Mavzu rejasi: 1


Konfusiy nomining ilohiylashtirilishi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Konfusiy nomining ilohiylashtirilishi. 
Konfusiy о‘zi yashab ijod etgan joy – 
Suyfuda vafot etgandan keyin uning qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. 
Ibodatxonaga Konfusiyning shogirdlari va yaqinlari tomonidan uning barcha 
tabarruk narsalari va unga taalluqli ashyolar: yozgan asarlari, musiqa asboblari
rо‘zg‘or anjomlari, aravasi va boshqa narsalari keltirib qо‘yildi. Vaqt о‘tishi bilan 
faylasufning obrо‘si oshib, ta’limoti keng tarqalgani sari ushbu ibodatxona ham 
ziyoratgohga aylanib bordi. Suyfu yaqinida Konfusiy shogirdlari va izdoshlari 
makon tutgan kattagina qishloq barpo bо‘ldi. Lu podshohligi hukmdorining о‘zi 
Suyfuga kelib Konfusiy ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. 
Ibodatxonaning ahamiyati oshgani sayin uning yer mulklari bilan boyidi. Bu joy 
oddiy mahalliy ibodatxona shaklidan Xan sulolasi davriga kelib butun mamlakat 
miqyosidagi muqaddas ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195 yilda birinchi Xan 
podshohi Lyu Ban shaxsan о‘zi Konfusiy ibodatxonasida unga atab «tay-lyao» 
(Xitoyda eng oliy qurbonlik – qо‘y, xо‘kiz va chо‘chqa) uchlik qurbonligi 
keltiradi. 
Mana shu asrdan boshlab Konfusiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va unga atab 
muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bо‘ldi.
Xan sulolasi davrida Konfusiyga knyazlik unvoni berildi. X-XIII asrlarga kelib, 
Sun sulolasi davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. 
Keyinroq Yuan va Min sulolalari (XIII-XIV asrlar) davrida unga yana ham 
yuksakroq daraja – «Haqiqiy donishmand», «Millatlarning buyuk ustozi» 
unvonlari berildi.
Xitoyning deyarli barcha shaharlarida Konfusiyga atab qurilgan ibodatxonalar 
paydo bо‘ldi. Bunday ibodatxonalar soni mingga yaqin edi. Dastlabki paytda 
ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfusiy nomi yozilgan 
lavha osilgan edi. Xitoyga buddizm kirib kelgach, lavha о‘rnini endi Konfusiyning 
haykali egalladi. Suyfudagi ibodatxonadan boshqa hammasi bir xil shaklga ega edi. 
Unda Konfusiy haykali yoniga 86 shogirdining nomi bitilgan lavha yoki haykallar 
qо‘yilgan. Suyfudagi ibodatxonada ularning soni kо‘proq.
Faylasufga atab qilinadigan qurbonliklar va boshqa muhim marosimlar tartibga 
solingan. Har oyning birinchi va 15-kunlarida ikki marta Konfusiy haykali oldida 
odatiy qurbonliklar, yilda – bahorda va kuzda ikki marta alohida tantanali 
marosimlar о‘tkazilar edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mulozimlari 
donishmand timsoli oldida turib, unga: «Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand
sening fazilatlaring kо‘p, ta’limoting beqiyos, о‘tganlar orasida senga tengi yо‘q!» 
– kabi hamdu sanolar bilan murojaat qilganlar.
Konfusiy nomi о‘rta asrlarga kelib Xitoyda ilohiylashtirildi. Uning timsoli 
podshohlar boshidagi tojlardan о‘rin oldi. 


23 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin