Mavzu: pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholashni ishlab chiqishning ahamiyati. Reja



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə4/11
tarix23.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#134645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kreativ fikrlash fanidan mustaqil ish

VIZUAL IFODALASH
Vizual ifodalash domenida, oʻquvchilar turli koʻrgazmali material
va jarayonlar orqali oʻz gʻoya va kechinmalarini ifodalaydilar (Irish
National Teacher Association (INTO), 2009 [109]). Vizual ifodani tayyorlash oʻquvchilarga ham ochiq, ham yashirin mazmunga ega rasmlarni tahlil sonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida
tafakkur qiladilar, oʻz ishidan kutilgan natijalarni
aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy
munosabat bildiradilar (Carter, 2001 [107]).
Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va
emotsiyonal rivoj lanishning yangi qirralarini
ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq etishga, umuman olganda, maʼlumot, kommunikatsiya va dizayn qanday
ishlashini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Kreativ vizual ifodalashning soʻnggi yillarda ahamiyati oshmoqda: raqamli rasm va dizayn dasturlarining koʻ payib ketishi natijasida, bir kuni deyarli barcha insonlar yo oʻzlariga, yoxud atrofdagilarga taʼsir qiladigan vizual kommunikatsiya bilan
shugʻullanadi lar (masalan, ishga kirish uchun yuborayotgan rezyumening vizual koʻr kamligining ahamiyati haqida oʻylab koʻring).
78. Vizual ifodalash domeni uchun tuzilgan test savollari oʻquvchilardan
quyidagilarni talab etadi: dijital chizish vositasi orqali ochiq turdagi visual dizayn vazifasini bajarish; taklif etilgan ssenariy asosida vizual dizayn gʻoyasini berish (masalan, muayyan detalni qoʻshish haqida va hokazo); vazifada keltirilgan koʻrgazma shaklini takomillashtirish gʻoyasini berish.


IJTIMOIY MUAMMONI HAL QILISH

Kundalik hayotda oʻquvchilar turli oʻzaro munosabatlaridagi va


jamiyatdagi muammolarni yechishda kreativ fikrlashdan foydalanadilar.
Ushbu kontekstda kreativ fikrlash muammoning nafaqat texnik jihatini,
balki ijtimoiy jihatini, yaʼni boshqalarning ehtiyoj va nuqtayi nazarini hisobga olgan holda, shaxslararo, jamiyatdagi va dunyodagi global muammolarni yechishdan iborat. Ushbu domendagi kreativ fikrlash oʻquvchining boshqalarga hamdard boʻlish hamda muayyan guruh ehtiyojlarini anglash,bogʻliqliklarni aniqlash va emotsional qiymatga ega gʻoyalarni berish hamda
innovatsion, lekin ayni damda tatbiq etilishi mumkin boʻlgan yechimlarni taklif etish qobiliyatiga bogʻliqdir (Brown va Wyatt, 2010 [110]).
Ijtimoiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar oʻquvchidan
quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: yakka tartibda yoki ehtimoliy
guruh ssenariysida ijimoiy ahamiyatga ega ochiq muammoni yechish
vazifasini bajarish; berilgan ssenariy asosida ijtimoiy muammolarga yechim topish; tayyor yechimni yanada takomillashtirish.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin