qimmat turadi. Demak unga narx belgilashda, boshqa maqsadlar uchun ajratganda yoki
soliq yukini belgilaganda bu omilni hisobga olib zarur bo`ladi.
3). Yerdan foydalanish koeffitsiyenti (martaliligi). Bu ko`rsatkich
quyidagi formula
yordamida aniqlanadi.
Е
р.
ф.
к
=
Х
.
эк.
м
ЭМ
Bunda: Yer f.k. – yerdan foydalanish koeffitsiyenti, marta
EM -
jami ekin maydoni, ga
H e m. - haqiqatda ekilgan ekin maydoni, ga
Ushbu ko`rsatkich
har bir mamlakat, region va xo`jaliklarda bir biridan keskin farq
qiladi. Uning darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasi,
aholining va yer
maydonlarining miqdori (soni) kabi ko`plab omillar ta`sir etadi.
Yer fondidan foydalanish ko`rsatkichlarining ikkinchi guruhiga iqtisodiy samaradorlik
bilan bog`liq ko`rsatkichlar kirib ularning o`zi natural va qiymat ko`rsatkichlarga bo`linadi.
Natural ko`rsatkichga qishloq xo`jaligi ekin turlarining hosildorligi kiradi. Hosildorlik
quyidagicha aniqlanadi.
Хосилдорлик =
ЯХ
ЭМ
Bunda: H – ekin turlarining (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosildorligi, s/ga
Em - ekin (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) maydoni, ga
Yah - yalpi (paxta, bug`doy, makka, uzum, meva...) hosil, s
Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini quyidagi ko`rsatkichlar yordamida
aniqlash maqsadga muvofiq:
1). Yer maydoni birligi hisobiga olingan yalpi mahsulot, so`m. Bu ko`rsatkich
quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Ер.
ф.
с =
Ям
ЭМ
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m
EM - jami ekin maydoni, ga
Y.m. – yalpi mahsulot, so`m
Bu ko`rsatkich doimo o`sib borsa ijobiy rivojlanish hisoblanadi. Albatta uning
darajasiga juda ko`plab omillar (iqtisodiyotning, texnologiyaning rivojlanganlik darajasi,
inflyatsiya darajasi, ekin turlari va mahsulotlarga shakllanadigan narxlar darajasi....) ta`sir
etadi.
2). Yer birligi hisobiga
olingan foyda miqdori, so`m. Bu ko`rsatkich quyidagi formula
yordamida aniqlanadi.
Ер.
ф.
с =
Ф
ЭМ
Bunda: Yer f.s. – yerdan foydalanish samaradorligi, so`m
EM - jami ekin maydoni, ga
F. –jami olingan foyda (yoki sof foyda), so`m
Ushbu ko`rsatkich natijalari ham o`sib borgan holdagina ijobiy sanaladi. (Unga ta`sir
qiladigan omillar juda ko`p va uning o`sish darajasi qanday bo`lishi boshqa masala).
Albatta, yerdan ajratmagan holda suv resurslaridan foydalanishni ham o`rganish lozim.
Ayniqsa, mamlakatimiz uchun resurslarining ahamiyati katta. Shu sababli 1 metr kub suv
hisobiga olingan mahsulot miqdori undan foydalanishning samarasini bildiradi. Bu
ko`rsatgichlarni natura va qiymat holida hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: