalni rivojlantirish uchun
investitsiyalar korxona samaradorligini bugungi kunda qanday
oshirilganligi va kelajakda qanday
oshirilishini baholashni
taqozo etadi.
Personalni rivojlantirishning mohiyati shundaki, insonlar
kompaniya yoki firmaning asosiy
raqobat boyligi
hisoblanadi.
Ulardagi salohiyat korxona muvaffaqiyatining strategik
ahamiyatga ega omili bo‘lib, uning muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatishini belgilab beradi.
Xorijiy firmalarning mutaxassislari personalni
rivojlantirishning turli uslublari samaradorligini tadqiq etar
ekanlar, kutilmagan xulosaga keladilar: katta yoshdagi xodimlar
ham xuddi bolalardek o‘qishar ekan. Ya’ni, kompaniya va firma
rahbarlari,
menejerlar, mutaxassislar o‘zlari bilmaydigan narsani
egallashlari talab etilgandagina o‘qish xohishini bildirar ekanlar.
Xodimlarga xizmat vazifalari kengaytirilgan yangi lavozimlar
taklif qilinishi personalni rivojlantirishning
eng samarali usuli
ekan. Insondan yangi, ilgari unga noma’lum bo‘lgan ishni
bajarish
talab etilganda, u kasbiy rivojlanishda sifat jihatidan
sakrash qilar ekan.
Bugungi tez o‘zgarib borayotgan sharoitlarda personalni
rivojlantirishda
quyidagi holatlarga duch kelinishi mumkin:
1. Xodim
mehnat maqomini saqlab turishi, tiklashi va
oshirishi uchun noqulay vaziyatlarga faol qarshilik ko‘rsatishi.
Ya’ni, mehnat maqomini ushlab qolish, tiklash va hatto oshirish
uchun
qo‘shimcha jismoniy va aqliy kuch sarflashga
(malaka
oshirish, yanada unumliroq ishlash)
astoydil harakat qilishi.