SM-haqiqatda sug’orilgan maydon, ga;
SMM-sug’orilishi mumkin bo’lgan maydoni,ga.
Buni aniqlash natijasida suvdan foydalanish darajasi belgilanadi. Bu ko’rsatkichni
aniqlashda ekinlarga suv byerish me’yoriga alohida e’tibor byerish maqsadga muvofiqdir.
CHunki
unga rioya qilinsa, albatta, suvdan foydalanish darajasi yuqori bo’ladi. Demak,
uning darajasi, ya’ni koeffitsienti 1 dan yoki 100 foizdan yuqori bo’lmasligi lozim. Agarda
yuqori bo’lsa, unda ekin maydonlari sifatli sug’orilgan bo’lmaydi.
mahsulotlar yetishtirilganligi hamda necha so’mlik yalpi mahsulot va yalpi daromad,
sof foyda olinganligi aniqlanadi.
e) Sug’orish sistemasi (tizimi)dan foydalanish koeffitsienti. Uning darajasini aniqlash
uchun shu tizimning oxirida ekinlarni sug’orish maqsadida
byerilgan suv miqdorini shu
tizim boshida olingan suv miqdoriga taqsimlash zarur.
Bunda quyidagi tenglikdan
foydalanish mumkin:
SÒÎEBS
STFK=
SÒBÎSÌ
;
Bunda: STFK – sug’orish sistemasi (tizim)dan foydalanish koeffitsienti;
STOEBS – sug’orish tizimining oxirida ekinlarga byerilgan suv miqdori;
STBOSM – sug’orish tizimining boshida olingan suv miqdori.
Bu ko’rsatkich darajasi yoki koeffitsienti 1 ga intilishi kyerak. CHunki sug’orish
sistemasining boshida olingan suv ekin maydonlariga to’liq yetkazilishi lozim. Agar uning
darajasi past bo’lsa, demak, suvning ma’lum miqdori tizim davomida yoki parlangan yoki
tuproqqa sizib ketgan yoki oqib ketgan bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkich
sistemaning
holatini ham isbotlaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatgichlar tizimidan foydalangan
holda tarmoqda yoki
qishloq xo’jalik subektlarida suvdan foydalanish darajasini hamda
samaradorligini aniqlash
natijasida ularning faoliyatini to’liq tahlil qilish mumkin. SHndan so’ng suv resurslaridan
istiqbolda foydalanish chora-tadbirlarini asoslangan holda ishlab chiqish mumkin.
Dostları ilə paylaş: