Mavzu: Qandli diabet



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə3/6
tarix11.10.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#153535
1   2   3   4   5   6
Qandli diabed

Davolash.

  • Parhez 55-60%uglevod, 15-20%oqsil, 20-30%yog’lar mevalar, oqsilga boy mahsulotlar.
  • Maninil
  • Amaril
  • Diabeton
  • Glyurenorm
  • Insulinoterapiya

Qandli diabetning asoratlari va ularni davolash

Kechki yoki surunkali asoratlar

Diabetik ketoatsidoz

  • Bemor organizmida insulinning mutlaq yetishmovchiligi va unga qarshi gormonlarning (glyukagon, katexolaminlar, kortizol, o‘sish gormoni) ko‘payishi oqibatida rivojlanadigan yuqori giperglikemiya (300 mg/% va undan yuqori), giperketonemiya, tizimli atsidoz, elektrolitlar almashinuvining buzilishi va organizmning suvsizlanishi bilan kechuvchi o‘tkir holat.

Rivojlanish patogenezi

  • Diabetik ketoatsidoz 1-tipdagi qandli diabet o‘tkir boshlanishida yoki unga chalingan bemorlar insulin qabul qilishni to‘xtatib qo‘yganda rivojlanadi.
  • Organizmda insulinning keskin yetishmovchiligi oqibatida jigarda lipoliz, ketogenez, proteoliz, glyukoneogenez jarayonlarini to'xtatish imkoni bo‘lmaydi. Bir vaqtning o‘zida insulinga qarshi gormonlarning oshishi lipolizni kuchaytiradi va yog‘ kislotalarining ko‘payib ketishi oqibatida jigarda keton tanachalari hosil bo‘lish jarayoni jadallashadi. Kortizol, glyukagon va katexolaminlar jigarda giperglyukoneogenezni oshiradi. Hosil bo’lgan ortiqcha glyukoza qonga o‘tganligi sababli giperglikemiya, giperketonemiya va tizimli atsidoz kuzatiladi.

Belgilari

  • Bemorlarda chanqash, glyukozuriya oqibatida kuzatiladigan poliuriya rivojlanadi. Ammo ushbu belgilar asoratsiz kechuvchi qandli diabetdan farqli o‘laroq, yaqqol namoyon bo‘lgan mushak kuchsizligi (yurishning, gapirishning qiyinlashishi) bilan kuzatiladi. Deyarli barcha bemorlar anoreksiya, ko‘ngil aynishi va qayt qilishga shikoyat qiladilar. Ayrim hollarda, qorinda og‘riqlar bo‘lishi mumkin.

Ko’ruvda

  • bemor terisi quruq,
  • elastikligi pasaygan,
  • ko‘z soqqalari yumshoq va mushaklar gipotoniyasi aniqlanadi.
  • Nafas olganda chiqaradigan havodan atseton hidi keladi
  • bemor depressiv holatda bo‘ladi.
  • Bemorlarda atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lish istagi yo‘qolib boradi
  • savollarga qiyinlik bilan javob beradilar.
  • Kussmaul nafas olish boshlanadi. Keyinroq nafas olish shovqinlari yo‘qolib, bemorda yuqori giperglikemiya, atsidoz, organizmning keskin suvsizlanishi sababli diabetik ketoatsidoz belgilari rivojlanib borib soporoz holat yuzaga keladi va so‘ngra koma rivojlanadi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin