Mavzu: personalni boshqarish tizimlarini takomillashtirish


Xodimning raqobatbardoshligi



Yüklə 378,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix07.01.2024
ölçüsü378,29 Kb.
#202480
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Reja Kirish. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazi

Xodimning raqobatbardoshligi 
ishchi kuchi sifati, shaxs-
ning ijodiy imkoniyatlari, ish bilan bandlik va ish kuni davomiy-
ligi kafolatlanganligi, daromad miqdori bilan belgilanadi.
Alohida olingan mehnat jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan 
guruhning raqobatbardoshligi, guruh a’zosi raqobatbardoshligi 
yig‘indisidan ko‘pdir. Bu shu bilan izohlanadiki, ayrim xodimlar 
nafaqat yaxshi ishlaydilar, ayni vaqtda, a’lo darajada o‘zaro 
hamkorlikda faoliyat ham ko‘rsatadilar. Qo‘shimcha natija 
beruvchi bunday yig‘indi 
sinergetika” samarasi, 
deb ataladi. 
Unga ko‘ra 2+2=5,6,7 va hokazo bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun sinergetika 4 samarasi 2+2=5,6... N deb qabul qilinadi.
Raqobatbardoshlikning sinergetik xususiyatlari xodimlarning 
umumiy mehnat jarayonida birgalikdagi ishtiroki, ixtisoslashishi 
va kooperatsiya, guruh ichki iqtisodiy munosabatlarini 
rivojlantirish natijasida namoyon bo‘ladi.


97
1.18-chizma.
 
Kasb malakasi oshishi bosqichlari.
1.19-chizma.
 
Kasb malakasi rivojlanish bosqichlari.
Korxona yoki tashkilot personalining raqobatbardoshligi 
xodimlarning alohida guruhlarini raqobatbardoshligiga qarab 
aniqlanadi va ko‘p jihatdan ularning ishlab chiqarish jarayonidagi 
o‘zaro faoliyati samaradorligi natijasi hisoblanadi. Personalning 
raqobatbar doshligi kompaniya yoki firma iqtisodiy o‘sishi bilan 
bog‘liq omillar ta’siri ostida shakllanadi. Ana shu shakllanish 
jarayonida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning mushtarakligi 
namoyon bo‘ladi: ish beruvchi o‘z maqsadlariga erishish 
(korxonasi raqobatbardoshligini oshirish, foydani ko‘paytirish, 
bozorning mahsulot va xizmatlarga ehtiyojini qondirish) uchun 
xodimlari ehtiyojini to‘laroq va yaxshiroq qondirishga harakat 
qiladi, personal esa, o‘z navbatida, korxona maqsadlariga 
erishishdan manfaatdor bo‘ladi.


98
1.20-chizma.

Yüklə 378,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin