105
Bu toifadagi xodimlar o‘z qimmatini yetarlicha
qadrlamaydilar, mehnat bozorida raqobat qila olmaydilar.
Ularni
noqulay sharoitlarga bo‘ysunuvchi xodimlar
deyish mumkin.
3. Inson an’anaviy ish vaqti o‘zgartirilishi (to‘liqsiz
ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi)ga rozi. Shu bilan birga, u
yanada keskinroq o‘zgarishlarga (masalan, ishchi–xodimlikdan
tadbirkorlikka o‘tishga) qarshilik qilmaydi. To‘liqsiz ish
kuni yoki ish haftasi bunday holda unga boshqa
ish qidirish,
malakasini oshirish,
yangi (turdosh)
kasb egallash, o‘z
tadbirkorlik ishini boshlash uchun qulay imkoniyat tug‘diradi.
Yuqorida qayd etilgan yondashuvlarni korxona umumiy
strategiyasi bilan muvofiqlashtirish
quyidagicha amalga
oshirilishi mumkin:
— yuqoriroq bo‘sh lavozimlarni o‘z xodimlari hisobiga
to‘ldirish (mansabda o‘stirish);
— bo‘sh qolgan ishchi kuchini ishlab chiqarishning ishchi
kuchlariga ehtiyoji bo‘lgan uchastkalariga o‘tkazish;
—
ishlab chiqarish zaruriyati yoki xodim qiziqishini hisobga
olgan holda, ma’muriyat va xodimlar tashabbusi bilan ish
joylarini almashtirish;
—
ishchi kuchiga ehtiyoj sezilarli darajada kamayganda
ham, xodimning mehnat salohiyatidan to‘liq foydalanilmagan
hollarda uni saqlab qolish.
Dostları ilə paylaş: