TURLI GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH Shaxsning ijodiy fikrlay olish qobiliyatining eng keng tarqalgan
koʻrsatkichi – bu ko‘pincha gʻoyaviy sermahsullik deb ataladigan, inson
ishlab chiqishga qodir bo‘lgan g‘oyalar miqdoridir. Darhaqiqat, gʻoyaviy sermahsullik shaxsning ijodiy faollikka moyilligini aniqlashda eng koʻp ishlatilgan oʻlchamdir.
Gʻoya ishlab chiqishni baholayotganda yaqqol farq qiladigan toifalar doirasida berilgan gʻoyalar ayni toifa doirasidagi gʻoyalardan yuqoriroq baholanishi kerak (Guilford, 1956 [46]). Masalan, vazifada bir parcha qogʻozdan foydalanishning ehtimoliy variantlari soʻralganda, «yozish, truba yasash, qogʻoz samolyotini yasash, izolatsiyalovchi modda sifatida ishlatish» deb javob bergan o‘quvchi «yozish, chizish, printerdan chiqarish» (yaʼni, bularning barchasi ayni, «qogʻoz tasvir sifatida», toifasida) deb javob bergan o‘quvchiga qaraganda gʻoya berish koʻnikmasining yuqoriroq darajasini namoyish qiladi. 94. Kreativ fikrlash testining turli gʻoyalarni ishlab chiqish jihati o‘quvchilarning turli sohalar uzra qayishqoqlik bilan fikrlash qobiliyatiga
diqqatni tortadi: masalan, muammoga turli yechim topish, hikoya uchun
turli gʻoyalar berish yoki gʻoyani turli usulda ifoda etish orqali. Ushbu
jihatga aloqador vazifalarda, o‘quvchilarga ochiq ssenariy taqdim etiladi, ulardan bir-biridan farqli ikki yoki uchta javob berish soʻraladi. Shuni taʼkidlash lozimki, o‘quvchi bergan gʻoyalarning turfaligini baholash javoblar muayyan vazifaga mosligiga bogʻliq boʻladi.
KREATIV GʻOYALARNI ISHLAB CHIQISH Kreativ fikrlash niyat bilan boshlanadi va joʻyali mahsulot yoki
gʻoya bilan tugaydi. Kreativlik borasidagi nazariy va amaliy tadqiqotlar
orasidagi tafovutlarga qaramay, umuman olganda ilmiy adabiyot ijodiy
mahsulot ham yangicha, ham foydali ekanligi masalasida yakdildir.
96. Lekin kreativ gʻoyalarni baholashdagi ushbu «foydali va yangicha»
mezon izohtalabdir. Birinchidan, adabiyotda «yangicha» deganda butkul
yangi narsani anglatadimi yoki faqatgina aʼlosinimi, ijodiy mahsulot
faqatgina ijodkor uchun yangi boʻlishi kerakmi yoki butun jamiyat uchunmi degan noaniqliklar mavjud (Batey va Furnham, 2006 [115]). 15 yoshlilarning gʻoyasini butkul yangilik va jamiyatning ijobiy
qabuli mezoni asosida PISA tadqiqotida baholash
nooʻrindir. Ushbu kontekstda, aloqador va koʻp tilga
olinadigan yangilikni baholashning «originallik»
mezoni kreativ gʻoyalarni baholashda foydali
konsepsiyadir. Guilford (1950 [116]) tomonidan
«statistik nomuntazamlik» deb taʼriflangan
ushbu mezon oʻz ichiga yangilik, noodatiylik,
muddatlilik sifatlarini qamrab oladi va joriy
populatsiya ichida kuzatilgan muntazamliklardan ogʻishga aytiladi.
97. Ikkinchidan, kreativ gʻoyalarning «foydali va yangicha» taʼrifi bar cha domenlarga birdek tegishliligi masalasi ham mavjud. Yangilik talabi baʼzi ilmiy faoliyatlarga kamroq tegishli boʻlishi mumkin. Xuddi foydalilik ta labi sanʼatdagi ijodiy faollikning asosiy talabi boʻlmaganidek, ilmiy faoliyatlarda ham samara va tatbiq etish imkoniyati hamda bilimni rivojlantirish
borasidagi muvaffaqiyat yangilikdan qadrliroq boʻlishi mumkin (Batey
va Furnham, 2006 [117]). Bu tafovutlar test vazifalarini tuzayotganda
inobatga olinishi zarur: masalan, original boʻlmagan javoblar eng maʼqul variant boʻlib turganda, yangicha (original) ilmiy yechim qidirishning ahamiyatini oʻquvchilarga ochiq-oydin tushuntirib berish muhim.
PISA testining kreativ gʻoyani ishlab chiqish jihati o‘quvchilarning
turli sohalar bo‘yicha munosib hamda original gʻoyalarni topish (masalan, original hikoya gʻoyasi, gʻoyani oʻziga xos usulda vizual ifodalash, ilmiyyoki ijtimoiy muammoning oʻziga xos yechimi) qobiliyatiga e’tibor qaratadi. gʻoyasini butkul yangilik va jamiyatning ijobiy qabuli mezoni asosida PISA tadqiqotida baholash
nooʻrindir. Ushbu kontekstda, aloqador va koʻp tilga
olinadigan yangilikni baholashning «originallik»
mezoni kreativ gʻoyalarni baholashda foydali
konsepsiyadir. Guilford (1950 [116]) tomonidan/
Boshqacha aytganda, o‘quvchilar oldiga boshqa insonlar, hattoki oʻylab koʻrmagan munosib yechimni taqdim etish vazifasi qoʻyiladi. Munosiblik mezoni javob vazifaning asosiy talablariga mos boʻlishi vazifa cheklovlariga (mavjud boʻlsa) rioya etishi hamda minimal tarzda foydalilikning aks etishi kerak degani. Ushbu jihatga oid vazifalarda, talabalarga ochiq ssenariy beriladi va ular birmuncha batafsil shaklda yangicha gʻoyani taqdim etishilozim.