Mavzu rejasi: 1


Konfusiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#166902
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Konfusiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari 
 
KONFUSIYCHILIK 
Konfusiychilik falsafiy g‘oya sifatida maydonga kelgan. Uning asoschisi 
Konfusiy (Kun Szi) mil. av. 551 yilda tug‘ilib, mil. av. 479 yilda vafot etgan.
Konfusiy otasidan erta ajrab, onasi qо‘lida tarbiyalanadi. Onasi ham kо‘p 
о‘tmay dunyodan о‘tadi. Konfusiy ilm tahsilini olgach, 19 yoshida uylanadi. 
Birinchi marta u omborchi vazifasiga ishga tayinlanadi. U bir necha yillar 
davomida turli podshohlar qо‘l ostida ishlagandan keyin yoshlarga ta’lim berishga 


20 
kirishadi. Yangi ustozning ong haqidagi fikrlari, chuqur ma’noli sо‘zlari mamlakat 
bо‘ylab keng tarqaladi. Shundan sо‘ng Konfusiy huzuriga mamlakatning turli 
mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela boshlaydilar. U ilm istab 
keluvchilarga hech qachon rad javobini bermas edi. Konfusiyning 3000 ga yaqin 
shogirdlari orasida 72 eng kо‘zga kо‘ringan izdoshlari orasida mamlakatning 
obrо‘li xonadonlaridan bо‘lgan kishilar bilan bir qatorda kambag‘al, oddiy kishilar 
ham bо‘lgan. Konfusiy maktabi qadimgi Xitoyda asta-sekin katta ta’sir doirasiga 
ega bо‘lib bordi. Uning kо‘plab shogirdlari qadimgi Xitoy podshohliklarida 
e’tiborli mansablarni egalladilar. Konfusiy yoshlar tarbiyachisi va ustozi sifatida 
keng shuxrat qozonib, ilk Xitoy ma’rifatparvari nomiga sazovor bо‘lgan bо‘lsa, u 
tomonidan taklif qilingan islohotlarning amalga oshirilishida buning aksi bо‘ldi.
Garchi Konfusiy о‘zining ish faoliyatida podshohlar xizmatida bо‘lgan 
paytlarida ba’zi islohotlarni amalga oshirishga harakat qilgan bо‘lsa-da, ammo 
uning kо‘pchilik takliflari amaldorlar va hukmdorlar tomonidan qо‘llab-
quvvatlanmadi. Konfusiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa о‘z zamonasining 
kamchiliklari va aybu nuqsonlari edi.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning zolimligi, hukmdorlar о‘rtasidagi 
о‘zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan uzoqlashish – 
bularning hammasi Konfusiyning keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga kelishiga 
turtki bо‘ldi. U mavjud muammoni hal qilishda yangicha qarashlarga tayanish 
lozimligini anglab yetdi. Biroq u о‘z fikrlarining jamoatchilik tomonidan qabul 
qilinishi uchun hamma e’tirof qilgan obrо‘ga ega bо‘lish kerak edi. Konfusiy xuddi 
ana shu obrо‘ni uzoq о‘tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfusiy 
vafotidan bir necha asr о‘tgach, uning ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir 
qismiga aylandi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin