21
Konfusiyning yana bir ta’limoti – «Syao» bо‘lib, u inson о‘z ota-onasiga
munosib bо‘lishi haqidagi g‘oyani о‘zida mujassam qilgan.
Konfusiy fikricha,
inson uchun
Syao
dan muhimroq narsa yо‘q. U: «
Syao
va
Di
(ukaning akaga,
kichiklarning kattalarga hurmati) insoniylikning asosidir» degan.
Syao
ning asosiy
ma’nosi nima, farzandlik xizmati qanday bо‘lishi kerak, degan savolga Konfusiy
shunday javob bergan: «Aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bо‘lishingdir.
Chunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarini ham boqadilar-ku? Agar ota-
onalariga ortiq ehtirom kо‘rsatmasalar, hayvonlarni
boqishlaridan nima farqi
qoladi?».
Syao
ta’limotining «Li qonunlari»ga kо‘ra, farzand ota-ona hayotlik chog‘ida
mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan о‘tgunicha о‘ziga-о‘zi egalik
qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg‘ul
bо‘lishidan qat’i nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart.
Konfusiychilikning
Syao
ta’limoti asrlar
mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy
normalariga katta ta’sir о‘tkazib keldi.
Dostları ilə paylaş: