KOMPETENSIYAVIY MODELNING JIHATLARI BO‘YICHA TOPSHIRIQLARNING TAQSIMLANISHI
Jihat
Sinov davomiyligi, foizda
Turli gʻoyalarni ishlab chiqish
40 %
Kreativ gʻoyalarni ishlab chiqish
30 %
Gʻoyalarni baholash va takomillashtirish
30 %
Sinovdan koʻzlangan maqsad kreativ fikrlashning ikki keng mavzudagi mazmun sohalariga va toʻrt domen orasida munosib muvozanatni topishdir.PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholashda topshiriqlarning taqsimlanishi 3-jadvalda aks etgan. 3-jadval TOPSHIRIQLARNING MAVZUVIY MAZMUN SOHASI VA DOMEN BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
Kreativ ifodalash
Yozma ifoda
25 %
Vizual ifoda
25 %
Bilim yaratish vamuammoni hal qilish
Ijtimoiy muammoni hal qilish
25 %
Ilmiy muammonihal qilish
25 %
Ushbu doirada belgilangan kreativ fikrlash jihatlarini baholashda foydalangan birliklar javoblarning quyidagi turfa turlaridan iborat: – Ochiq test topshiriqlari: bular, odatda, bir necha soʻzdan (masalan, rasm yoki ilmiy gipotezaga sarlavha) qis qa matngacha (hikoyani oʻziga xos tarzda yakunlash yoki dizayn gʻoya sini tushuntirib berish) boʻlgan yozma javobni taqozo etadi. Baʼzi ochiq test topshiriqlari vizual javobni (masalan, plakat chizish yoki berilgan shakllarni qoʻshish kabi) talab etadi. – Interaktiv simulatsiyaga asoslangan topshiriqlar: ushbu vazifalar o‘quv chilar ilmiy izlanish olib borishi mumkin boʻlgan laboratoriya mu hitini, yoki o‘quvchilar navbatdagi darajani tugallashi kerak boʻlgan oʻyin muhitini yaratib beradi. Bu vazifalarda o‘quvchilar oʻz xattiharakatlariga nisbatan darhol avtomatlashgan javob oladilar. – Oddiy va murakkab yopiq test topshiriqlari: bu topshiriqlar ko‘p variantlardan bittasini tanlash (masalan, yangi g‘oyani ishlab chiqish o‘rniga ilgari taklif etilgan g‘oyani tanlash), javoblarni siljitib joylashga (g‘oyalarni toifalashga) asoslangan javoblarni talab etadi. Javob turiga qarab vazifalarning taqsimlanishi kreativ fikrlashning toʻrtta domenida turlicha boʻladi.Bir qator potensial test sinovlari PISA testlari platformasi doirasida loyihalashtirilgan, ishlab chiqilgan va jamlangan. Tajriba-sinovlar uchun bo‘limlarning yakuniy bosqichiga o‘tadigan sinov guruhlari mamlakatlarning xulosa beruvchi ekspertlari bu potensial bo‘limlar turkumidan quyidagi muhim mezonlar asosida (lekin bu bilan cheklanib qolmay) saralab olingan: – ushbu doirada kreativ fikrlashda muhim deb topilgan nazariyalar (masalan, kompetensiyaviy modeli, domenlar)ning aks etishi; –ko‘nikmalar darajasini aniq farqlaydigan vazifalar turkumi; –vazifa shakllarining munosibligi va turliligi; – tanlangan o‘lchov vositalari uchun ishonchli kodlashtirish va baholash yoʻriqnomalarini ishlab chiqish imkoniyati; – mavzularning kelib chiqishi va millatidan qatʼi nazar, barcha o‘quvchilar uchun tanish va tegishli boʻlishi; – kognitiv laboratoriya va validatsiya tadqiqotlaridagi samarasi. Kompetensiyaviy modelning har bir jihatiga toʻgʻri keladigan ochiq test topshiriqlarining bari o‘sha for matda boʻlgani uchun, ularni kod lash tartibi ham shunday boʻladi. Lekin, javoblarning aniq shakli (masalan, sarlavha, yechim yoki dizayn) domen va vazifaga qarab farqlangani uchun, javobning originalligi va turfaligini baholaydigan mezonlar ham farqli boʻladi. Ishlab chiqilgan kodlash yoʻriq nomasi kodlash jarayonidagi har bir qadamni batafsil yoritadi ham da kodlovchilarni yoʻnaltirish va ular orasida umumiylikni taʼminlash maqsadida namunaviy javoblarni taqdim etadi. Lekin ushbu sinovdagi baholash qiyinchiliklari PISA dasturining boshqa domenlariga qaraganda ancha yuqoriroqdir, bu ushbu kreativlik domenining mohiyati bilan bogʻliq. Ochiq turdagi vazifalardan foydalanish PISA dasturidagi barcha ishtirokchi davlatlar, madaniyatlar va tillarga tegishli avtomatlashtirilgan va inson tomonidan baholash uslublarining ishlab chiqilishi zarurligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu baholashdagi qiyinchiliklarni va ularning oldini olish yoʻllarini muhokama qilish maqsadga muvofiq.
3. O‘quv strategiyasini ishlab chiq ish.
4. Fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning asosiy jihatlari.