Mavzu: PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholashni ishlab chiqishning ahamiyati. Reja: PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash maqsadi
va asosiy e’tibori.
PISA tadqiqoti doirasida kreativ fikrlash domenlari.
Ijtimoiy muammo yechimi.
Kreativ fikrlashning kompetensiyaviy modeli
PISA TADQIQOTIDA KREATIV FIKRLASHNI BAHOLASH MAQSADI VA ASOSIY E’TIBORI
PISA diqqatni oʻn besh yoshli oʻquvchilardan mantiqan kutish
mumkin boʻlgan kreativ fikrlash jarayonlariga qaratadi. Uning maqsadi
oʻta ijodkor shaxslarni aniqlab olish emas, balki gʻoyalarni ifoda etish va
aniqlashda oʻquvchilar naqadar kreativ fikrlay olishini, bu koʻnikma, oʻz
navbatida, oʻquv jarayoniga, maktab faoliyatiga va taʼlim tizimining boshqa jihatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil qilishdir.
PISA tadqiqotidan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlim siyosati va
tizimiga yaqqol natijalarga ega, oʻquvchilarning kreativ fikrlash borasida
xalqaro taqqoslash mumkin boʻlgan maʼlumotni taqdim etishdir. Topshiriq ostidagi kreativ fikrlash jarayoni taʼlim orqali takomillashtirishga moyil boʻlishi kerak; taʼlim jarayoni kontekstidagi ushbu fikrlash jarayonining turli yordamchi omillari aniq belgilanishi va baholashdagi koʻrsatkichlarga bogʻliq boʻlishi kerak; baholashda ishlatilgan soha mazmuni (kontenti) oddiy oʻrta maktabda oʻtiladigan fanlarga chambarchas bogʻliq boʻlishi kerak; baholash maktab va hayotda ijodiy yutuqlar borasida prognozlashtirish qiymatiga ega boʻlishi uchun, testlar ham oʻquvchi kundalik hayotida, ham
sinfda, ham tashqarida, mashgʻul boʻlgan real faoliyatlarga o‘xshashi zarur.
PISA tadqiqotida kreativ fikrlash yordamchi omillarining murakkab
turkumi borasida maʼlumot yigʻish qiyin, lekin amalga oshirsa boʻladigan ishdir. PISA ikki qismdan iborat: test va so‘rovnoma. Test qismi oʻquvchilar gʻoya berish, uni tahlil etish va takomillashtirish bilan bogʻliq vazifalarda oʻzlarining ijodiy yondashuv kognitiv jarayonlarini naqadar ishga sola olishlari haqida maʼlumot beradi. So‘rovnoma ushbu maʼlumotni oʻquvchi kreativ fikrlashining boshqa yordamchi omillari borasidagi maʼlumot bilan, jumladan, ijodiy yondashuv (ochiqlik, maqsad sari ishtiyoq va ishonch), maktab muhiti haqidagi tasavvurlari, maktab va uning tashqarisida shugʻullanadigan faoliyat kabi maʼlumotlar bilan toʻldiradi.
Baholashda baʼzi yordamchi omillar boshqalariga qaraganda
yaxshiroq yoritilgan. Masalan, hamkorlikda ishlash koʻnikmasi ijodiy
fikrlashning muhim yordamchi omili boʻlsa ham, tashkiliy va texnik
muammolar sababli u PISA tadqiqotida toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchanmaydi.
Qanday boʻlmasin, ushbu uslubiyatda hamkorlikda ishlay olish koʻnikmasi muhim shaxsiy koʻmaklashuvchi omil sifatida tan olingan.