Mavzu: Qandli diabet



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə2/6
tarix11.10.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#153535
1   2   3   4   5   6
Qandli diabed

Klinik manzarasi

  • Asosiy:
  • Poliuriya - bu glyukozaning yuqorligi sababli siydik osmotik bosimini ko‘tarilishi natijasida uning ajralishini keskin ko‘payishi;
  • Polidipsiya - doimiy chanqoqlik hissi. Ko‘p miqdorda siydik ajralishi va qonning osmotik bosimi ko‘tarilishi tufayli vujudga keladi;
  • Polifagiya - doimiy ochlik hissi- hujayralarning glyukozani qabul qilish va ishlab chiqarish xususiyatini yo‘qotishi bilan bog‘liq;
  • Ozib ketish (ayniqsa birinchi tip qandli diabetda) - diabetning ko‘p uchraydigan belgilaridan biri bo‘lib, bemorlarda ishtaha yuqori bo‘lishiga qaramasdan rivojlanadi. Ba’zan kaxeksiya darajasigacha ozib ketish oqsillar hamda yog‘laming yuqori katabolizmi tufayli yuzaga keladi va hujayralarda energiya almashinuvida glyukozaning qatnashmasligi sababli kelib chiqadi.

Ikkilamchi belgilari

  • Kasallikni 2 - tipida klinik belgilar sekin - asta namoyon bo‘ladi va ba’zan bemorlar dermatolog yoki ginekolog maslahatiga zamburug1 kasalliklari, chipqon va tashqi jinsiy a’zolar sohasidagi qichishishlar bilan murojaat qilganda aniqlanadi.
  • 2 - tip qandli diabetning ikkilamchi belgilari uzoq vaqt davomida sekin - asta rivojlanib ularga quyidagilar kiradi:
  • teri va shilliq qavatlaming qichishishi (qin qichishishi);
  • og‘iz qurishi;
  • mushaklarning umumiy holsizligi;
  • bosh og‘rig‘i;
  • davolash qiyin bo‘lgan teridagi yallig‘lanish kasalliklari;
  • ko‘rishning pasayishi.
  • Bundan tashqari, bemorlarda neyroangiopatiya (oyoq va qo‘llarda muzlash, paresteziyalar, tishlarning tushib ketishi, sezgi susayishi va boshqalar) belgilari kuzatiladi.

Laborator-asbobiy tekshirishlar

  • Qandli diabetni tashhislashda qondagi glyukoza miqdorini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Och qorinda venoz qon zardobida glyukoza 7,8 mmol/1 (140 mg/%), kapillyar qonda esa 6,7 mmol/1 (120 mg/%) ga teng bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bemorda qandli diabet mavjudligidan dalolat beradi. Qand miqdori 8,88 mmol/1 (160 mg/%) dan yuqori bo‘lgan hollarda glyukozuriya paydo bo‘ladi. Ba’zan og‘iz orqali 75 g glyukoza berilib, unga bo‘lgan chidamlilik sinamasi o‘tkaziladi. Ikki soatdan so‘ng qonda qand miqdori 11,01 mmol/1 (200 mg/% va yuqori) dan baland bo‘lsa qandli diabet tashhisini tasdiqlovchi belgi hisoblanadi.
  • Shuningdek, qondagi immunreaktiv insulin va glyukagon miqdori hamda S - peptidni aniqlash oshqozon osti bezining funksional holati haqida axborot beradi.
  • Sog‘lom kishida 4-6 % gemoglobin glyukoza bilan bog’langan holda bo‘ladi va u glikolizirlangan gemoglobin nomi bilan ataladi. Ushbu ko’rsatkichning oshishi nafaqat qandli diabet tashhisini tasdiqlash balki kasallikning kompensatsiya davrini nazorat qilish va baholash uchun ham qo‘llaniladi.
  • Bundan tashqari, qandli diabetda maxsus oftalmologik tekshiruvlar o‘tkaziladi va buyraklarning funksional holati baholanadi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin