Qonda glyukoza miqdorining oshishi (300 mg/% dan 600-1000 mg/% gacha), giperketonemiya (me’yoridan 10-20 marta ko‘payib ketishi), arterial qonda rN ko‘rsatkichini 7,3 past bo‘lishi, siydikda glyukozuriya va atsetonuriya diabetik ketoatsidozga xos laborator belgilar hisoblanadi. Shuningdek, qonda natriy, kaliy va fosfat miqdori kamayib ketadi. Neytrofilez, giperketonemiya (0,3-0,4 mmol/1) aniqlanadi.
Davolash.
. Diabetik ketoatsidozni davolash choralari hujayralardan tashqaridagi suyuqlik va qon zardobi miqdorini tiklash, qon bosimini mo’tadillashtirish, buyraklarda qon aylanishini yaxshilash va ionlar ekskretsiyasini ko‘paytirish, giperglikogenezni, giperketogenezni kamaytirish, glyukoza, keton tanachalari va qonda elektrolitlar miqdorini me’yoriga keltirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Insulinterapiya
Giperosmolyar (giperglikemik) koma
Ushbu patologik jarayon qonning yuqori osmolyarligi va giperglikemiya hamda organizmning yaqqol suvsizlanishi bilan kechadi. Giperosmolyar koma 2-tipdagi qandli diabetda kuzatilib, uning kam uchraydigan asorati hisoblanadi va ko‘proq yoshi ulug‘ kishilarda qayd etiladi.
Belgilari
Giperosmolyar koma bir necha kun ichida rivojlanib, bemorlami yuqori darajadagi holsizlik, tashnalik va poliuriya bezovta qiladi.
Deyarli barcha hollarda anoreksiya kuzatiladi.
Obyektiv ko‘rikda teri va shilliq pardalar quruq, teri elastikligi pasaygan, mushaklar va ko‘z soqqasi tonusi susaygan.
Bemordan atseton hidi kelmaydi, ammo komatoz holat tez rivojlanadi.
Glyukozani ko‘p miqdorda miya hujayralariga kelishi hamda ko‘plab sorbitol hosil bo‘lishi sababli bemorlarda miyada qon aylanishining buzilishiga xos o‘choqli o‘zgarishlar kuzatiladi.
Og‘ir degidratatsiya holati giperosmolyar gipotoniyaga, miokardni qisqaruvchanlik faoliyatining susayishiga, koptokchalar filtratsiyasining kamayishga, oliguriya va anuriyaga olib keladi.
Natijada bemorda prerenal buyrak yetishmovchiligi va chuqur koma rivojlanadi. 0‘z vaqtida zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim yuz beradi.