Mavzu: Qadimgi rusda jismoniy tarbiya Reja: Qadimgi Rusda jismoniy madaniyat (IX-XVII asrlar). Rus dvoriyanlari muhitida jismoniy tarbiya


Rus dvoriyanlari muhitida jismoniy tarbiya



Yüklə 21,27 Kb.
səhifə3/3
tarix26.12.2023
ölçüsü21,27 Kb.
#197282
1   2   3
Документ Microsoft Word

Rus dvoriyanlari muhitida jismoniy tarbiya.
Dvoryanlar muhitida jismoniy tarbiya taraqqiyoti, birinchi navbatda, armiya, flot va davlat muassasalari uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati bilan belgilanar edi.
1717 yili Pyotr I ning toprishig’i bilan dvoryanlar oilaviy hayoti va turmushi tartibini belgilab bergan «Domostroy» o’rniga jamoatchilik orasida xulq-atvor qoidalari hamda dvoryanlar bolalari hayoti va turmushiga qo’yiladigan talabalarni o’z ichiga olgan «Yoshlikning haqiqiy ko’zgusi» nomli yangi qo’llanma nashr etildi. Mazkur kitobda shunday deyilgan edi. «Agar yosh dvoryan mashq qilishda (ta’lim olishda), xususan, til bilish, ot minish, raqs tushish, shamshir bilan olishish sohasida kamolotga yetgan bo’lsa, shu bilan birga, chiroyli gapira oladigan va ko’p kitob o’qigan bo’lsa, u o’zining ana shu fazilatlari tufayli bevosita saroy amaldori bo’la olishi mumkin». Bundan ko’rinib turibdiki, saroy amaldori chet tillarni bilish, raqs tusha olish va nutq san’atini egallash bilangina cheklanib qolmasligi, balki otda yurish va shamshir bilan olishish san’atini ham mukammal egallagan bo’lishi kerak edi.
O’quv yurtlarida jismoniy tarbiya.
Rus davlatida XVIII asrning birinchi choragidagi o’tkazilgan islohatlar va o’zgarishlar tizimida harbiy va fuqaro o’quv yurtlarida jismoniy tarbiyaning joriy etilishi Rossiyada jismoniy tarbiyaning taraqqiy etishi uchun juda muhim ahamiyat kasb etdi. Qilichbozlik, otda yurish, eshkak eshish, kema arqonlaridan tirmashib chiqish jismoniy tarbiyannig asosiy vositalari bo’lgan.
Yuqorida eslatib o’tilgan Matematika va navigasiya fanlari maktabi jismoniy tarbiyani majburiy o’quv fanlaridan biri sifatida joriy etgan birinchi o’quv yurti bo’ldi. Maktabda boshqa fanlar bilan bir qatorda yelkanni boshqarish, eshkak eshish, rapirada olishishni (qilichbozlik) mashq qilish fanlari ham o’rganilar edi. Maktab binosi Suxarev minorasida qilichbozlik mashg’ulotlari uchun maxsus zal jihozlab qo’yilgan edi.
1703 yili Pyotr I ning topshirig’i bilan Moskvada asir olingan nemis pastori Ernest Glyukning xususiy gimnaziyasi ochildi. Bu gimnaziyada boshqa o’quv fanlari bilan bir qatorda jismoniy tarbiya (otda yurish, chavandozlik) mashg’ulotlari ham o’tkazilar edi.
Dengiz akademiyasida qilichbozlik, qo’l jangi usullari jismoniy tarbiya vositalari hisoblanardi.
Ruhoniylargina emas, balki davlat muassasalari uchun amaldorlar tayyorlaydigan diniy o’quv yurtlarida ham jismoniy tarbiya joriy etiladi. Ammo diniy seminariyalarda jismoniy tarbiya fani boshqa fanlar bilan bir qatorda o’quv dasturi bo’yicha o’tkaziladigan dunyoviy o’quv yurtlaridan farqli ravishda harakatli o’yinlar va sayrlar shaklida bo’lib («halol va badanni harakatlantiruvchi sayrlar…»), uning uchun har kuni darsdan tashqari 2 soat vaqt ajratilar edi.
XVIII asr o’rtalarida dvoryan bolalarini harbiy xizmatga tayyorlash maqsadida dvoryanlar uchun maxsus o’quv yurtlari ochildi. 1731 yilda quruqlikdagi shlyaxta kadet korpusi, 1752 yilda dengiz shlyaxta korpusi, pajlar korpusi va boshqalar tashkil etildi. Jismoniy tarbiya bu o’quv yurtlari dasturiga ham kiritilgan edi. Quruqlikdagi kadet korpusida ot minish, qilichbozlik, raqslar, kurash, eshkak eshish va yelkan ishlari jismoniy tarbiya vositalari vazifasini o’tagan bo’lsa, pajlar korpusida esa otda yurish, qilichbozlik, to’p o’yini, kegli, raqslar jismoniy tarbiya vositalari bo’lib xizmat qilgan. Kadetlar jismoniy tarbiyasiga alohida e’tibor berilar edi. Bu sohada ko’proq yutuqqa ega bo’lgan kishilar rag’batlantirilib turilar edi. Kurash va qilichbozlik bo’yicha o’quv musobaqalarida muvaffaqiyat qozonganlarning nomlari saf oldida e’lon qilinardi. Otda yurish, qilichbozlik va raqslardan xalq oldida har yili ikki marta imtihon olinar edi.
1755 yilda buyuk rus olimi M.V.Lomonosovning tashabbusi bilan Moskva universiteti barpo qilindi. Bu universitetning o’quv fanlari orasida qilichbozlik va raqs ham bor edi. M.V.Lomonosov asarlarida shaxsiy va ijtimoiy gigiyena, sog’liqni saqlash va kishi umrini uzaytirish masalalariga doir ko’rsatmalar bayon qilingan.
XVIII asrning birinchi choragida Rossiyada yuz bergan iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar hukmron sinflar jismoniy tarbiyasini taraqqiy ettirish uchun qulay sharoit yaratdi. Jismoniy tarbiya elementlari rus dvoryanlari turmushiga kengroq joriy qilina boshladi. Harbiy va ayrim fuqarolar bilim yurtlarida jismoniy tarbiya majburiy fan tariqasida joriy etildi. O’quv yurtlari va harbiy bilim yurtlarida maxsus jismoniy mashqlar dasturlari kiritildi. Bunda P.F.Lesgaftning (1837-1909 y.) hissasi va xizmati kattadir. Harbiy kuchlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligi yanada taraqqiy etdi. Jismoniy tarbiyaning ta’lim-tarbiyaviy va tabiiy-ilmiy asoslari tarkib topa boshladi.
Xalq ommasi jismoniy tarbiyasida feodalizmning buzilishi va kapitalistik munosabatlarning taraqqiy eta boshlashi davrida deyarli o’zgarishlar yuz bermadi. Rus mehnatkashlari ommasi va Rossiyadagi boshqa xalqlar ayovsiz ekspluatasiya, qashshoqlik va siyosiy huquqsizlik sharoitida bolalar hamda yoshlarni jismonan o’stirish va sog’lomlashtirish maqsadida jismoniy mashqlardan keng foydalanish imkoniyatidan mahrum edilar. Xalq hayotida jismoniy mashqlar va chiniqtirish metodlarining an’anaviy xalq turlari saqlanib qoldi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, sobiq sovetlar mamlakati (Rossiya) 1917-1941 yillar davomida jismoniy tarbiya va sportni yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish masalalariga doir juda ko’p muhim tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi. Sovet sportini jahonga tanitish maqsadida 1928 yilda o’tkazilgan I Butunittifoq spartakiadasi shular jumlasidan edi. Uning an’analarini kasaba uyushmalari tashkilotlari keyinchalik davom ettirdi. Ilg’or tajribalar va sinov-tekshirishlar asosida sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi.
XX asrning 30-40 yillar (davomida) sovet sportchilari chet mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar bog’lashga urindi.
Yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligini oshirish va jismonan barkamollikni ta’minlash yo’lida «Mehnat va mudofaaga tayyor» (GTO) jismoniy madaniyat majmui ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jismoniy tarbiya tarixi. Darslik (tarjima), T., «O’qituvchi», 1975.
2.Abdumalikov R., Eshnazarov J.E., Ajdodlar jismoniy madaniyat tarixini o’rganish masalalari, O’quv qo’llanma, T., Matbuot, 1993.
3.Eshnazarov J., Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish. Darslik, Toshkent, “Fan va texnologiya”, 2008.
4.Arxiv .uz
5.Ziyonet.uz
Yüklə 21,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin