Mavzu. Qishloq xo’jaligida yer fondi resurslari va undan foyalanish samaradorligi


  Qishloq xo`jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini



Yüklə 317,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix25.04.2023
ölçüsü317,39 Kb.
#102590
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU QXI

2. 
Qishloq xo`jaligida yer fondlaridan foydalanish darajasi va samaradorligini 
ifodalovchi ko`rsatkichlar 
 
 
Qishloq xo`jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan, undan qanday 
(samarali, samarasiz, yaxshi yoki yomon) foydalanayotganligimizni bilishimiz zarur. 
Yerdan foydalanishning darajasi, samaradorligini aniqlashning usullari olimlar 
tomonidan yetarli darajada chuqur o`rganilgan. Iqtisodiy fan qishloq xo`jaligida 
yerdan foydalanish holatini ifodalovchi ko`rsatkichlarni ikki guruhga bo`lib 
o`rganadi. Birinchi guruhga yerdan foydalanish darajasini ifodalovchi quyidagi 
ko`rsatkichlar kiradi: 
1). Yer fondining tarkibi (strukturasi). Jami yer maydonida qishloq xo`jaligiga 
yaroqli (qishloq xo`jaligiga tayin etilgan) yerlarining salmog`i, (foizlarda ifodalanadi). 
Bu ko`rsatkich quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
 
 
 
К
х.ер.сал 

К
ХТЭ.ер.м 
жами ер м. 
100 
Bunda: Q
x
er
sal.
– qishloq xo`jaligiga yaroqli yer salmog`i, % 
Jami yer m. - 
jami yer maydoni, ga
Q
XTE.er.m.
- qishloq xo`jaligi uchun tayin etilgan yer maydoni, ga


Bu ko`rsatkich mavjud (mamlakatda, regionda, xo`jalikda) yer maydonlarining qancha 
qismi qishloq xo`jaligi uchun yaroqli (yoki qishloq xo`jaligiga tayin etilganligini) ekanligini 
bildiradi. Turli xo`jaliklarning, mamlakat va regionlarning umumiy yer maydonlari bir 
miqdorda bo`lishiga qaramasdan qishloq xo`jaligida foydalanishga yaroqli bo`lgan 
maydonlari turlicha bo`lishi mumkin. Qishloq xo`jaligiga yaroqli bo`lgan yerlari kam 
miqdorda bo`gan davlatlar, region va xo`jaliklar bu masalaga alohida qarashlari zarur. Ular 
har bir gektar yerni avaylab asrashi va qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqlarga o`tib 
ketishini juda qattiq nazoratga olishlari zarur bo`ladi. Bu mamlakat, region va xo`jaliklarda 
yerlarni qishloq xo`jaligidan boshqa tarmoqqa o`tib ketishi faqatgina davlat zarurati
imkonsiz hollarda yoki juda katta samara keltirishi mumkin bo`lgan holatlardagina amalga 
oshirilishi kerak. 

Yüklə 317,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin