Mavzu: Qo’riqxonalar, milliy bog’lar va buyurtmaxonalar


O’rta Osiyo qo’riqxonalari



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə2/4
tarix16.05.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#114260
1   2   3   4
qoriqxonalar

O’rta Osiyo qo’riqxonalari
Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi Turkiston tizmasi g‘arbiy qismining shimoliy yon-bag‘irda, Zomin tog‘ida 1900-3500 metr mutlaq balandlikda joylashgan. Bu yerda tog‘ dasht (cho‘l), o‘rmon va subalp o‘simlik mintaqalari mavjud. Qo‘riqxona hududida 150 dan ortiq o‘simlik turlari uchraydi. Qo‘riqxona hududining katta qismi – 6756 gektari o‘rmon mintaqasi, archazordan iborat. Bu yerda archaning uch turi uchraydi. O‘rmonzorning pastki qismida (1900-2700 metr balandlikda) Zarafshon archasi yoki qora archa, o‘rta qismida (2100-2800 metr) yarim sharsimon yoki savr archa, yuqori qismida (2100-3200 metr) turkiston archasi (o‘rik archa) o‘sadi. Qo‘riqxonada sudralib yuruvchi hayvonlarning 6 turi, parrandalarning 63 va sutemizuvchilarning 18 turi mavjud. Sutemizuvchilardan oq tirnoqli ayiq, to‘ng‘iz, silovsin, bo‘ri, tog‘ echkisi, arhar (tog‘ qo‘yi), jayra, quyon, kaklik, qirg‘iy, burgut, boltayutar, himolay kurkasi, tog‘ qarg‘asi, qalqontumshuqilon, chiporilonlar yashaydi. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasida archazorlarning tabiiy holati va archa-o‘rmon mintaqasiga xos tipik tabiiy geografik komplekslarni saqlash, ularni har tomonlama tadqiq etish, tabiiy boyliklar sifatini yaxshilash, ularni ko‘paytirish, shuningdek archa biologiyasini o‘rganish, archazorlarni kengaytirish, hayvonot dunyosini saqlash va tiklash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Qo‘riqxona har yili o‘rmon xo‘jaligiga 1,5 tonnadan ko‘proq qimmatli archa urug‘ini yetkazib bermoqda.
Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi Chotqol tizmasining janubi-g‘arbiy qismida dengiz sathidan 1000-3200 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, maydoni 47,5 ming gektar yerni tashkil qiladi. Qo‘riqxona hududida quruq dashtdan tashqari mevali o‘rmonlar, archazorlar, alp o‘tloqlari kabi landshaft mintaqalari mavjuddir. Bu yerda 600 dan ortiq o‘t, 40 ga yaqin daraxt va buta o‘simlik turlari uchraydi. Qo‘riqxona hududining 40 protsenti archazorlardan iborat. Shuningdek, bu yerda pista, Kavkaz shamshodi, zirk, irg‘ay va boshqa noyob buta va daraxtlar ko‘p uchraydi. Qo‘riqxonada sudraluvchilarning 23 turi yashaydi. Yirtqichlardan savsar, oq suvsar, bo‘rsiq, ayiq, bo‘ri va boshqalar uchraydi. Qo‘riqxonaga 1953 yilda yelik bug‘usi (kosulya) olib kelingan edi. Hozir yelik tobora ko‘payib bormoqda. Qo‘riqxonaning toshli va qoyali landshaftlarida kiyik yashaydi. Kiyiklarning soni bir necha yuz boshdan ortiq.
Chotqol qo‘riqxonasining eng qimmatli hayvonlaridan biri relikt jonivor – menzbir sug‘uridir. Shuni aytish kerakki, sug‘urning 14 turi mavjud bo‘lib, shundan oltitasi mamlakatimiz hududida yashaydi. Menzbir sug‘uri yer sharining boshqa biror qismida uchramaydi. Tanasining uzunligi yarim metr, vazni esa 4 kilogramm atrofida bo‘lib, 4 oy mobaynida bir yarim kilogrammgacha yog‘ to‘playdiki, bu yog‘ uyqudagi karaxtlik davrida bemalol yetadi. Menzbir sug‘uri xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan. Hozirgi vaqtda bu nodir jonivorning yashash sharoiti keng o‘rganilmoqda. Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi tog‘li o‘lkalarni xo‘jalik jihatdan o‘zlashtirish yo‘llarini ishlab chiqmoqda. Qo‘riqxona hududida ilmiy bazalar ishlab turibdi va olimlar ilmiytadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
  • Biosfera qo‘riqxonalari. Inson xo‘jalik faoliyatining ta’siri natijasida hosil bo‘lgan lokal (mahalliy) va global (sayyoraviy) hodisalarni to‘g‘ri tushunish va baholash uchun bu jarayonlarni o‘rganish zarur. Atrof-muhitning holatini kuzatish formalaridan biri xalqaro miqyosda biosfera qo‘riqxonalari asosida monitoring (kontrollik) xizmatining global tizimlarini yaratishdir. Biosfera qo‘riqxonalari biosferaning global umumiy holati (foni) va uning inson faoliyati ta’sirida o‘zgarishining an’analari haqida axborotlar manbai bo‘lishi kerak. Keyingi yillarda YUNESKOning tashabbusi bilan dunyo biosfera qo‘riqxonalari tashkil qilindi. Bu qo‘riqxornalarda - tabiiy ekosistemalarda hayvon va o‘simlik organizmlarining har xil turlarini saqlash, ekologik monitoring bo‘yicha kompleks biogeotsenologik (kompleks landshaft) tekshirishlar olib borish, ekosistemalarga har xil tipdagi xo‘jaliklar (o‘rmonlar barpo qilish, yerlarni o‘zlashtirish, yaylov chorvachiligi, rekreatsion foydalanish va boshqalar) ta’sirining harakteri va darajasini aniqlash ko‘zda tutiladi. Biosfera qo‘riqxonalari tabiiy ekosistemalarda o‘simlik va hayvonot dunyosining biotik komplekslari, turlarining genetik jihatdan turliligini saqlash maqsadida tashkil qilinadi. Biosfera qo‘riqxonalari uchun hudud tanlanganda, birinchi navbatda, landshaftlarning tipiklik va reprezentativlik usuliga amal qilinadi. O‘rta Osiyoda Repetek, Sarichelak va Chotqol biosfera qo‘riqxonalari tashkil qilingan.


Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin