Mavzu: pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholashni ishlab chiqishning ahamiyati. Reja


GʻOYALARNI BAHOLASH VA TAKOM ILLASHTIRISH



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə8/11
tarix23.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#134645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kreativ fikrlash fanidan mustaqil ish

GʻOYALARNI BAHOLASH VA TAKOM ILLASHTIRISH
99. Kreativ fikrlash bilan muvaffaqiyatli shugʻullanish nafaqat
odatiydan voz kechib, yangi narsani ishlab chiqish, balki niyat qilingan
maqsadga muvofiq ishlaydigan narsani yaratish hamdir. Mezonga solingan kognitiv jarayonlar yangi boʻlish bilan birga ayni damda munosib, samarali va ishlaydigan gʻoyalarni yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi (Cropley, 2006 [47]). Ular gʻoyalardagi kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin va koʻpincha kreativ mahsulotni takomillashtirish maqsadida gʻoya berish va birlamchi gʻoyalarni qayta shakllantirishga olib keladi. Shu sababli baholash va takomillashtirish kreativ fikrlash jarayonining markazida turadi. Oʻzgalar gʻoyasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va takomillashtirish koʻnikmasi, shuningdek, bilim yaratishning har qanday jamoaviy harakatining muhim qismidir. 100. Test topshiriqlari orasidagi bog‘liqlikni kamaytirish maqsadida, o‘quvchilardan oʻzlarining gʻoyalarini emas, oʻzgalarning mahsulotini takomillashtirish soʻraladi. Ushbu
qismdagi vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq
ssenariy berilib, ular berilgan gʻoyani oʻziga xos
tarzda takomillashtirishi zarur boʻladi. Bunda
ham baholaydigan va takomillashtiradigan
gʻoyalarning topshiriqqa mos kelishiga qaraladi.
Ushbu topshiriqlarda munosib javob oʻziga xos
takomillashtirish boʻlishi shart. «Oʻziga xos takomillashtirish» deganda,
vazifada berilgan gʻoyaning mohiyatini saqlagan holda, original elementlarni olib kirish va shu orqali ijodiy gʻoyalarga xos boʻlgan yangi va foydali elementlarni qamrab olish tushuniladi. mahsulotini takomillashtirish soʻraladi. Ushbu qismdagi vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq ssenariy berilib, ular berilgan gʻoyani oʻziga xos tarzda takomillashtirishi zarur boʻladi. Bunda ham baholaydigan va takomillashtiradigan gʻoyalarning topshiriqqa mos kelishiga qaraladi.


KREATIV FIKRLASH JIHATLARINI SOHALAR BOʻYICHA
Turli gʻoyalarni ishlab chiqish. Oʻquvchi berilgan shaklga (ma salan, rasm, karikatura yoki surat) turfa sarlavhalar yozadi, bu oʻsha shaklning turlicha izohini anglatadi. Oʻquvchi berilgan shakllarni turli usullarda terib, oʻzgacha yangi visual mah sulot hosil qiladi (masalan, logo yoki maxsus dizayn) yoki oʻquvchi maʼlumotni koʻrgazmali shaklga keltiradi (masalan, infografika) Kreativ gʻoyalarni ishlab chiqish. Oʻquvchi sanʼatga oid asarga oziga xos (original) sarlavha
taklif etadi. Oʻquvchi maktabda oʻtadigan yarmarka uchun ush bu yarmarka mavzusini ifodalaydigan poster ishlab
chiqadi. Gʻoyalarni baholash va takomillashtirsh. Yangi maʼlum qilingan maʼlumot asosida (rassomni ilhomlantirgan sabablar)
oʻquvchi sanʼat asarining mav jud sarlavhasi oʻrniga ta komillashtirilgan sarlavha taklif etadi, bunda avvalgi sar lavhaning elementlari saq lanib qolinishi kerak. Oʻquvchi berilgan koʻrgazma posterini takomillashtirish haqida original gʻoya beradi, bunda posterdagi shakllar saqlangan holda, koʻrgazma mavzuni yanada samaraliroq berishi mumkin boʻlgan elementlar kiritiladi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin